16-fevralda kimlar tug’ilgan?
– 1222 – Nitiren (1282) – yaponiyalik budda payg‘ambari, nitiren-syu ta’limotining asoschisi.
– 1514 – Georg Ioaxim Retik (1574) – nemis matematigi va astronomi.
– 1698 – Pyer Buger (1758) – fransuz olimi, fotometriya asoschilaridan biri.
– 1831 – Nikolay Leskov (1895) – rus nasriy yozuvchisi.
– 1834 – Gekkel Ernst (1919) – nemis biologi, Yena universiteti professori (1862 – 1909).
– 1846 – Jabayev Jambul (1945) – qozoq xalq shoiri va oqini.
– 1848 – Oktav Mirbo – (1917) – fransuz yozuvchi va dramaturgi.
– 1852 – Charlz Rassell (1916) – amerikalik voiz, Iyegova shohidlari harakatining asoschisi.
– 1873 – Radoye Domanovich (1908) – serb yozuvchisi, jurnalisti va oʻqituvchisi, oʻzining satirik qisqa hikoyalari bilan mashhur bo‘lgan.
– 1893 – Mixail Tuxachevskiy (1937) – Sovet harbiy rahbari, Sovet Ittifoqining marshali.
– 1909 – Yavorskiy Yevgeniy (1971) – O‘zbekiston xalq artisti (1952).
– 1920 – Mixail Shvaytser – sovet va rus rejissyori, ssenariy muallifi, SSSR xalq artisti.
– 1939 – Cheslav Nemen (2004) – Polshalik musiqachi, bastakor va qo’shiqchi.
– 1941 – Kim Chen Ir (2011) – koreyalik siyosatchi va davlat arbobi, KXDR rahbari (1994-2011).
– 1964 – Babeto – braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (1994).
– 1975 – Rustam Rahimov – asli tojikistonlik bo‘lgan germaniyalik havaskor bokschi.
– 1989 – Elizabet Cheyz Olsen – amerikalik aktrisa.
– 1995 – Isroil Madrimov – boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori.
– 1998 – Karles Peres – ispaniyalik futbolchi.