11-iyunda kimlar tug’ilgan va bu kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

11-iyunda kimlar tug’ilgan va bu kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Jak-Iv Kusto kuni.
🌏 Xalqaro iplarni bombalash kuni.
🌏 Butunjahon yaguarlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇱🇺 Lyuksemburg ‐ Onalar kuni.
🇦🇹 Avstriya, 🇧🇪 Belgiya ‐ Otalar kuni.
🇨🇦 Kanada – Kanada daryolari kuni.
🇭🇳 Gonduras – Talabalar kuni.
🇩🇰 Daniya – Shahzoda Henrik tug‘ilgan kun.
🇨🇦 Kanada ‐ Uilyam Devis konchilarni xotirlash kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Bolalar kuni.
🇺🇸 AQSh, Gavayi – Kamehameha kuni, Gavayining birinchi qiroli sharafiga bayram.
🇷🇺 Rossiya – Sklerozga qarshi kurash kuni.
🇧🇷 Braziliya – Braziliya dengiz flotini xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇧🇾 Belarus, 🇺🇦 Ukraina, 🇰🇿 Qozog‘iston – yengil sanoat xodimlari kuni.
🇦🇷 Argentina – Qo‘shnilar kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1125 – Azaz yaqindagi jangda salibchilar saljuqiylar ustidan g‘alaba qozonishdi.
– 1496 – Xristofor Kolumb ikkinchi sayohatini yakunladi.
– 1742 – Benjamin Franklin tejamkor pechni ixtiro qildi.
– 1742 – Breslau shartnomasi imzolandi. Avstriya Prussiyaning Sileziyaga nisbatan huquqlarini tan oldi.
– 1770 – Jeyms Kuk Katta toʻsiq rifini kashf etdi.
– 1776  – Ikkinchi Kontinental Kongress Mustaqillik Deklaratsiyasini yozish uchun qo’mita tuzdi.
– 1788 – Gerasim Izmaylov  Alyaskaga keldi.
– 1798 – Napoleon I floti  Malta orolini egalladi.
– 1826 – Moskvada ilk Ko‘z kasalliklari shifoxonasi ochildi.
– 1889 – Amerikalik Jon Perdi va Jeyms Sadgvarlar yig‘ma stul ixtriro qilishdi.
– 1898 – Xitoyda “islohotlarning yuz kuni” e’lon qilindi.
– 1901 – Kuk orollari Yangi Zelandiyaga o‘tdi.
– 1918 – “Alash” qozoq milliy harakati Sovet hukumatining Qozog’iston hududidagi barcha qarorlarini noqonuniy deb e’lon qildi.
– 1939 – Birinchi o‘zbek operasi “Bo‘ron”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi.
– 1940 – Yangi Zelandiya, Avstraliya va Janubiy Afrika Ittifoqi Italiyaga urush e’lon qildi.
– 1973 – Liviyada amerika neft kompaniyalari davlat tasarrufiga olindi.
– 1975 – Gretsiyada Konstitutsiya qabul qilindi.
– 1991 – “Microsoft” firmasi MS DOS 5.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi.
– 2010 – Qirg’izistonning O’sh viloyatidagi tungi tartibsizliklar paytida 26 kishi halok bo’ldi va 150 ga yaqin kishi jarohat oldi.
– 2010 – JAR da futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1572 – Ben Jonson (1637) – ingliz shoiri, dramaturg, aktyor, drama nazariyachisi.
– 1776 – Jon Konstebl (1837) – ingliz peyzajchi rassomi.
– 1818 – Aleksandr Ben (1903) – shotland psixologi.
– 1838 – Mariano Fortuni (1874) – ispan rassomi.
– 1864 – Rixard Shtraus (1949) – nemis kompozitori va dirijyori.
– 1884 – Halide Edib Adıvar (1964) – turk yozuvchisi.
– 1899 – Yasunari Kavabata (1972) – yapon adibi, Nobel mukofoti sohibi (1968).
– 1910 – Jak Iv Kusto (1997) – fransuz okeanografi, akvalang ixtirochisi.
– 1912 – Muxtor Ashrafiy (1975) – o‘zbek kompozitori, dirijyor, pedagog, SSSR Xalq artisti.
– 1937 – Devid Brayant Mamford – amerikalik matematik, algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan.
– 1956 – Abdulaxad Abdurashidov – sozanda (naychi), Oʻzbekiston xalq artisti (2000).
– 1959 – Xyu Lor – britaniyalik aktyor, hajviyachi, yozuvchi va musiqachi.
– 1975 – Denis Matsuyev – Rossiyalik mohir pianinochi, Rossiya Xalq artisti.
– 1982 – Dayana Taurazi – amerikalik basketbolchi, 5 karra Olimpiya chempioni.
– 1984 – Vagner Lav – braziliyalik futbolchi.
– 1997 – Jorja Elis Smit – ingliz qoʻshiqchisi.
– 1999 –  Kay Xaverts – nemis futbolchisi.

(Visited 69 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz