Konstitutsiya she’rlar

Konstitutsiya  –  eng oily hakam

Yaxshilar tufayli ozod diyorim,

Ozodlik tufayli obod diyorim,

Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.

Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.

Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.

Ulusning oriyu nomusidir u .

Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.

U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.

Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj -u taxtdur bu.

Konstitutsiyamiz nodir chinakam

U biz uchun eng oliy hakam!

 

Konstitutsiya inson xizmatida

Adolatning qo’yib tamal toshini,

Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.

U tinim bilmasdan ishladi shoyon.

Konstitutsiyaga fido qildi jon. Birnchi o’ringa qo’yib insonni,

Inson sharafiga baxsh etdi jonni.

Qonunlar insonga qilmasa xizmat,

Qonunlar insonni etmasa izzat.

Qonun emas, dedi undayin qonun,

Qonunda Insondir zori Humoyun.

Davlatning sharafi, shoni insondir,

Tanasi, yuragi, joni insondir.

 

Nodir qomusimiz

Adolatli jamiyatga berganda baxo

Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!

Vat an posbonimiz bo’laylik hushyor,

Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,

Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,

Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

 

Oddiylik – adolatdir

Baxtiyorman hur elimning

Adolatli shioridan,

Xalqim dildan ulug’lagan,

Tafakkuri, qaroridan.

Qoyil qol sin ro’yi zamin,

Odillikdan, adolatdan.

Mana, ko’ring, havas qiling,

Unib o’sgan hidoyatdan.  Saodatli elga baxt yor,

Iymonu e’tiqodim bor.

Munisgina onam kabi,

Istiqlolim baxtimga yor.

 

Qomusimni kuylayman

Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!

Zilola – Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,

Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.

Fidodirman toki tanda qonim bor,

Men elimning Qomusini kuylayman!

Adolatdan, ezgulikdan kuylayman.

 

Bosh qomusim

Konstitutsiyam  –  mening bosh Qomusim!

Adolatga o’zing tamalt osh, Qomusim!

Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,

Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!

 

Har bir bola huquqi

Ulg`ayaman qo`lda kitob ,

Yo`l olaman maktabga

Har bolaning huquqi bor,

Maktabda o`qimoqqa .

 

Elimning qomusi – Jahonda eng baxtlilarning biriman.

Men elimning qomusini kuylayman

Go’zal yurtim, iftixorim  – Vatanim.

Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!

Hur elimning dovrug’i bor tillarda,

O’zbekiston madhiyasi dillarda.

Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,

Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman

 

Qomusim sharofati

Iymonli elimning baxtli farzandi,

Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.

Farovon zamonam porloq dilbandi,

Baxtliman buyuk        Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l ochgan adola tidan!

Mustaqil diyorimni himoya etgan,

Dono hur fikrlari jahonga yetgan.

El  –   yurt qalbidan g’uborlar ketgan

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l  ochgan adolatidan

G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon

Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.

Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l  ochgan adolatidan!

Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,

Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.

Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!

 

Konstitutsiya muqaddas

Huquqimiz bayon etguvchi,

Har moddasin bilib olsak bas

Bizni doimo himoya etar,

U barchaga birday muqaddas.

 

Konstitutsiya kitobi:

– Men baxtnoma kitobman,

Aql hamda idrokman.

Kimki meni o’qisa,

Manguga men hamrohman.

Yo’l ko’rsatib charog’on,

Sizni qilay farovon!

 

Konstitutsiya – baxtimsan

Sendan topdim baxtimni,

Huquqimni ahdimni.

Yo’lim nurafshon bo’ldi,

Ko’nglim zavqlarga to’ldi.

Sahifangni o’qisam,

Asarlar bor biz uchun. Kelajak himoyangda,

Bundan ortiq baxt qayda?

 

Huquqlaring bilib ol

O’qib olsang kundan –  kun,

Fikring bo’ladi durkun.

Huquqlaring bilib ol,

Hayotda yur bemalol!

A’lo bo’lsang har ishda,

Dono bo’lsang yumushda,

Bilginki, sen ustivor!

Gaplarimni unutma,

Vaqt o’tadi, sen kutma!

O’qi, bedor bo’lsang ham,

Hayotda bo’lmaysan kam.

 

Konstitutsiya – baxtnoma

Iqbolimiz ko’zlagan,

Adolatdan so ’zlagan.

Bu bizning “Baxtnomamiz”,

Yayrab undan qonamiz!

Baxtimizga yo’l ochgan,

Iqbol urug’in sochgan,

Qomusimiz bir jahon,

Dovrug’i bo’lsan doston!

Qomusimni bilmoq istadim

Qomusimni bugun bilmoq istadim,

Har moddasin dilga solmoq istadim.

Qomus erur q onunlarning to‘plami,

Qonunlarni dildan tuymoq istadim.

Qomus berdi huquqimni, burchimni,

Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning.

Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam,

Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.

 

Muqaddas kitob

Amu bilan Sirdaryodan

Kamol topgan o‘zb ekmiz.

O‘z erkiga, huquqiga

Ega bo‘lgan o‘zbekmiz.

Xalqim diliga yog’du,

Sochar misoli oftob.

Qonunlar majmuasi

Muqaddas, ezgu kitob!

 

Konstitutsiyam  –  oily qomusim

Sening bitik yuling kurashdir yiroq.

Bir bobing To`maris ko`targan chiroq,

YOzdi bir bobingni qon bilan SHiroq,

Ey, mening o`zligim – g`urur, nomusim,

Konstitusiyam – oliy Qomusim. Sening manzilingni ko`zlagan karvon,

G`aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,

U karvon boshida Navoiy sarbon,

Ey, mening o`zligim  —  g`urur, nomusim,

Konstitusiyam  —  oliy Qomusim.

 

Bizning konstitutsiya

Eng sara qonunlardan,

Qomusim-oftobro’ya,

Yozilgan tilla harfdan,

Bizning konstitutsiya!

Bering bir ahamiyat,

Jamdir davlat, jamiyat,

Har modda yuksak niyat,

Bizning konstitutsiya!

Sakkizinchi dekabr,

Doim qilingay qadr,

Ozod Vatan haqdadir,

Bizning konstitutsya!

 

Konstitutsiya moddalariga she’rlar

Vatanimning nomini

Aytar birinchi modda.

O’qib, o’rgansak uni,

Muhabbat ortar qalbda.

* * * — Moddaning to’rtinchisin

Ulug’ tilim tasdiqlar.

Ajdodlarim orzusi,

Ko’zlarimda charaqlar.

* * *

— Vatanimning bayrog’i,

Dilginamning qarog’i.

Madhiya hamda gerbim,

Porloq yo’lim chirog’i (5-modda).

* * *

— Azimdir Toshkent shahri,

Juda keng saxiy bag’ri.

Udir Vatan yuragi,

Ulug’ xalqim tilagi (6-modda).

* * *

—  Burchlarimizdan so’zlar,

Bilsang, o’n birinchi bob.

Burchimni anglashimda,

Qomusim misli oftob.

* * *

—  Huquq, erkinlik haqda,

18-, 21-, va 31-modda.

O’qib, uqib, o’rganib,

Ama! qilamiz, albatta.

* * *

—  Bo’lmoq yaxshidir mulkdor, Ham fermeru chorvador.

Ko’chmas mulkning egasi,

Tadbirkorlar sarasi (36-modda).

* * *

—O’ttiz yettinchi modda

Mehnat qiiish haqida.

Har kirn sevsa kasbini,

Egaliagay baxtini.

* * *

—         O’ttiz to’qqizinchi modda

So’zlaydi ta’minotdan.

Har bir inson keksaygach,

Mamnun bo’lar hayotdan.

* * *

—  Tibbiy xizmat doimo

Kerak har bir kishiga.

Sog’lom tanda sog’ aql,

Urtum berar ishiga (40-modda).

* * *

—  Bepul bilim olamiz,

Hur Vatanim qo’ynida,

Vatanga xizmat qiiish  —

Har o’g’il, qiz o’yida (41-modda).

* * *

—         Atrof-muhitni saqlash,

Barchaning teng burchidir. Uni asrab-avaylash  —

Vijdonlining ishidir (50-modda).

* * *

— Milliy boyligimizni

Qadriga yetmoq kerak.

Yer, suv, o’simlik bari

Elimga doim kerak (55-modda).

* * *

— Oila  — jamiyatning

Asosiy bo’g’inidir.

Oltmish uchinchi modda

Shu bo’g’in talqinidir.

* * *

—  Oitmish oltinchi modda

Farzandiik burchin so’ziar.

Har soniya, soatda

Insoniyiikni ko’ziar.

* * *

— Yetmish oltinchi modda,

Yurtim oliy organi –

Oliy majlis haqida,

Qunt bilan o’rgan uni.

* * *

—  Yuz yigirma beshinchi,

Moddani anglash kerak.

Ozod, hur Vatan uchun Dovyurak o’g’lon kerak.

 

Ресурс

(Visited 84 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz