10-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

10-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Butunjahon uydan (masofaviy) ishlash kuni.
🌎 Butunjahon Yaguar kuni.
🌎 Butunjahon gomeopatiya kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Birodarlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qishloq hayvonlari kuni.
🇨🇦 Kanada – Xalqaro pushti kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Ichki qo’shinlar kuni.
🇹🇭 Tailand – Milliy kauchuk kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Quruvchilar kuni.
🇮🇸 Islandiya – Muhandislar kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1370 – Amir Husayn boshliq Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ldi.
– 1710 – Angliyada 1709-yil qabul qilingan “Qirolicha Annaning statuti” – dunyodagi birinchi mualliflik huquqi qonuni kuchga kirdi.
– 1741 – Mollvits jangi.
– 1814 – Gissen universitetida 13 yoshli Karl Vitte fan nomzodi ilmiy darajasini oldi va eng yosh fan doktori (hozirgacha) bo’ldi.
– 1820 – Birinchi ingliz ko’chmanchilari Janubiy Afrikaning Algoa ko’rfaziga qo’ndi.
– 1831 – Igan jangi.
– 1841 – «New York Tribune» gazetasining birinchi soni chop etildi.
– 1875 – Kanada politsiyasi Kanadaning g’arbiy qismida post ochishga ruxsat oldi – keyinchalik u Kalgari shahriga aylandi.
– 1907 – Pyotr Stolypin Dumada yer islohoti loyihasini bayon qildi.
– 1912 – Sautgempton portidan “Titanik” layneri birinchi va so‘nggi bor yo‘lga chiqdi.
– 1922 – Genuya konferensiyasi ochildi (19 maygacha).
– 1925 – Saritsin shahri Stalingrad deb atala boshlandi (hozirgi Volgograd).
– 1937 – Kanadaning Air Canada aviakompaniyasi tashkil etildi (1964-yilgacha – Trans-Canada Airlines).
– 1938 – Avstriyadagi plebissitda aholining 99,7 foizi Germaniya bilan birlashish uchun ovoz berdi.
– 1941 – Nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingan Zagrebda Xorvatiya mustaqil davlati eʼlon qilindi.
– 1944 – Odessa operatsiyasi davomida shahar nemis ishg‘olidan halos bo‘ldi.
– 1972 – Bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risida xalqaro Konvensiya imzolandi.
– 1979 – Bolgariyalik birinchi kosmonavt Georgiy Ivanov samoga parvoz qildi.
– 1988 – 10 yillik qurilishdan so‘ng Yaponiyadagi Xonsyu va Sikoku orollarini bog‘lovchi 9 kilometrlik Seto ko‘prigi ochildi.
– 2004 -O’zbekistonda Al-Xorazmiyga bag’ishlangan pochta markasi chiqardi.
-2010 – Smolenskda boʻlgan aviahalokat (Polsha preziden­ti Lex Kachinskiy, uning rafiqasi Mariya Kachinskaya va boshqalar (97 kishi) halok boʻldi).
– 2010 – Kamchatkada qor ko‘chkisi germaniyalik sayyohlar bo‘lgan vertolyotni bosib qoldi. 18 kishidan 10 nafari vafot etgan.
– 2014 – Buyuk Britaniya ob-havoni bashorat qiluvchi dunyodagi eng katta superkompyuter o’rnatildi.
– 2016 – Puttingal ibodatxonasidagi yongʻin (Paravur, Hindiston); 110 dan ortiq kishi halok bo’ldi, 350 dan ortiq kishi jarohat oldi.
– 2019 – Dunyoga birinchi marta “qora tuynuk” ning surati namoyish qilindi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1735 – Kulibin Ivan (1818) – o’zi mustaqil o’qib o’rgangan rus mexanigi.
– 1847 – Jozef Pulitser (1911) – amerikalik noshir va jurnalist, shu nomdagi mukofot asoschisi.
– 1895 – Vsevolod Rojdestvenskiy (1977) – sovet shoiri va tarjimoni, harbiy muxbir.
– 1887 – Bernardo Ussay (1971) – argentinalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1947).
– 1894 – Abdulla Qodiriy (1938) – o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
– 1917 – Robert Vudvord (1979) – amerikalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1965).
– 1927 – Marshall Nirenberg (2010) – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1968).
– 1937 – Bella Axmadulina (2010) – sovet va rus shoirasi, yozuvchi, tarjimon.
– 1952 – Grigoriy Yavlinskiy – sovet va Rossiya siyosatchisi, iqtisodchi.
– 1952 – Stiven Sigal – Amerikalik aktyor, ssenariynavis, prodyuser, rejissyor, aykido ustasi.
– 1963 – Doris Loytxard – 2006-yildan Shveysariya Federal Kengashi a’zosi, 2010 va 2017-yillarda mamlakat Prezidenti.
– 1973 – Roberto Carlos da Silva – sobiq braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (2002).
– 1978 – Rustamjon Hamidov (Rustamjon domla) – Oʻzbekistonning mashhur imomlaridan biri.
– 1993 – Sofiya Karson – amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.

(Visited 17 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz