15-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon antropologiya kuni.
🌏 Butunjahon Begemot kuni.
🌏 Xalqaro muxlislar kuni.
🌏 Global axborotni boshqarish kuni.
🌏 ENIAC kuni (birinchi kompyuter kuni)
🌏 Xalqaro bolalar saratoni kuni.
🌏 Xalqaro Angelman kuni.
🌏 Galileo Galiley kuni.
🇪🇺 Yevropa Ittifoqida operatsiya hamshirasi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Syuzen Entoni kuni.
🇸🇬 Singapur – Ommaviy mudofaa kuni.
🇨🇦 Kanada – Bayroq kuni.
🇺🇦 Ukraina, 🇷🇺 Rossiya, 🇧🇾 Belarus – Baynalmilalchilarni xotirlash kuni.
🇻🇺 Vanuatu – Jon Frum kuni.
🇷🇸 Serbiya – Milliy kun.
🇦🇫 Afg‘oniston – Ozodlik kuni.
👉 VOQEALAR:
– 438 – Rim imperiyasida birinchi rasmiy qonunlar to‘plami – Feodosiy kodeksi qabul qilindi.
– 590 – Xusrav II Fors davlati taxtiga o’tirdi.
– 1045 – Rossiyada Sofiya ibodatxonasi qurilishi boshlandi.
– 1565 – Rossiyada oprichnina joriy qilinishi e’lon qilindi.
– 1786 – Uilyam Gershel “Mushuk ko‘zi” sayyoralar tumanligini kashf qildi.
– 1798 – Napoleonning generali Lui-Aleksandr Bertyer Rim shahriga bostirib kirishi natijasida Rim respublikasi e’lon qilindi.
– 1804 – Serbiya inqilobi boshlanadi.
– 1820 – Elektrning magnit ta’siri borligi kashf etildi.
– 1835 – Zamonaviy Serbiyada birinchi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
– 1895 – Moskvada “Gnesinlar musiqa bilim yurti” nomli Rossiyadagi birinchi bolalar musiqa maktabi ochildi.
– 1919 – Petrogradda Katta Drama teatri ochildi.
– 1922 – Gaagada Xalqaro sudning birinchi majlisi ochildi.
– 1923 – Gretsiya Grigorian taqvimini qabul qilgan so’nggi Yevropa davlati bo’ldi.
– 1933 – Mayamida Franklin Ruzveltga muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi.
-1942 – Yaponiya Singapurni bosib oldi.
– 1965 – Kanada bayrog‘i tasdiqlandi.
– 1969 – Kembridjda odamning notabiiy koʻpayish amaliyoti oʻtkazildi.
– 1973 – Quyosh portlashlarini tadqiq qilish uchun “Prognoz-3” yo‘ldoshi uchirildi.
– 1976 – Kubaning 1976-yilgi Konstitutsiyasi umumxalq referendumi bilan qabul qilindi.
– 1989 – SSSR armiyasini Afgʻonistondan olib chiqish nihoyasiga yetdi.
– 1994 – Rossiyada prezident hokimiyatining timsoli – RF prezidenti Shtandarti rasman joriy qilindi.
– 2013 – Chelyabinskda (Rossiya) yerga meteorit tushdi.