(Русский) Ingliz tilida gapirishni qanday boshlash mumkin?

Uzr, bu matn faqat Русский da mavjud For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Ma’lumki, ingliz tilini o’rganish va unda so’zlashish hozir ko’pchilik insonlarning diqqat markazida. Globallashuv davrida xorijiy tilni bilishlik bu har bir kasb uchun o’ziga yarasha obro’ desam adashmagan bo’laman. Shuning uchunmi, hozirgi kunda ingliz tilini o’rganish va unda muloqot qilish uchun ko’pgina yurtdoshlarimiz o’quv markazlari yoki repetitorlarning doimiy mijoziga aylanmoqdalar.

Men xam, ba’zi bir internetdagi ma’lumotlardan foydalanib, bu tilda tezroq so’zlashishni istayotgan yurtdoshlarimiz uchun shu tilning o’qituvchisi sifatida ayrim muhim deb hisoblaydigan maslahatlarimni  berib o’tmoqchiman.

Ingliz tilida so’zlashishni siz bugunoq boshlashingiz mumkin, lekin buning uchun ichingizdagi andishani bir chetga qo’yib, o’rgangan bilimingizni amaliyotda qo’llash uchun ozgina “bezbet” roq bo’lishingiz lozim deb o’ylayman. Chunki, bizning til o’rganib, uni “praktika” qilishga xalaqit beradigan eng katta devorimiz bu andisha qilishimizdir. Til o’rganayotgan odam har qanday qulay vaziyatdan foydalanib, o’rgangan so’zlarini, gramatik qoidalarini amaliyotda qo’llashi lozim. Agar qo’llamasa, o’rgangan ma’lumotlari tezda yodidan chiqadi. Inglizchasiga aytganda “Practice makes perfect!”.

Yuqorida aytganimdek, ingliz tilida so’zlashishni hoziroq boshlashingiz mumkin. “Inqillab”, xatolar bilan biror narsani tushuntira olasiz. Lekin, aniq, ravon va chiroyli gapirish uchun ko’pgina ter to’kishga to’g’ri keladi.

Siz ingliz tilida chiroyli va ravon gaplashish uchun quyidagi qadamlarni bosib o’tishingiz lozim.

1. Grammatik bilimni egallab olish.     

Xorijiy tilda so’zlashayotgan odam, albatta, ravon gapirishi lozim. Hozirgi kunda turli o’quv kurslarida IELTS o’rgatamiz deb, faqat so’zlashish uchun ibora va dialoglardan foydalanish usulini noto’g’ri deb o’ylayman. Grammatikani yaxshi o’rganib olish juda muhimdir. Ayniqsa, mukammal gaplarda kichkina xato bilan gapning ma’nosini o’zgartirib yuborishingiz mumkin. Ko’proq grammatik testlarni yechib yurishingiz lozim bo’ladi. Grammatik kitoblar va qo’llanmalarni hozirgi kunda internetda topish juda oson. Lekin, ulardan qaysi birinidir tanlashingizda avval ingliz tili o’qituvchisi bilan maslahatlashishni maslahat beraman J. Lekin, o’z ish faoliyatimdan shuni aytishim mumkinki, Grammarway (Jenny Dooley, Verginia Evans) hozirgi kunda o’z grammatik bilimingizni rivojlantirish uchun anchagina foydasi tegadigan qo’llanma.

2. So’z boyligingizni oshirib boring.

Gaplaringizda qancha ko’p sinonim so’zlardan foydalansangiz, shuncha nutqingiz va gapingiz chiroyli bo’ladi. Lug’at boyligini oshirish uchun doimiy tarzda matnlar, maqolalarni o’qib, tarjima qilish va ulardagi yangi so’zlarni yodlab borish zarur. Lug’at boyligini o’qish orqali rivojlantirish uchun 4000 Essential words kitobini maslahat bergan bo’lar edim.

3. Doimiy amaliyot.

Eng muhim nuqta ham aynan “praktikadir”. Afsuski, gramatikani zo’r bilish va 1000 lab so’z yodlash ingliz tilida yaxshi gapira olish uchun yetarli bo’lmaydi. Doimiy muloqot juda muhimdir. Buning uchun ingliz tilida so’zlashish klublarini maslahat bergan bo’lar edim. Katta shaharlarda bunday klublarni topish yoki tuzish mumkin, lekin kichikroq shahar va qishloqlardagilar nima qilishlari mumkin? Ular ham birlashib haftasiga eng kamida 2 marotaba uchrashib turli xil mavzularda suhbatlar olib borishlari mumkin. Yana bir maslahat, internetda xorijliklar bilan tanishib, ular bilan doimiy muloqot olib borish ham bugungi kunda uncha qiyin bo’lmagan usullardan biri.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tilini xuddi pichoqni yaxshi kesishi uchun charxlaganday charxlab turish lozim. Tilda doimiy muloqot bo’lmasa, uni tezda unutish mumkin. Shuning uchun, qanchalik qiyin bo’lmasin, doimiy ravishda ingliz tilingizni “charxlab” turing.

Homeenglish.ru sayti ma’lumotlarida foydalandim.

(Visited 19 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz