15-fevralda kimlar tug’ilgan?
– 1368 – Sigismund I (1437) – Vengriya va Xorvatiya qiroli (1387-yildan), Germaniya qiroli (1410-yildan), Chexiya qiroli (1419-yildan), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1433-yildan)..
– 1472 – Pero II di Lorenso de Medichi (1503) – 1492-1494 – yillarda Florensiyaning amaldagi hukmdori.
– 1564 – Galiley Galileo (1642) – italyan fizigi, astronomi va mexanigi, eksperimental fizika asoschisi.
– 1710 – Lyudovik XV (1774) – Fransiya qiroli (1715-yildan), Burbonlar sulolasi vakili.
– 1797 – Genrix Shtaynveg (1871) – fortepiano yasovchi avstriyalik va amerikalik usta, Steinway&Sons firmasi asoschisi.
– 1820 – Syuzen Entoni (1906) – amerikalik ayollar huquqlari uchun kurashchi.
– 1845 – Eliu Rut (1937) – amerikalik huquqshunos, Nobel mukofoti sohibi (1912).
– 1861 – Sharl Eduar Giyom (1938) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
– 1862 – Savva Morozov (1905) – rossiyalik sanoatchi, homiy.
– 1902 – G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev) (1976) – o‘zbek yozuvchisi, O’zbеkiston xalq shoiri (1972).
– 1906 – Musa Jalil (1944) – tatar sovet shoiri, Sovet Ittifoqi qahramoni.
– 1926 – Zunnunova Saida (1977) – shoira, yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi.
– 1926 – Franko Fabritsi (1995) – italiyalik teatr va kino aktyori.
– 1934 – Niklaus Virt – shveysariyalik olim, bir qancha dasturlash tillarini ishlab chiqqan.
– 1934 – Toʻra Sulaymon – Oʻzbekiston xalq shoiri.
– 1954 – Jaloliddin Mirtojiyev – haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003).
– 1965 – Luqmon Bo‘rixon – o‘zbek yozuvchisi.
– 1972 – Yaromir Yagr – chex xokkeychisi, olimpiya chempioni (1998).
– 1988 – Ruy Patrisiu – portugaliyalik futbol davozaboni, Yevropa chempioni (2016).