17-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Global turizm barqarorligi kuni.
🌏 Butunjahon pangolin kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇮🇹 Italiya, 🇵🇱 Polsha – Milliy mushuklar kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy karam kuni.
🇱🇧 Liviya – Inqilob kuni.
🇽🇰 Kosovo – Mustaqillik kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1370 – Rudaudagi jang.
– 1600 – Jordano Bruno Rimda gulxanda yoqildi.
– 1720 – Ispaniya va To’rtlar ittifoqi mamlakatlari o’rtasida Gaaga shartnomasi imzolanib, To’rtlar ittifoqi urushini tugatdi.
– 1776 – Qoʻshma Shtatlarda ilk bor tabiiy gaz orqali ommaviy yoritish Baltimor shahrida boshlandi.
– 1814 – Napoleon I Morman jangida graf Palen qo’mondonligi ostida rus qo’shinini mag’lub etdi.
– 1852 – Ermitaj keng ommaga ochildi.
– 1854 – Buyuk Britaniya Oranj Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
– 1855 – Qrim urushi: Rossiya qo’shinlari Yevpatoriyaga muvaffaqiyatsiz hujumni amalga oshirdilar.
– 1859 – Kochin kampaniyasi paytida, ikki kunlik qamaldan so’ng, fransuz-ispan qo’shinlari Saygonni egallab olishdi.
– 1863 – Jenevada Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topdi.
– 1878 – AQSHning San-Fransisko shahrida ilk bor 18 ta telefondan iborat telefon tarmogʻi ishga tushirildi.
– 1880 – Aleksandr II ga beshinchi muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi.
– 1938 – Londonda shotlandiyalik Jon Berd rangli televizorni ommaga namoyish qildi.
– 1947 – “Amerika Ovozi” radiostansiyasi rus tilida eshittirishni boshladi.
– 1956 – Clare D’Assisi televideniye afsonasi deb taʼriflandi.
– 1959 – Ilk bor ob-havoni kuzatuvchi “Vankard-2” sunʼiy yoʻldoshi uchirildi.
– 1972 – Britaniya Parlamenti Yevropaning umumiy bozoriga qoʻshilish uchun ovoz berdi.
– 1979 – Xitoy-Vyetnam urushi boshlandi.
– 1983 – Ada dasturlash tilining “tug’ilgan kuni”.
– 1993 – Rossiya Gazprom aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
– 1996 – Indoneziyaning Irian Jaya mintaqasida 8.2 balli zilzila yuz berishi natijasida 108 kishi halok boʻldi va yuzlab odamlar yaralandi.
– 2008 – Kosova Serbiyadan ajrab, mustaqil boʻlganini eʼlon qildi.
– 2011 – Liviyada Liviya inqilobi rahbari va jamahiriya boshlig’i Muammar Qazzofiy hokimiyatiga karshi norozilik chiqishlari boshlandi.
– 2011 – Bahrayndagi Al-Xalifa xavfsizlik kuchlari Luʼlua maydoniga yigʻilgan namoyishchilarni majburiy ravishda tarqatib yubordi. Bu hodisada 4 kishi halok boʻldi va 250 kishi tan jarohati oldi.
– 2012 – Germaniya prezidenti Kristian Volf prezidentlik lavozimni egallashdan oldin moliya janjaliga aloqadorligi sababli lavozimidan isteʼfoga chiqdi.