(Русский) Insho: Kambag’allik

insho

Uzr, bu matn faqat Русский da mavjud For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Ushbu mavzuni ko’rganimda hayotimga juda ham ko’plab fikrlar keldi. Aslida kambag’allik nima? Kambag’allik aybmi?

Yuqoridagi savollarga mening javoblarim quyidagicha: Ya’ni kambag’allik bu – moddiylik bo’yicha yetishmovchilik emas, balki ma’naviyatning yetishmovchiligi deb o’ylayman.

Misol qilib aytadigan bo’lsam, kambag’al oiladan chiqqan boy insonlar ham bor. Xo’sh bunga nima sabab? Aniq qilib aytadigan bo’lsam: qashshoq oilada voyaga yetgan bola ko’proq yuksalishga intiladiva oilasini qashshoqlikdan qutqarishga intiladi. Ammo to’qchlikda kata bo’lgan aksariyat bolalar doimo hayot shunday bo’ladi, hech qachon, qech narsadan kam bo’lmayman deb o’ylashadi. Biroq hammasi o’tkinchiligini kech anglab yetishadi.

Aslida kambag’allik ham ayb emas. Ammo ota – bobolarimiz aytganlaridek “Kambag’al bo’lib kelish ayb emas, balki kambag’al bo’lib ketish aybdir”. Zeroki ushbu fikr juda ham to’g’ri deb hisoblayman.

Jeyms Braun ushbu insonning ham kelib chiqishi aslida kambag’allik bilan bog’liq.  U yoshligidanoq juda qiziquvchan inson bo’lgan. Ya’ni yoshligidan qanday qilib elektr va yoqilg’isiz uzoqni yaqin qiluvchi narani o’ylab topishga harakat qildi. Va velosipedni o’ylab topdi. Ushbu ixtirosi sabab 1 oy ichida boyga aylandi. Albatta izlagan chora topar degan maqol bejizga aytilmagan.

Demak men ushbu mavzudan quyidagicha xulosa chiqardim. Ya’ni hech qachon kambag’al bo’lishdan uyalmaslik kerak, balki ma’naviyati yo’qlar uyalishsin. Va albatta kelajagimizni qanday bo’lishi ham o’zimizga bog’liq ekan. Ertaga kim bo’lishimiz – bugungi harakatlarimizga chambarchas bog’liq. Xulosa esa o’zingizdan.

(Visited 166 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz