1-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?

1-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon hijob kuni.
🌏 Butunjahon aspergilloz kuni.
🌏 Robinzon Kruzo kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy qora shokolad kuni.
🇭🇺 Vengriya – Respublika e’lon qilingan kun.
🇺🇸 AQSh – Milliy Ozodlik kuni.
🇷🇼 Ruanda – Qahramonlar kuni.
🇲🇾 Malayziya – Federal hududlar kuni.
🇲🇺 Mavrikiy – Qullik bekor qilingan kun.
🇧🇬 Bolgariya – Kommunistik rejim qurbonlari xotirasi kuni.
🇳🇮 Nikaragua – Harbiy havo kuchlari kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1186 – Ionniylar Suriyadagi Margat qal’asini egallashdi.
– 1327 – Angliyada Eduard III qirol deb e’lon qilindi.
– 1411 – Buyuk urush (1409—1411) bitim tuzish bilan yakunlandi.
– 1587 – Ingliz qirolichasi Yelizaveta I Mariya Styuartni qatl etish haqidagi farmonni
imzoladi.
– 1662 – Tayvan Chjen Chengun qoʻliga oʻtdi.
– 1702 – Ispan taxti uchun kurash: Kremona jangi.
– 1709 – Tinch okeanidagi kimsasiz orolda 4 yildan ortiq yolg’iz yashagan, Robinzon Kruzoning prototipi bo’lgan dengizch i- Aleksandr Selkirk topildi.
– 1720 – Shvetsiya va Prussiya tinchlik sulhini imzolashdi.
– 1732 – Rossiya va Eron Resht shartnomasini imzolashdi.
– 1742 – Sardiniya va Avstriya ittifoq shartnomasini imzolashdi.
– 1790 – Nyu-Yorkda Oliy sud birinchi marta yig’ildi.
– 1793 – Fransiya Angliya va Niderlandiyaga urush e’lon qildi.
– 1810 – Sevilya (Ispaniya) fransuzlarga taslim bo‘ldi.
– 1816 – Dekabristlarning birinchi maxfiy siyosiy jamiyatiy- “Soyuz spaseniya” tashkil topdi.
– 1835 – Mavrikiyada qullik bekor qilindi.
– 1865 – AQSh da qullik bekor qilindi.
– 1908 – Lissabonda qirol Karlush I va gersog Luish Filipe terrorchilar tomonidan otib oʻldirildi.
– 1920 – Xiva qizil askarlar tomonidan bosib olindi. Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi.
– 1924 – Buyuk Britaniya SSSRni rasman tan oldi.
– 1926 – Qirg‘iziston ASSR tashkil topdi.
– 1930 – “Tayms” birinchi krossvordni chop etdi.
– 1931 – Soyuzkinoning Markaziy fabrikasi (hozirgi “Mosfilm”) ochildi.
– 1942 – Vidkun Kvisling Norvegiya Bosh vaziri boʻldi.
– 1945 – Ikkinchi jahon urushi: Ekvador Germaniyaga urush e’lon qildi.
– 1946 – Tryugve Li BMTning  birinchi Bosh kotibi etib saylandi.
– 1946 – Vengriya respublika deb e’lon qilindi.
– 1949 – Isroil g‘arbiy Quddusni rasman anneksiya qildi.
– 1958 – Misr va Suriya Birlashgan Arab Respublikasini tuzishdi.
– 1978 – rejissyor Roman Polanski AQShdan Fransiyaga qochib ketdi.
– 1979 – Oyatullo Humayniy 15 yillik surgundan so‘ng Eronga qaytib keldi.
– 1982 – Intel birinchi marta ikkinchi avlod x86 arxitekturasidagi 16-bitli protsessor – Intel 80286ni chiqardi.
– 1992 – Rossiya-Amerika o‘rtasida sovuq urush tugagani to‘g‘risidagi deklaratsiya.
– 1994 – Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
– 1994 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Zambiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
– 2000 – Ruminiya oltin qazib olish fabrikasida sodir bo’lgan avariya tufayli juda ko’p miqdordagi zaharli siyanid moddasi Dunayga tushdi, bu ko’plab mamlakatlarda ekologik halokatga olib keldi.
– 2001 – Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
– 2003 – „Kolumbiya“ shattli halokatga uchradi.
– 2003 – Nitsa shartnomasi kuchga kirdi.
– 2012 – Port-Said portidagi fojia.

(Visited 16 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim