3-mayda kimlar tug’ilgan va u qanday kun?

3-mayda kimlar tug’ilgan va u qanday kun?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT — Butunjahon matbuot erkinligi kuni.
🌏 Xalqaro Quyosh kuni.
🌏 Turkiylar birdamligi kuni.
🌏 Spam tug’ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇭 Filippin – Santa Kruz kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Konstitutsiyani xotirlash kuni.
🇵🇱 Polsha – Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1241 – Piza va Sitsiliyaning birlashgan floti Meloriya (Giglio) jangida Genuya flotini butunlay tor-mor qildi.
– 1494 – Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etdi.
– 1791 – Varshavada seym Yevropada birinchi Rech-Pospolita konstitutsiyasini qabul qildi.
– 1802 – Derpt universiteti ochildi.
– 1803 – Rossiya imperatori Aleksandr I Moskvada Hospis uyi (keyinchalik Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti) tashkil etishga ruxsat berdi.
– 1808 – Rus-Shved urushi: ruslar Sveaborg qal’asini egalladilar.
– 1815 – Polsha Qirolligi tashkil topdi. Vena kongressining qaroriga ko‘ra Rossiya imperiyasining tarkibiga kiritildi.
– 1815 – Tolentino jangida Neapol urushi hal boʻldi.
– 1841 – Yangi Zelandiya britan mustamlakasi deya e’lon qilindi.
– 1867 – Birinchi Jeneva konvensiyasi qabul qilinganidan uch yil o’tgach, Rossiyada Qizil Xoch jamiyati tashkil etildi.
– 1902 – AQShda «Pepsi» kompaniyasi tashkil topdi.
– 1904 – Amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli ruchka uchun patent oldi.
– 1919 – Bavar Respublikasining soʻnggi hukumat majlisi boʻldi.
– 1920 – Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi.
– 1932 – G. M. Beriev MBR-2 uchuvchi qayig’ining birinchi parvozi.
– 1937 – Margaret Mitchellning «Shamollarda qolgan hislarim» romaniga Pulitser mukofoti berildi.
– 1946 – Tokioda yaponiyalik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayoni boshlandi (1948-yil 12-noyabrgacha davom etgan).
– 1947 – Yaponiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1953 – Germaniyada «Deutsche welle» («Nemis to‘lqini») radiostansiyasi eshittirishlarini boshladi.
– 1957- Qorachoy xalqi vataniga qaytarildi.
– 1958 – AQSh prezidenti Eyzenxauer Antarktikani demilitarizatsiyalashni taklif qildi.
– 1968 – Parijda talabalar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
– 1978 – Yoqmaydigan reklama xabari – spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.
– 1991- Namibiya poytaxtida «Vindxuk deklaratsiyasi» imzolandi. Unda dunyo mamlakatlari hukumatlari matbuot erkinligini ta’minlashga chaqiriladi. YUNESKO qarori bilan har yili Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.
– 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekneftgaz” – O‘zbekiston neft va gaz sanoati” Davlat konsernini tuzish to‘g‘risida” Farmon chiqardi.
– 1994 – Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqasi ochildi.
– 1997 – Inson va kompyuter kurashi: Garri Kasparov «Deep Blue»ga qarshi shaxmat musobaqasiga kirishdi.
– 2000 – London va Frankfurt birjalari birlashdi.
– 2004 – Yangi “Sasser” internet qurti butun dunyo bo‘ylab yuz minglab shaxsiy kompyuterlarni zararlagan.
– 2005 – Afg’onistondagi harbiy omborda portlash (Bashgah qishlog’i, Bag’lon viloyati, Kobuldan 125 km uzoqlikda). 28 kishi halok bo’ldi, 70 dan ortiq kishi jarohat oldi.
– 2006 – Armanistonning «Armavia» kompaniyasiga qarashli «A320» yo‘lovchi samolyoti Sochi yaqinida dengizga qulab tushdi. Samolyot bortidagi 105 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
– 2009 – «The Mail on Sunday» gazetasi tanklar vatani Buyuk Britaniya ularni chiqarishni to‘xtatganini ma’lum qildi.
– 2021 – Mexiko shahridagi metro estakadasining qulashi. 26 kishi halok bo’ldi.

 

👉 TAVALLUDLAR:

– 1469 – Nikkolo Makiavelli (1527) – italyan davlat arbobi va mutafakkiri.
– 1845 – Ilya Mechnikov (1916) – rus biologi, qiyosiy patologiya, evalyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Nobel mukofoti sohibi (1908).
– 1848 – Vasnetsov Viktor (1926) – rus rassomi.
– 1860 – Jon Skott Xoldeyn (1936) – shotland fiziologi.
– 1866 – Geynrix Evald Xering (1948) – ingliz fiziologi, taktil sezuvchanlikning mutlaq chegarasini oʻrganish uchun asbob ixtirochisi.
– 1874 – Vagn Ekman (1954) – shved okeanografi, zamonaviy okeanografiya asoschilaridan biri.
-1891 – Mixail Bulgakov (eski taqvim bo‘yicha) (1940) – rus adibi, “Usta va Margarita” “Ityurak” va boshqa bir qator asarlar muallifi.
– 1892 – Jorj Pajet Tomson (1975) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
– 1901 – Ebbe Shvarts (1964) – daniyalik futbol funksioneri, UEFAning birinchi prezidenti (1954-1962).
– 1902 – Alfred Kastler (1984) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1966).
– 1906 – Mary Astor (1987) – amerikalik kinoaktrisa.
– 1919 – Noil Abubakirov (1998) – kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979).
– 1921 – Mirmuhsin (2005) – o‘zbek yozuvchisi va shoiri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
– 1924 – Izador Zinger (2021) – amerikalik matematik, Abel mukofoti sohibi.
– 1933 – Stiven Vaynberg – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1979).
– 1940 – Hoshimjon Olimjonov (2017) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1987).
– 1941 – Nona Gaprindashvili – gruzin shaxmatchisi, jahon chempioni.
– 1942 – Vera Chaslavska (2016) – chexoslovakiyalik gimnastikachi, 7 karra Olimpiya chempioni, 4 karra jahon chempioni.
– 1942 – Szin Yuyshjan – 1644-1912-yillarda Xitoyni boshqargan Aysin Gyoro imperator sulolasining avlodi. 2015-yildan beri Manchjur taxtining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi.
– 1965 – Mixail Proxorov – rossiyalik sobiq siyosatchi va tadbirkor, millarder.
– 1965 – Rob Brydon Jones – uelslik aktyor.
– 1976 – Sergey Mixaylov – bokschi, “Oʻzbekiston iftixori” (2002), “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” (2000).
– 1982 – Rebekka Mariya Xoll – ingliz aktrisasi.
– 1983 – Kamolidiin Tojiyev – Oʻzbekistonlik futbolchi, ampluasi himoyachi.
– 1989 – Katinka Xossu – vengriyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.

(Visited 27 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz