(Русский) Alisher Navoiyning hayoti va ijodi tadbir senariylar

Uzr, bu matn faqat Русский da mavjud For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Zal bayramona bezatilgan, sahnada sham yorug’ida Alisher Navoiy g’azal yozmoqda. “Cho’l iroq” musiqa sadosi ostida bolalar zalga kirib kelishadi.
Boshlovch:
Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, qadrli tarbiyachilar va bolajonlar. Mana bugun biz bobokolonimiz buyuk siymo, xazrati, davlat arbobi g’azal so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 570 yilligini nishonlash uchun yig’ildik.
Buyuk dahoga ehtirom ila 1 katta guruh bolalari Navoiyhonlik kechasiga taklif etadilar. Marhamat. 

М. Sevinch:

Ko’p jahongir ko’rdi, bu dunyo xammasiga guvoh er osti
Lekin do’stlik she’r axli aro, jahongir kam bo’lar rosti
Besh asrki nazmiy saroyni, titratadi zanjiband she’r,
Temur tig’I tegmagan joyni, qalam bilan odi Alisher
Dunyo bo’ldi, chamanim manim, O’zbekiston Vatanim manim

Konstitutsiya she’rlar

Nigina:
Hirot tuprog’da voyaga etgan
Qush tili yollarim munavvar yotgan
Yillar tuzog’idansog’ omon o’tgan
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.

Ismoil:
Eng ulug’ bobomiz xazrati Navoiy
Savodlarin o’rganmoq, burch bizga oily
Ustoz bizga qoldirgan, ko’plab she’ru g’azal
Ustoz g’azallari misoli asal

Diyor :
G’azal mulki sultoni Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralida Xirot shahrida tavallud topgan. A. Navoiy bolalikdan juda ziyrak, aqlli, odobli bola bo’lib o’sib ulgaydi. A. Navoiy hayoti davomida juda ko’p she’r, g’azal, ruboiylar, hikmatli so’zlar yozdi.

Musiqa yangraydi sahna pardasi ochiladi.

1-Oktyabr bayram tadbiri senariysi


A. Navoiy:
Emas oson bu maydon ichra kirmoq, Nizomiy panjasiga, panja urmoq men Turkiyda yahshi niyat bilan, “Hamsa” yozishni boshladim. Bu yozgan asarlarim avlodlarim qo’liga etkazishni, ularni yahshilikka chorlab she’riyatni sevishga, ezgulikka undashga turtki bo’lur.

Bolalar: Assalomu alaykum Ustoz

A. Navoiy:
Voalaykum assalom bolajonlar, kelinglar bo’talarim hush ko’rdik.

Fazliddin:
Bobojon biz 552 – bolalar bog’chasidan keldik

A. Navoiy:
Barakallo, hush kelibsizlar.

YU. Aziz:
Ustoz, siz she’riyat mulkida sulton bo’lib, olam jahonoga o’zbek shon – shuhratini yoyganingiz, bitmas –tuganmas asarlar bilan avlodlar qalbidan joy olganingiz hammamizga ma’lim.

Bolalar: Mushoiramizga siz bosh bo’ling.Ustoz.

A. Navoiy:
Boshni fido ayla ato qoshig’a
Jismni qil sadqa ano boshig’a
Ikki jahonga tilarsan fazo
Hosil et ushbu ikkisidin rizo

Bolalar: Таsanno

YU. Sevinch:
Ustoz siz yozib qoldirgan hikmatlarni xalq nihoyatda e’zozlaydi. Ustoz siz bu erga o’tiring marhamat.

A. Navoiy:
Xalq yo’lingda kim sanga bir harf o’rgatmish ranj ila
Aylamak oson emas xaqqingni ado ming ganch ila

Islom :
Turk nazmida chu men tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yakqalam

Sabina:
Nazmu nasrim kotibi tasanno taxmin shu nos
Yozsa yuz ming bayt etar erdi qiyos

Diyor :
Ranj ko’rmay kishi, toparmu farog’
Ko’ngli o’rtamayin yonarmu chiroq

N. Shaxzoda:
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Oralanib so’ramagan o’ziga zolim

Asror:
Yahshilikni bilmasang borib
Yahshilarga qo’shil

Navro’z bayramiga ssenariylar to’plami + buklet

Aziza:
Oltin, kumushning eskisi bo’lmas
Ota-onaning bahosi bo’lmas
Intilganga tole yor.

K. Davron:
Befoyda so’zni ko’p aytma
Foydasini eshitmasdan qaytma

Fazliddin:
Aytar so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt.

S. Davron:
Sabr qilsang g’o’radan holvo bitur.

Samandar:
Olamdan g’amsiz o’tay desang
Ilmu hunar o’rgan.

Ismoil:
Odam borki, odamlarning naqshidur
Odam borki, hayvon undan yahshidur.

А. Aziz:
O’qib o’rganilgan har bitta hunar
Hunarmandga bir kun foyda keltirar.

М. Abdulaziz:
Jahl chiqsa aql ketadi, jahl dushman aql do’st.

Risolat:
Odam ersang demagil odamiy
On kim xaq xalq g’amidin g’ami

Sabina:
Xayo insonning chiroyi unga baxt keltiradigan fazilatlarning eng birinchisidir. Xayo insonlarga faqat yahshilik keltiradi. Xayo ulug’ fazilat.
YU. Aziz:
Jahonning shodligi yig’ilsa bu kun
Do’st diydoridan bo’lolmas ustun

Ashula:: «Tinchlik bo’lsin»

Sabina:
Mushoiramiz davom etadi. Bobomiz bizga o’lmas g’azallar meros qoldirganlar.
Orazing yop qoch ko’zimdan, sochilur har lahza yosh
Bo’yla kim paydo erur, yulduz nihon bo’lmas quyosh.

Abdulaziz:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiq mehribon bo’lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emush

Ismoil:
Har kimki vafo qilsa vafo topg’usidir
Har kimki jafo qilsa jafo topg’usidir
Yahshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz
Har kimki yomon bo’lsa jazo topg’usidir.

Tohir:
Kecha kelgumdur debon, ul sarvigulru kelmadi
Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi
Lahza-lahza chekdimu chekdim yo’lida intizor
Keldi jon og’zimgayu ul sarvi gulro kelmadi.

Sahna: Mir A. Navoiy va sulton Xusayn

Qizlar raqsi “Xay – Xay”

Diyor:
A. Navoiy o’z asarlarida odamlarni yahshilikka, halol mehnat qilishga, vatanni sevishga chaqiradi. A. Navoiyning turkiy tilda birinch 5 ta shox asari “Xamsa” ni yaratganlar.

YU. Aziz:
«Xayrat ul-abror»
So’z gulhaniga erur ancha sharaf kim bo’la olmas anga gavhar sadaf.
To’rt sadaf gavharining durji ul etti falak ahtarining burji ul.

Nigina:
«Farhod va Shirin»
Bu durlar kim ko’zimni andin ochdi, mening ilmim ila olamga sochding
Tamannosan hazing ko’nglimdan olma, sochilgan birla tufroq ichiga solma.

Sabina:
«Layli va Majnun»
Yuz shukurki bu fasonai dard, har lafzida yuz nishonaiy dard
Jon pardalaridan andek aroq, jondin berib ul sevurni sevir ushshoq.

YU. Sevinch:
«Saba’ iy Sayyor»
Nasmu nasr ichra bu nisbat bil
Ikkisin bu ikkiga nisbat qil
Nasr aro elga xud makolat bor
Lek nazmu ichra o’zga holat bor

Аziza:
«Saddiy Iskandariy»
Mug’anniy kelu chert turkona soz
Maqomi navo yo’qsa turkiy xijoz
Navoiyning ashoridin necha bayt
Mening xasbi xolim topib turkiy ayt.

Ashula: «Aziz ustozlar»

Azizbek:
Jondin eni ko’p sevarman ey umri aziz
Sondin seni ko’p sevarman ey umri aziz
Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas
Ondin seni ko’p sevarman ey umri aziz

YU. Sevinch:
O’zbekning o’z kuchi humolari bor
Humo qanotida duolari bor
Muqaddas tuprog’im ko’zga surtgay u
O’z yo’li, o’z so’zi turolari bor.

Sahna: «A. Navoiyga qizlar hazili»

Davron:
Bayram ertaligimiz davom etadi. A. Navoiy bobomiz o’zbek shon – shuhratini dunyoga yoyganlar.

O’zbek tilim so’zga boy sizga ayon xoynaxoy
Bu tilda so’zlaganlar bulbullar qilar xanda
Men shu tilda so’zlayman
Va shu tilda kuylayman.

Shahzoda:
Bilmay qanday ayol bo’lgan Alisherning onasi
Balki uning aqli lol qolgan zamonasi,
Balki uning ko’zlarida bo’lgan og’ir bir hayol
Balki g’amdur bir zamondur balki sho’hchandur bir ayol

O’gil bolalar raqsi: «Choyhona»

Xadicha:
Buyuk siymolarim doim qalbimizdadur
Kim erursan sen o’zin, gar o’zliging bilmasang
Asli zoting kim, eling kim o’z tilingni bilmasang
Qay kuni kelding jahonga ota-onang kim erur
Mir Alisher, shox Mashrab, Bedilingni bilmasang

А.Azizbek:
Navoiyning g’azali
Bu tilda ko’p mazali
Tilin sotganlarni
Gunohga botganlarni
Bo’lding deya havoi
Kechirmagay Navoiy

Ismoil:
Tarix sahifasida Temurning nomi
Unga tole bitmish taqdir qalami
Kimningdir menda ham bordur alami
Jahonni titratgan sohibqironim O’zbekistonim

М. Sevinch:

El qalbida buyuk insonlar qoldi
Metinday mustahkam iymonlar qoldi
Toshlar cho’kib ketdi ummonlar qoldi
O’ldirganlar o’ldi, Cho’lponlar qoldi
Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmonim
O’zbekistonim

A. Navoiy:
Barakallo ofarin nuridiydalarim, meni juda shod qildingiz men sizlardan to abad minnatdormen va rozimen.

Boshlovchi:
Yurtim senga she’r bitdim bu kun
Qiyosingni topmadim also
Shoirlar bor o’z yurtim butun
Olam aro atagan tanho
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq
Qanotida kumush diyor
Bir o’lkam bor, dunyoda biroq
Bitilmagan dostondir bari
Faqat ojiz qalamim manim
O’zbekiston Vatanim manim

Shu bilan Navoiyhonlik kechamiz o’z nihoyasiga yetdi, e’tiborlaringiz uchun rahmat

(Visited 188 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz