(Русский) Кто родился 22 апреля и что произошло в этот день?

22-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro Ona Yer kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇬🇧 Buyuk Britaniya – Stiven Lourens kuni.
🇺🇸 AQSh – Konfederatsiyani xotirlash kuni.
🇷🇸 Serbiya – Xolokost qurbonlari xotirasi kuni.
🇧🇷 Braziliya – Braziliya kashf etilgan kun.
🇷🇺 Rossiya – Norasmiy dasturchilar kuni.
🇧🇷 Braziliya – Qiruvchi aviatsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1370 – Bastiliyaning qurilishi boshlandi.
– 1500 – Pedru Alvaresh Kabral boshchiligidagi portugal eskadrasi bo‘lg‘usi Braziliya yerlariga kelib tushishdi.
– 1509 – Otasining o‘limidan so‘ng Genrix VII taxtga o‘tirdi.
– 1529 – Ispaniya va Portugaliya Saragos bitimini imzolashdi.
– 1662 – Karl II Angliyaning muhim ilmiy markaziga aylangan London Qirollik Jamiyati ustavini  tasdiqladi.
– 1793 – Jorj Vashington Yevropa davlatlarining inqilobiy Fransiyaga qarshi urushida AQSh ning neyteraliteti haqidagi Deklaratsiyani e’lon qildi.
– 1794 – Kostyushko qo’zg’oloni: Vilena qo’zg’oloni boshlandi.
– 1832 – Nikolay I ning farmoniga ko‘ra Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tashkil qilindi.
– 1834 – Janubiy Atlantikadagi Muqaddas Yelena oroli Britaniya qirollik mustamlakasi deb e’lon qilindi.
– 1838 – Angliyaning “Siruis” yo‘lovchi paraxodi yelkanlarsiz birinchi marta Atlantika okeanidan suzib o‘tib Nyu-Yorkka yetib keldi.
– 1863 – Moskva shahar dumasining birinchi majlisi bo’lib o’tdi.
– 1864 – AQSh Kongressi  qaroriga ko‘ra barcha banknotlarda “In God We Trust” yozuvi qo‘llanila boshladi.
– 1889 – AQSh prezidenti Benjamin Franklin oq tanlilarning Oklaxomada o‘rnashishi uchun ruxsat berdi.
– 1898 – Ispaniya – amerika urushi arafasida AQSh floti Kubani qamal qilishni boshladi.
– 1915 – Birinchi jahon urushi: Germaniya Ipr shahridagi Angliya-Fransiya qo‘shinlariga qarshi xlor yordamida toksin moddalarni ishlatishni kengaytirdi.
– 1918 – Turkiya tazyiqi ostida Rossiyadan mustaqil Zakavkazye Federativ Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
– 1930 – Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh birgalikda “London dengiz bitimi”ni imzoladilar.
– 1939 – Jefri Stefenson Slingsbining “Gall” planyorida  La-Mansh bo‘g‘ozi ustudan birinchi parvozni amalga oshirdi.
– 1943 – Albert Hofmann LSD ning gallyutsinogen xususiyatlari haqida birinchi hisobotni taqdim etdi.
– 1945 – “Berlin operatsiyasi” vaqtida Qizil Armiyaning ilg‘or qismlari III reyxning poytaxtiga kirishdi va Berlinni shturm qilishni boshlashdi.
– 1952 – 35 million amerikalik Nevada shahrida yadro bombasi sinovining guvohi bo‘lishdi.
– 1964 – Tanganika va Zanbizar o‘zlarining yagona Tanzaniya davlatiga birlashganini e’lon qilishdi.
– 1969 – Xyustonda ilk bor inson ko‘zini ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi.
– 1970 – Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida AQSh jamoatchiligi tashabbusi bilan birinchi aksiya o’tkazildi, keyinchalik bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro Ona Yer kuni sifatida belgilandi.
– 1980 – Kanada Moskva Olimpiya o’yinlariga boykot e’lon qildi.
– 1983 – “Shtern” nemis jurnali Gitlerning kundaliklarini chop eta boshladi (keyinchalik bu soxta ekanligi ayon bo‘ldi).
– 1993 – Mosais veb-brauzerining birinchi versiyasi chiqarildi.
– 2004 – Xitoyda ikki poyezd to‘qnashuvida kamida 150 odam halok bo‘ldi.
– 2005 – Xitoyning Chunsin shahri chekkasida kimyoviy zavoddagi portlash natijasida uchta bino vayron bo’ldi, 19 kishi bedarak yo’qoldi.
– 2010 – AQSh qirg’oqlari yaqinidagi Meksika ko’rfazida neft platformasi yong’in tufayli yakson qilindi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1451 – Izabella Kastilskaya (1504) – Kastiliya va Leon qirolichasi (1474-1504).
– 1518 – Antuan de Burbon (1562) – Navarra qiroli, Fransiya taxtidagi Burbonlarning birinchi vakili Genrix IV ning otasi.
– 1592 – Vilgelm Shikkard (1635) – nemis astronomi, matematigi va sharqshunosi, birinchi arifmometr (qoʻshish mashinasi) ni yaratgan.
– 1724 – Immanuil Kant (1804) – nemis faylasufi.
– 1766 – Anna Luiza Jermena de Stal (1817) – fransuz yozuvchisi, adabiyot nazariyotchisi, publitsist.
– 1834 – Gaston Plante (1889) – fransuz fizigi, qoʻrgʻoshinli akkumulyator ixtirochisi.
– 1839 – Avgust Vilgelm Eyxler (1887) – oʻsimliklarning keng qoʻllaniladigan birinchi tasnifini yaratgan nemis botanigi.
– 1853 – Alfons Bertilyon (1914) – fransuz kriminologi, antropologi, sud-tibbiy identifikatsiya tizimini ishlab chiqqan.
– 1870 – Vladimir Lenin (1924) – Rossiyalik inqilobchi, sovet siyosiy va davlat arbobi, “jahon inqilobining dohiysi”.
– 1876 – Róbert Bárány (1936) – avstriyalik otorinolaringolog, Nobel mukofoti sohibi (1914).
– 1899 – Vladimir Nabokov (1977) – rus va amerika yozuvchisi, shoir, tarjimon, adabiyotshunos va entomolog-olim.
– 1902 – Gʻabit Musrepov (1985) – qozoq adibi va jamoat arbobi.
– 1904 – Robert Oppengeymer (1967) – amerika fizigi, atom bombasining yaratuvchisi.
– 1912 – Malik Qayumov (2010) – kinorejissyor, kinooperator, Oʻzbekiston xalq artisti (1948). SSSR Xalq artisti (1967).
– 1919 – Donald Kram (2001) – amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sovrindori.
– 1925 – Mamatxon Ubaydullayev (2010) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1982).
– 1929 – Maykl Frensis Atiya (2019) – britaniyalik matematik.
– 1937 –  John Joseph „Jack“ Nicholson – amerikalik aktyor, rejissor, kinodramaturg va produser. Nicholson kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri hisoblanadi.
– 1942 – Oydin Hojieva – O’zbekiston xalq shoirasi.
– 1944 – Yormuhammad Muborakov (1999) – mexanik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1994).
– 1957 – Donald Tusk – Polsha premyer ministri (2007-2014).
– 1964 – Igor Danilov – Rossiyalik dasturchi, Dr. Web antivirusining yaratuvchisi.
– 1965 – Fikret Kushkan – turkiyalik aktyor.
– 1974 – Vasiliy Virastyuk – Ukrainada xizmat ko’rsatgan sport ustasi, “Jahonning eng kuchli odami” unvoni sohibi.
– 1975 – Hosila Rahimova – xonanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist.
– 1982 – Kaka – Braziliya futbolchisi, jahon chempioni (2002).
– 1986 – Ember Lora Herd – amerikalik kino va televideniye aktrisasi.
– 1989 – Yasper Sillessen – gollandiyalik futbolchi, darvozabon.
– 1990 – Eve Myurxed – shotlandiyalik kyorlingchi, Olimpiya chempioni.
– 1999 – Maryana Naumova – rossiyalik sportchi, pauerlifting bo’yicha jahon rekordchisi va chempioni, jamoat arbobi.

(Visited 69 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim