Mundarija:
1-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro ishchilar kuni (Mehnat kuni).
🌏 Butunjahon sevgi kuni.
🌏 Pochta markasi tug‘ilgan kun.
🇪🇺 Yevropa – May bayrami.
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇿 O‘zbekiston – Favvoralar kuni.
🇮🇳 Hindiston – Maxarashtra kuni / Gujarat kuni
🇺🇸 AQSh – Huquq kuni.
🇺🇸 AQSh – Sadoqat kuni.
🇨🇦 Kanada – Milliy shifokorlar kuni.
🇨🇦 Kanada, 🇺🇸 AQSh – Maktab direktorlari kuni.
🇯🇲 Yamayka – Oʻqituvchilar kuni.
🇲🇭 Marshall orollari – Konstitutsiya kuni.
🇱🇻 Latviya – Konstitutsiyaviy Assambleya chaqirilgan kun.
🇰🇿 Qozog‘iston – Qozog’iston xalqining birligi kuni.
🇦🇷 Argentina – Konstitutsiya kuni.
👉 VOQEALAR:
– 305 – Qadimgi Rim hukmdorlari Diokletian va Maksimian hokimiyatdan voz kechishdi.
– 1006 – Superyangi yulduz SN 1006 chaqnadi.
– 1328 – Angliya Shotlandiyaning mustaqilligini tan oldi.
– 1455 – Arkingolm jangi.
– 1682 – Lyudovik XIV Parij rasadxonasini tantanali ravishda ochdi.
– 1699 – Missisipi daryosi bo’yida Fransuz Luizianasi tashkil topdi.
-1707 – Angliya va Shotlandiya o’rtasida kelishuiv uniyasi imzolandi.
– 1840 – Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.
– 1884 – Chikagoda birinchi osmono‘par bino – 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.
– 1885 – Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.
– 1886 – AQShda ish tashlash bo’lib o’tdi, natijada 3 kishi halok bo’ldi va 4 nafar AQSh ishchi sinfi vakili qatl etildi.
– 1886 – Birma Britaniya Hindistoni tarkibiga kiritildi.
– 1890 – Yevropa davlatlarida ilk marta 1-may bayram sifatida nishonlandi.
– 1899 – Aspirin birinchi marta sotuvga chiqdi.
– 1912 – Kanada dollari ilk bor muomalaga chiqdi.
– 1917 – Rossiyada 1-May bayrami oshkora nishonlandi.
– 1918 – Uchuvchi I. N. Vinogradov boshqargan birinchi Sovet Nieuport-XXI samolyoti Qizil maydon ustidan uchib o’tdi.
– 1919 – Bavariya Sovet Respublikasining qulashi.
– 1925 – Kipr Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi. Bu orolning inglizlar hukmronligi ostiga birinchi marta tushishi emas edi: 1191-yilda uni Richard Sheryurak bosib olgan edi.
– 1930 – 18-fevralda kashf etilgan Quyosh tizimining to‘qqizinchi sayyorasining nomi – Pluton e’lon qilindi.
– 1930 – Farg‘ona davlat universiteti tashkil topdi.
– 1933 – Britaniya va Hindiston o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.
– 1941 – AQShda Orson Uellsning «Citizen Kane» filmi premyerasi bo’ldi.
– 1945 – Berlindagi Reyxstag binosiga g’alaba bayrog’i o’rnatildi.
– 1948 – KXDR tashkil topganligi e’lon qilindi.
– 1959 – Chirchiq shahar o‘lkashunoslik (Mahalliy tarix) muzeyi tashkil topdi.
– 1963 – BMT ning Muvaqqat ma’muriyati nazorati ostida bo’lgan Gollandiyaning sobiq G’arbiy Irian mustamlakasi Indoneziyaga o’tkazildi.
– 1974 – Portugaliyada siyosiy mahbuslar ozod qilindi va ommaviy axborot vositalari senzurasi bekor qilindi.
– 1978 – Buyuk Britaniyada birinchi marta 1-may davlat miqyosida nishonlandi.
– 1979 – Grenlandiya o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’ldi.
– 1992 – IRA Klochodjedagi nazorat punktiga hujum qildi.
– 1993 – Shri-Lanka prezidenti Ranasingxe Premadasa Kolomboda sodir etilgan terroristik hujumda o‘ldirildi.
– 1998 – “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni taʼsis etildi.
– 1995 – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi tashkil qilindi.
– 2004 – Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qatoriga kiritildi.
– 2019 – Naruxito Yaponiya taxtiga o’tirdi.
– 2020 – Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshqini sodir bo‘ldi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1764 – Benjamin Latrob (1820) – ingliz-amerika arxitektori, Vashington Kapitoliysining asosiy dizayneri.
– 1672 – Jozef Addison (1719) – ingliz publitsisti, dramaturg, shoir, siyosatchi, pedagog, ingliz jurnalistikasining asoschisi.
– 1852 – Santyago Ramon i Kajal (1934) – ispaniyalik gistolog, Nobel mukofoti sohibi (1906).
– 1881 – Teyar de Sharden (1955) – Fransuz antropologi, paleontolog va faylasufi, sinantropni birinchi bor ochgan olim.
– 1896 – Muhitdin Qoriyoqubov (1957) – ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan.
– 1904 – Gʻaniyev Nabi (1953) – kinorejissyor, oʻzbek kinosining asoschilaridan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944).
– 1905 – Akrom Yusupov – O‘zbekiston xalq artisti, sirk artisti.
– 1907 – Sofya Yevseyevna Karakash (Shvidler) (1983) -pianinochi-konsertmeyster, Oʻzbekiston xalq artista (1972).
– 1908 – Yahyo Gʻulomov (1977) – tarixchi arxeolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958).
– 1913 – Mannon Azizov (1987) – kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964).
– 1913 – Florian Bobich (1942) – Yugoslaviya siyosatchisi, Yugoslaviya Xalq Qahramoni.
– 1916 – Malik Nabiyev (2008) – rassom, pedagog, Oʻzbekiston xalq rassomi (1992).
– 1920 – Mayya Quliyeva (2018) – turkman xonandasi (lirik soprano), Xalq artisti (1955).
– 1924 – Ergash Yoʻldoshev (1991) – xonanda (dramatik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
– 1925 – Ahmadjon Odilov (2017) – nufuzli oʻzbek ishbilarmoni va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965).
– 1926 – Piter Devid Laks – vengriyalik va amerikalik matematik. Sof va amaliy matematika sohalarida faoliyat yuritib keladi.
– 1933 – Ortiq Fayzullayev – yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston xalq rassomi (1997).
– 1936 – Dilbar Abdurahmonova (2018) – dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (1969).
– 1942 – Elyor Ishmuxamedov – kinorejissor va senariychi, O‘zbekiston SSR Xalq artisti.
– 1942 – Nasiba Ibragimova – oliy toifali diktor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1976).
– 1952 – Neʼmatov Ilhomjon – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
– 1956 – Abduqahhor Toʻxtayev – oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Qurilish vaziri, Jizzax, Toshkent shaharlarida va Shayxontohur, Olmazor tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan Shayxontohur tumani hokimi.
– 1957 – Laylo Axmerova – chim ustida xokkeychi, xalqaro klassdagi sport ustasi, olimpiya oʻyinlari sovrivdori.
– 1958 – Patrice Guillaume Athanase Talon – Beninlik tadbirkor va siyosatchi, 2016-yildan mamlakat Prezidenti.
– 1967 – Iqbol Mirzo – O‘zbekiston xalq shoiri.
– 1968 – Oliver Birxoff – nemis futbolchisi, Yevropa chempioni.
– 1971 – Amira Kazar – fransuz teatr va kino aktrisasi.
– 1974 – Dilshod Yorbekov – o‘zbek bokschisi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.
– 1983 – Alen Bernard – fransuz suzuvchisi, ikki karra Olimpiya chempioni.
– 1987 – Leonardo Bonuchchi – italiyalik futbolchi, Yevropa chempioni (2020)
– 1992 – Madlen Bryuer – amerikalik aktrisa.