1-fevralda kimlar tug’ilgan va u qanday kun?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon hijob kuni.
🌏 Butunjahon aspergilloz kuni.
🌏 Robinzon Kruzo kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Milliy qora shokolad kuni.
🇭🇺 Vengriya – Respublika e’lon qilingan kun.
🇺🇸 AQSh – Milliy Ozodlik kuni.
🇷🇼 Ruanda – Qahramonlar kuni.
🇲🇾 Malayziya – Federal hududlar kuni.
🇲🇺 Mavrikiy – Qullik bekor qilingan kun.
🇧🇬 Bolgariya – Kommunistik rejim qurbonlari xotirasi kuni.
🇳🇮 Nikaragua – Harbiy havo kuchlari kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1186 – Ionniylar Suriyadagi Margat qal’asini egallashdi.
– 1327 – Angliyada Eduard III qirol deb e’lon qilindi.
– 1411 – Buyuk urush (1409—1411) bitim tuzish bilan yakunlandi.
– 1587 – Ingliz qirolichasi Yelizaveta I Mariya Styuartni qatl etish haqidagi farmonni
imzoladi.
– 1662 – Tayvan Chjen Chengun qoʻliga oʻtdi.
– 1702 – Ispan taxti uchun kurash: Kremona jangi.
– 1709 – Tinch okeanidagi kimsasiz orolda 4 yildan ortiq yolg’iz yashagan, Robinzon Kruzoning prototipi bo’lgan dengizch i- Aleksandr Selkirk topildi.
– 1720 – Shvetsiya va Prussiya tinchlik sulhini imzolashdi.
– 1732 – Rossiya va Eron Resht shartnomasini imzolashdi.
– 1742 – Sardiniya va Avstriya ittifoq shartnomasini imzolashdi.
– 1790 – Nyu-Yorkda Oliy sud birinchi marta yig’ildi.
– 1793 – Fransiya Angliya va Niderlandiyaga urush e’lon qildi.
– 1810 – Sevilya (Ispaniya) fransuzlarga taslim bo‘ldi.
Kun tarixi kanalidan olindi.
– 1816 – Dekabristlarning
birinchi maxfiy siyosiy jamiyatiy- “Soyuz spaseniya” tashkil topdi.
– 1835 – Mavrikiyada qullik bekor qilindi.
– 1865 – AQSh da qullik bekor qilindi.
– 1908 – Lissabonda qirol Karlush I va gersog Luish Filipe terrorchilar tomonidan otib oʻldirildi.
– 1920 – Xiva qizil askarlar tomonidan bosib olindi. Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi.
– 1924 – Buyuk Britaniya SSSRni rasman tan oldi.
– 1926 – Qirg‘iziston ASSR tashkil topdi.
– 1930 – “Tayms” birinchi krossvordni chop etdi.
– 1931 – Soyuzkinoning Markaziy fabrikasi (hozirgi “Mosfilm”) ochildi.
– 1942 – Vidkun Kvisling Norvegiya Bosh vaziri boʻldi.
– 1945 – Ikkinchi jahon urushi: Ekvador Germaniyaga urush e’lon qildi.
– 1946 – Tryugve Li BMTning birinchi Bosh kotibi etib saylandi.
– 1946 – Vengriya respublika deb e’lon qilindi.
– 1949 – Isroil g‘arbiy Quddusni rasman anneksiya qildi.
– 1958 – Misr va Suriya Birlashgan Arab Respublikasini tuzishdi.
– 1978 – rejissyor Roman Polanski AQShdan Fransiyaga qochib ketdi.
– 1979 – Oyatullo Humayniy 15 yillik surgundan so‘ng Eronga qaytib keldi.
– 1982 – Intel birinchi marta ikkinchi avlod x86 arxitekturasidagi 16-bitli protsessor – Intel 80286ni chiqardi.
– 1992 – Rossiya-Amerika o‘rtasida sovuq urush tugagani to‘g‘risidagi deklaratsiya.
– 1994 – Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
– 1994 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Zambiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
– 2000 – Ruminiya oltin qazib olish fabrikasida sodir bo’lgan avariya tufayli juda ko’p miqdordagi zaharli siyanid moddasi Dunayga tushdi, bu ko’plab mamlakatlarda ekologik halokatga olib keldi.
– 2001 – Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
– 2003 – „Kolumbiya“ shattli halokatga uchradi.
– 2003 – Nitsa shartnomasi kuchga kirdi.
– 2012 – Port-Said portidagi fojia.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1402 – Eleonora Aragonskaya (1445) – Aragon malikasi, Portugaliya qirolichasi.
– 1459 – Konrad Seltis (1508) – atoqli nemis gumanisti.
– 1828 – Nikolay Teleshov (1895) – ixtirochi, Rossiyada samolyotning 1-proyekti va reaktiv samolyotning dunyoda birinchilardan bo‘lgan proyekti muallifi.
– 1857 – Vladimir Bexterev (1927) – rus sovet psixiatri, nevropatolog, fiziolog, psixolog.
– 1876 – Uilyam Xarvi Emmons – (1948) – amerikalik geolog.
– 1889 – Viktor Shchekin (1965) – seleksiyachi chorvador olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959).
– 1894 – Jon Ford (1965) – amerikalik kinorejissyor.
– 1905 – Emilio Segre (1989) – italiya va amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1959).
– 1906 – Nu’monbek Dolimov (1977) – geograf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970).
– 1917 – Qoʻchqor Turdiyev (1992) – 2 – jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1942).
– 1922 – Tachat Oganesov (1991) – rangtasvirchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1968).
– 1922 – Renata Tebaldi (2004) – italiyalik opera qo‘shiqchisi (lirik soprano).
– 1924 – Bektosh Rahimov (2009) – OʻzSSR davlat arbobi, Sovet Ittifoqi mehnat qahramoni, SSSR Oliy Soveti deputati (1976-1986). 1986-yili Paxta ishi boʻyicha sudlangan.
– 1931 – Boris Yeltsin (1931 – 2007) – Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti (1991-1999).
– 1942 – Lev Leshenko – estrada qo‘shiqchisi, RSFSR xalq artisti.
Kun tarixi kanalidan olindi.
– 1944 – Oydin Norboyeva – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1978).
– 1947 – Mamatqul Hazratqulov – o‘zbek adibi va jurnalisti, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist».
– 1953 – Rahmatullayev Sirojiddin – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi (2003).
– 1962 – Takasi Murakami – yapon rangtasvirchisi, haykaltarosh.
– 1965 – Stefaniya – Monako malikasi, pop qo‘shiqchi.
– 1969 – Gabriel Batistuta – argentinalik futbolchi.
– 1990 – Nafisa Mo’minova – oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster.