(Русский) Adabiyot darslarida interfaol metodlar

Uzr, bu matn faqat Русский da mavjud For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

“Ta’rif va ijodkor” usuli.

  Bu usuldan foydalanishda sinf guruhlarga bo’linib, oldindan topshiriqlar beriladi. Guruhlar shartli ravishda nomlanadi, masalan, “Ta’rif beruvchilar” va “Ijodkor” guruhi. Birinchi guruh ikkinchi guruhga ta’riflarni aytadi. Shundan so’ng guruhlar ushbu ta’rif qaysi ijodkorga tegishli ekanligini topadi. Agar birinchi berilgan ta’rifdan so’ng darrov bu ta’rifning qaysi yozuvchi yoki shoirga tegishli ekanligini topishsa, – 5 ball, ikkinchi ma’lumotdan so’ng topishsa,- 4 ball va uchinchi urinishda topsalar – 3 ball yig’ishadi. O’qituvchi ta’rif qaysi ijodkorga tegishli ekanligini topgan guruhdan yana ijodkor hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar qo’shimcha qilishini so’raydi va baholab boradi. Bu metod orqali har bir o’quvchi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Masalan, 8-sinf adabiyot darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:

“Ta’rif” guruhidan “Ijodkor” guruhiga savollar.

1-bosqich

1-ma’lumot. U she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo’ronday.

2-ma’lumot. Lermontovning “Iblis” dostonini o’zbekchaga o’girdi.

3-ma’lumot. “Norbo’ta” va “Naxshon” dostonlari muallifi.

Javob : Usmon Nosir

2-bosqich.

1-ma’lumot. Umrining oxiriga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri vazifasida ishlagan.

2-ma’lumot. Ilk kitobi “Zamon.Qalb.Poeziya” deb ataladi.

3-ma’lumot. Oxunqaynar qishlog’ida tug’ilgan.

Javob : Ozod Sharafiddinov

“Ta’rif va ijodkor” usuli orqali o’quvchilar mavzuni mukammal o’zlashtiribgina qolmay, o’qituvchi ularni faollikka, topqirlikka o’rgatadi va oqilona baholay oladi.

 “So’z ohanrabosi” usuli

  Mazkur usuldan adabiyot darslarida, xususan, maqol, topishmoq va she’rlar, ona tili darslarida so’z turkumlari, gap bo’laklari bo’yicha o’tilayotgan mavzularni uyg’unlashtirishda foydalanish mumkin. O’quvchilar kichik-kichik to’rt guruhga bo’linib olishadi va guruhlariga “Maqol”, “Topishmoq” va “She’r” singari nomlar tanlashadi. 8-sinf ona tili darsida gap bo’laklari mavzusi o’tilganda mazkur usuldan quyidagicha foydalansa bo’ladi: birinchi guruh maqol aytganda, ikkinchi guruh aytilgan maqoldagi gap bo’lalarini topib, tahlil qiladi va o’zlari uchinchi guruhga topishmoq aytishadi. Uchinchi guruh o’z navbatida topishmoqni tahlil qilib, birinchi guruhga she’r aytadi va musobaqa shu zaylda davom etadi. Masalan :

 

Jahon mening bag’rimdami, yo men jahon bag’rida,

Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan?!

Ming gulshanning gullaridan rohatbaxsh bu qo’lchalar

  Baxtga ko’mib yuragimni, yuzlarim erkalagan. (S.Zunnunova. “Qizimga”)

*

Chin qushim, chinni qushim,

Chin tepaga qo’ndi qushim,

Tumshug’ini yerga berib,

Xalqqa salom berdi qushim. (Topishmoq)

*

Yaxshi bilan yursang,

Yetarsan murodga.

Yomon bilan yursang,

Qolarsan uyatga. (Maqol)

 “So’z ohanrabosi” usuli o’quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirib, ularda ifodali o’qish ko’nikmasini shakllantiradi, o’quvchini izlanishga, badiiy asar o’qishga undaydi.

 Ko’palov Furqat,

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani

10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi

(Visited 96 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz