14-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

14-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Butunjahon donorlar kuni.
💻 Xalqaro veb-bloggerlar kuni.
🌏 Xalqaro hammom kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh ‐ AQSh armiyasining tug’ilgan kuni.
🇵🇱 Polsha – Nemis fashistlari konslagerlari qurbonlarini xotirlash kuni.
🇱🇻 Latviya, 🇪🇪 Estoniya, 🇱🇹 Litva ‐ Motam kuni.
🇦🇲 Armeniya ‐ Qatag’on qurbonlarini xotirlash kuni.
🇺🇸 AQSh – Bayroq kuni.
🇫🇰 Folklend orollari – Ozodlik kuni.
🇨🇺 Kuba – Ernesto Che Gevara kuni.
🇨🇴 Litva – Umidlar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Migratsion xizmat xodimlari kuni.

👉 VOQEALAR:

– 325 – Nikeya shahrida xristianlik tarixidagi ilk sobor ochildi.
– 1325 – 25 yashar Ibn Battuta haj safariga chiqdi, u 24 yillik safardan soʻng Xitoyga kelib qolgan.
– 1498 – Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘gʻli Badiuzzamon Mirzo oʻrtasida jang bo‘lib o‘tdi.
– 1647 – Buxoro xonligi qo‘shinlari va boburiylar o‘rtasida Temurobod mavzesidagi jang.
– 1775 – AQSh armiyasi tuzildi.
– 1777 – AQSh bayrog’i  tasdiqlandi.
– 1797 – Fransiya istilosidan so’ng Liguriya Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
– 1800 – Qohirada Napoleon generali, Misr gubernatori Jan-Batist Kleber musulmon mutaassib tomonidan o’ldirildi.
– 1807 – Fridland jangi. Rus qo‘shinlari Napoleon tomonidan yakson qilindi.
– 1839 – Angliyada birinchi Qirollik regatasi Xenleyda bo‘lib o‘tdi.
– 1846 – Kaliforniya respublikasi  tuzilganligi eʼlon qilindi.
– 1895 – Chechniya Rossiyaga qo‘shib olindi.
– 1900 – AQSH Gavayi orollarini  anneksiya qildi.
– 1905 – “Potyomkin” bronenosetsida qo‘zg‘o‘lo‘n bishlandi.
– 1919 – Vengriya sovet respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1938 – AQSh da Benjamin Grushkin xlorofillga patent oldi.
– 1940 – Nemislar Parijni bosib oldi.
– 1941 – Sovet hukumati tomonidan Latviya, Litva va Estoniya aholisi ommaviy qatag‘on va qamashga tortildi.
– 1951 – Vashingtonda birinchi kompyuter – “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi.
– 1956 – ingliz qo‘shinlari Suvaysh kanalini tark etdi.
– 1973 – K-56 suvosti kemasi halokatga uchradi.
– 1982 – Folklend urushi tugadi.
– 1985 – Shengen kelishuvi  imzolandi.
– 1995 – Shamil Basayev boshchiligidagi to’da Budyonnovsk shahridagi kasalxonada 1600 dan ortiq odamni garovga oldi.
– 1999 – AQSh Oliy sudi kazino telereklamalariga 65 yillik taqiqni bekor qildi.
– 2014 – Luganskda IL-76 halokati.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1736 –  Sharl Ogyusten Kulon (1806) – fransuz fizigi, harbiy injener, – 1785-yil elektrostatikaning asosiy  qonuni (Kulon qonuni) ni kashf qilgan.
– 1835 – Nikolay Rubenshteyn (1881) – rossiyalik pianinochi, Moskva konservatoriyasiga asos solgan.
– 1856 – Andrey Markov (1922) – rus matematigi.
– 1864 – Alois Alsgeymer (1915) – nemis psixiatri va nevrologi, presenil psixozi uning nomi bilan atalgan.
– 1868 – Karl Landsheytner (1943) – avstriyalik va amerikalik immuniolog vrach, infeksionist va ximik, inson qon gruppasini birinchi bo‘lib aniqlagan, Nobel mukofoti sohibi (1930).
– 1871 – Fyodor Tokarev (1968) – rus o‘qotar qurol konstruktori, Sotsialistik Mehnat qahramoni.
– 1882 – Yon Antonesku (1946) – rumin harbiy va davlat arbobi, Ruminiya diktatori (1940-1944).
– 1928 – Ernesto Che Gevara (1967) – lotinamerikalik inqilobchi.
– 1946 – Donald Tramp – amerikalik milliarder, AQSh ning 45-prezidenti (2017-2021).
– 1949 – Bertran Lavye – fransuz rassomi, “aksilsan’at” namoyondasi.
– 1968 – Yasmin Blit – amerikalik aktrisa, fotomodel.
– 1969 – Shteffi Graf – mashhur nemis tennischisi.
-1978 – Maxset O’temuratov -qoraqalpogʻistonlik estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti.
– 1983 – Davron Fayziyev – Oʻzbekistonlik sport jurnalisti va sharhlovchisi, teleboshlovchi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va media departamenti direktori (2019-yildan).
– 1990 – Regina Todorenko – ukrainalik teleboshlovchi, qo‘shiqchi, kompozitor.
– 1991 – Sardor Rashidov – O’zbekistonlik futbolchi.
– 1999 – Tzuyu – Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi tayvanlik qoʻshiqchi.

(Visited 64 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz