Zebo Gʻaniyevaning otasi ozarbayjonlik, onasi – o‘zbek edi. Qizaloq 14 yoshida tirik yetimga aylangan – 1937-yilda Zeboning onasi qatag‘onga uchragan, otasi – Pasha Gʻaniyev esa o‘z jonini saqlash uchun o‘z qizchasidan voz kechgan. Shu yili Zebo Toshkentga, O‘zbek filarmoniyasi xoreografiya bo‘limiga o‘qishga topshirish uchun ketadi. 1940-yilda Zebo Moskvaga, Rossiya teatr san’ati institutining aktyorlik fakultetiga o‘qishga kirish uchun bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘z xohishi bilan ko‘ngilli ravishda urushga ketgan va 1942-yil aprel-may oylarida fashistlarning 21 nafar harbiy xizmatchisini yo‘q qilgan. Uni o‘zining so‘zlariga ko‘ra, butun urush davomida u 129 nafar fashistlarni yo‘q qilgan.
Urushdan keyingi yillarda u teatrda aktrisalik faoliyati bilan shug‘ullangan. 1945-yilda Gʻaniyeva rejissyor Nabi Gʻaniyevning “Tohir va Zuhra” filmida fors malikasi rolini ijro etgan. Zebo Gʻaniyeva 2010-yilda 87 yoshida vafot etgan.
@Suratlardagitarix