(Русский) Какие события произошли 16 февраля?

16-fevral kuni qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy g’amxo’rlar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Urush muxbirlari kuni.
🇺🇬 Uganda – Arxiyepiskop Janani Luvumni xotirlash kuni.
🇰🇵 KXDR – Kim Chen Irning tug‘ilgan kuni.
🇱🇹 Litva – Davlat tashkil topgan kun.
🇺🇸 AQSh – Innovatsiyalar kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1221 – Buxoro mo’g’ullar tomonidan egallandi.
– 1568 – Ispan inkvizitsiyasi barcha Niderlandiya aholisiga o‘lim jazosi hukmini chiqardi.
– 1571 – Ivan IV Grozniy  Rossiyada birinchilardan harbiy ustav qabul qildi.
– 1722 – Pyotr I taxt vorisi to’g’risida farmon chiqardi.
– 1854 – Verniy istehkomi qurildi (hozirgi Almati shahri).
– 1862 – Qo’shma Shtatlardagi fuqarolar urushi paytida shimolliklar katta g’alabaga erishdilar.
– 1904 – „RRS Discovery“ kemasi ikki yillik qamaldan keyin ozod bo’ldi.
– 1918 – Litva davlati qayta tashkil etildi.
– 1923 – Xovard Karter ekspeditsiyasi fir’avn Tutanxamonning qabrini ochdi.
-1934 – Avstriyada fuqarolar urushi tugadi.
– 1948 – Amerika astronomi Jerard Koyper Uranning yo‘ldoshi Mirandani kashf qildi.
– 1963 – Sirdaryo viloyati tashkil topdi.
-1968 – Heylivill shahrida (Alabama) AQShda birinchi qutqaruv xizmati – 911 ishlay boshladi.
– 1976 – SSSRda Kama avtomobil zavodining konveyerdan birinchi KAMAZ avtomobili chiqdi.
– 1978 – Ilk elektron e’lonlar doskasi – BBS yaratildi.
– 1992 – O‘zbekiston Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT) ga a’zo bo‘ldi.
– 1993 – O‘zbekiston Qirg‘iziston Respublikalari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
– 1994 – Toshkentda O’zbekiston terma jamoasi qizlari badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempioni bo’lishdi.
– 1999 – Toshkentda bir qancha terroristik aktlar sodir bo’ldi.
– 2001 – Prishtinada (Kosovo) terakt sodir bo’ldi – “Nish Express” avtobusi portlatildi.
– 2005 – Kioto protokoli kuchga kirdi.

(Visited 12 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim