Kitobning hayotimizdagi o’rni mavzusida insho

insho

Hayotimizda kitob juda ham muhim rol o’ynaydi. Ya’ni meni kitob haqida fikrim shunday.
Darhaqiqat, yoshligida kitob o’qib katta bo’lgan bolaning dunyoqarashi kitob o’qimagan bolanikiga qaraganda sezilarli darajada keng bo’ladi. Bunga misol qilib oladigan bo’lsak, kitob o’qigan bola yanada atrofdagi olamga qiziqib boraveradi.
Biroq, kitob o’qimagan bola hech narsaga qiziqmaydi va faqatgina ko’ziga ko’rinadigan narsalar bilan cheklanib qoladi. Kitob o’qish nafaqat bilimlarimizni oshiradi balki sog’ligimizga ham kata foydasi bor. Misol qilib aytadigan bo’lsam kitob o’qish asab tolalarini tinchlantiradi, ishoncni oshiradi, nutqni ravon qiladi va miyaga foydali garmonlar ishlab chiqarishga yordam beradi. Yana bir narsani aytadigan bo’lsam, yoshlikda o’qilgan kitob, yosh o’tgandan keyin o’qilgan kitobga qaraganda xotiramizda yaxshi saqlanib qolar ekan. Zeroki yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh deb bejizga aytilmagan.
Albatta kitob o’qish bilan o’qishni farqi mavjud. Ba’zi bir insonlar majburligidan kitob o’qishi hayotimizda uchrab turadi. Bu holat ko’pincha maktab yoshidagi bolalarda yuz beradi. Misol qilib aytadigan bo’lsam, berilgan vazifani faqatgina o’qituvchi so’raganida aytib berishi uchun o’qiladi. Oqibatda u vaqtinchalik xotirada saqlanadi. Bu holat esa biz uchun juda ham achinarli desam mubolag’a bo’lmaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam kitob bizning eng yaxshi hamrohimiz ekan. Va albatta eng ishonchli maslahatgo’yimiz deya kitobni ayta olaman.

 

@iramond va @Uzjoku_Unversiteti

(Visited 1 973 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz