14-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?

14-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Kompyuterchilar kuni.
🌏 Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni.
🌏 Fransuz tili tug’ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇬 Bolgariya, 🇲🇰 Shimoliy Makedoniya – «Trifon Zarezan», Uzum va uzumchilar bayrami.
🇩🇪 Germaniya – Ruhiy kasal kishilar kuni.
🇫🇮 Finlandiya – Do‘stlar kuni.
🇮🇶 Iroq – Kommunist qurbonlar xotirasi kuni.
🇵🇱 Polsha – Epilepsiyaga chalinganlar kuni.
🇶🇦 Qatar – Sport kuni.
🇺🇦 Ukraina – Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qo’shinlari kuni.

👉 VOQEALAR:

– 842 – Fransuz tilining tug’ilgan kuni: Germaniyalik Lyudovik II va Karl II roman tili (eski fransuz) da Strasburg qasamyodini qabul qilishdi.
– 1009 – Litva toponimining birinchi bor tilga olinishi.
– 1718 – Pyotr I o’g’li Alekseyni taxt vorisining huquqlaridan mahrum qildi.
– 1834 – Lionda to‘quvchilarning ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi.
– 1836 – Lemandagi yongʻinda 120 kishi halok boʻldi.
– 1879 – Selitra urushi: Chili qo’shinlari Boliviyaga hujum qilishdi.
– 1892 – D.I. Ivanovskiy viruslarni infeksiyaning etiologik omili sifatida kashf etdi, bu virusologiyaga asos soldi.
– 1918 – Sovet Rossiyasida Grigorian taqvimi (yangi uslub) joriy etildi.
– 1919 – Millatlar Ligasining Nizomi tasdiqlandi.
– 1945 – AQSh tomonidan Praganing bombardimon qilinishi.
– 1946 – AQShda haqiqatan ishlovchi birinchi elektron kompyuter ENIAC ishga tushirildi.
-1949 – Isroilda knessetning birinchi majlisi.
– 1956 – Stalin shaxsiga sigʻinish fosh etildi.
– 1961 – 103-element – lourensiy kashf qilindi.
– 1989 – Salmon Rushdiy „Shayton sheʼrlari“ nomli romani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi.
– 1992 – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qo‘shinlari tashkil etildi.
– 1995 – Borland Delphining birinchi namunasini namoyish qildi.
– 2005 – YouTube xizmati yaratildi.
– 2006 – Shimoliy Vaziriston hududida  tolibonlar tomonidan Vaziriston Islom davlati e’lon qilindi. Keyinchalik tolibonlar Janubiy Vaziristonni ham bosib olishdi.
– 2011- Arab bahori: Baxraynda qo‘zg‘olon boshlandi.

(Visited 21 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim