14-yanvar sherlar

VATAN HIMOYACHISI

Mening akam harbiydir,
Vatan himoyachisi.
U jangovor komandir,
Uchqichning uchuvchisi.

Vatan sarhadlarini
Qo’riqlashar kunu tun.
Yov tumshug’in tiqolmas,
Yo’llari to’siq butun.

Men qahramon akamga,
Doim havas qilaman.
Voyaga yetsam agar
Men ham harbiy bo’laman

14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga tabrik she’r

Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.

Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.

Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.

Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.

Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.

Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.

Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.

Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.

Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.

 

Yurt qalqonlari

Dilshod Rajab

O‘zbekiston – hur Vatan,
baxtimiz ayvonidir.
Armiyamiz mustahkam,
Ona yurt qalqonidir.
Harbiy xizmat faxrimiz –
bu mardlar maydonidir.
Jasur askar akalar
Ona yurt qalqonidir.

 

👮‍♀ Jajji askarlar

Bizlar jajji askarlar ,
Yurt posboni navkarlar.
Yovga qilmaymiz shafqat ,
Qo’rqmas botir , shunqorlar .

Yelkamizda avtomat,
Turib navbatma-navbat.
Qo’riqlaymiz sarhadni,
Misli alpomish kelbat.

Jajji askarmiz hali,
Ko’rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi, iqbolli.

 

Askar-askar o’ynaymiz

-Askar-askar o’ynaymiz,
-Biz askar, biz askar.

-Askar-askar o’ynaymiz,
– Siz askar, siz askar.

-O’q otishga yo’l bo’lsin ,
-Qo’ymaymiz-qo’ymaymiz.

-Biz ham kichik qo’riqchi,
-Askarlarmiz, askarlar.

-Yurtimizni tinch-omon,
-Asraymiz, asraymiz.

 

👮‍♀ Jajji askarlar

Bizlar jajji askarlar ,
Yurt posboni navkarlar.
Yovga qilmaymiz shafqat ,
Qo’rqmas botir , shunqorlar .

Yelkamizda avtomat,
Turib navbatma-navbat.
Qo’riqlaymiz sarhadni,
Misli alpomish kelbat.

Jajji askarmiz hali,
Ko’rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi, iqbolli.

Alpomishdek botir, jasur yigitlar,
Arslon ham sizlardan dars olsa kerak.
Vatan uchun har nega qodir yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.

Siz sohibqironning vorislarisiz,
Kelajak kun sizga bog’liqdir, beshak.
Chayir va zabardast aziz o’g’lonlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!

Dunyoda bor ekan sizday o’glonlar,
Tinch va xotirjam uradi yurak.
Ko’ksi Vatan uchun qalqon yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak!

 

O’zbekiston mard o’g’lonlari
Bahodirlar,pahlavonlari
Tinchligimiz chin posbonlari
Bayramingiz bo’lsin muborak!

Qayda bo’lmang,yermi,osmonda,
Tog’mi,dala,cho’l,biyobonda
Bu muqaddas ona makonda,
Bayramingiz bo’lsin muborak!

Vatan ishqi ko’nglingizdadir
Yurt taqdiri qo’lingizdadir
Nigohimiz yo’lingizdadir
Bayramingiz bo’lsin muborak!

Sizga tahsin botir yigitlar!
Olovyurak,nodir yigitlar!
Ko’ksi qalqon,chayir yigitlar,
Bayramingiz bo’lsin muborak!

 

👮‍♀️👮‍♀️👮‍♀️👮‍♀️👮‍♀️👮‍♀️
Kuch qaynar bilagida,
O’t yonar yuragida.
Postiga sergak juda,
Vatanim o’g’lonlari.

Deydi tinch bo’lsin osmon,
Zaminda yetilsin don.
El sokin olsin orom,
Vatanim o’g’lonlari.

Yomonlik bo’lmas sodir,
Aslo olmang xavotir.
Dovyurak,yovqur,botir,
Vatanim o’g’lonlari!

Vatanini sevadi,
Ardoqlaydi doimo.
Vatan tuyg’usi yuragida,
Vatanim o’g’lonlari!

Bir-biriga yelkadosh,
Maslakdosh hamda hamkor,
Deydi:Kuch-adolatda
Vatanim o’g’lonlari!

Qora bulut to’sa olmas,
O’zbek moviy osmonin,
Doim yorug’ quyoshi,
Vatanim o’g’lonlari!

👮👮👮👮👮👮
Tinch turmas azaldan bu ko’hna olam,
Endi dunyo yuzi urush ko’rmasin.
Aqlli, baquvvat, kuchli yigitlar
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak.

Sizgadir olqishlar, sizga sharaf-shon,
Doimo yor bo’lsin sizlarga zafar,
Bugun bayramingiz bilan qutlabon,
Mening ham sizlarga tilagim bisyor.

Unutmang, vatanga siz doim kerak,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!

АСКАРЛАР Мирзақулова Н

 

Vatan himoyachilari kuniga sher

Mart o’g’lonlar turar to’p,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig’dek asrar xo’p,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Har bir o’g’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O’z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo O’zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
O’zbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.

 

 

ЮРТГА ХИЗМАТ ҚИЛАМАН!

Соғлом улғайиб, ўсиб,
Билим оламан жўшиб,
Ёмонлик йўлин тўсиб,
Юртга хизмат қиламан!

Аскар акамдек бўлай,
Елкамга юлдуз тақай,
Доим фахрга тўлай,
Юртга хизмат қиламан!

Осмону сувда сузиб,
Душманлик аҳдин бузиб,
Ҳимоя шартин тузиб,
Юртга хизмат қиламан!

Опа-синглимга қанот,
Ота-онамга нажот,
Бўлиб Ватанга сабот,
Юртга хизмат қиламан!

© Насиба Эрхонова

 

Manba: https://t.me/bolajonim_mening

(Visited 17 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz