17-iyunda kimlar tug’ilgan va kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

17-iyunda kimlar tug’ilgan va kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Butunjahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon tozalov xodimlari kuni.
🌏 Butunjahon karate kuni.
🌎 Butunjahon jonglyorlik kuni.
🌏 Xalqaro syorfing kuni.
🌏 Xalqaro timsohlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇬🇹 Gvatemala, 🇸🇻 Salvador – Otalar kuni.
🇵🇹 Portugaliya ‐ Oʻrmon yongʻinlari qurbonlarini xotirlash milliy kuni.
🇱🇻 Latviya – Latviya Respublikasi bosib olingan kun.
🇦🇿 Ozarbayjon – Tibbiyot xodimlari kuni.
🇹🇩 Ruminiya – Milliy aviatsiya kuni.
🇮🇸 Islandiya ‐ Milliy kun(Mustaqillik kuni).

👉 VOQEALAR:

– 1462 – Vlad Zepesh Mehmed II Fotih lageriga hujum qildi.
– 1596 – Barens Billem  Shpitsbergenga keldi.
– 1789 – Fransiyada General Shtatlarning uchinchi toifa deputatlari o’zlarini Milliy Majlis deb e’lon qilishdi.
– 1863 – Eldi jangi.
-1866 – Avstriya Prussiyaga  urush eʼlon qildi.
– 1885 – Ozodlik haykali  Nyu-Yorkka olib kelindi.
– 1898 – AQSh Senati Gavayini qo’shib olishga rozi bo’ldi.
– 1925 – Jenevada zaharli, asfiksiyant va boshqa shu kabi gazlar va biologik mahsulotlardan urushda foydalanishni taqiqlash to’g’risidagi Protokol imzolandi.
– 1930 – Stalingrad traktor zavodining konveyeridan birinchi traktor chiqib ketdi.
– 1940 – Latviya va Estoniyaga sovet qo‘shinlari bostirib kirdi.
– 1940 – „Lankastriya“ kemasi 4000 nafar yoʻlovchilari bilan choʻktirib yuborildi.
– 1940 – Gorkiy viloyati Meshera qishlog‘ida XVI-XVII asrga oid kumush tangalar yomg‘iri yog‘di.
– 1944 – Islandiya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
– 1950 – Chikagolik jarroh Richard Louler dunyoda birinchi marta insonga buyrakni ko‘chirib o‘tkazishsh amaliyotini bajardi.
– 1953 – GDR hukumatiga qarshi namoyishlar boʻldi.
– 1967 – Xitoyda birinchi vodorod bombasi sinovdan o‘tkazildi.
– 1970 – Edvin Lend “Polaroid” kamerasiga patent oldi.
– 1972 – AQShda Uotergeyt ishi avj oldi.
– 1988 – “Microsoft” MS DOS 4.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi.
– 1992 – Rossiya prezidenti Boris Elsin AQSh Kongressida nutq so‘zladi.
– 2000 – Moskvada Buyuk Britaniya elchixonasining yangi binosi tantanali ravishda ochildi.
– 2015 – Charlstondagi otishma, 9 kishi halok bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1239 – Eduard I Uzunoyoq (1307) – Angliya qiroli (1272-1307).
– 1609 – Faustino Bokki (1741) – italyan rassomi.
– 1714 – Sezar Fransua Kassini (1784) – fransuz astronomi va geodezisti.
– 1811 – Youn Sigurdsson (1879) – islandiyalik olim, milliy ozodlik harakatining rahbari.
– 1818 – Sharl Guno (1893) – fransuz bastakori, dirijyor, pedagog, organchi.
– 1856 – Frans Rubo (1928) – rossiyalik rassom.
– 1912 – Zunnun Qodiriy (1989) – uyg’ur yozuvchisi, dramaturg, yangi davr uyg’ur adabiyoti asoschisi.
– 1920 – Setsuko Hara (1998) – yaponiyalik aktrisa.
– 1920 – Fransua Jakob (2013) – fransuz mikrobiologi, genetigi, Nobel mukofoti sohibi (1965).
– 1929 – Tigran Petrosyan (1924) – sovet shaxmatchisi, 9-jahon chempioni.
– 1946 – Javlon Umarbekov – rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Oʻzbekiston xalq rassomi (1989), Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi (1982).
– 1961 – Bryn Jones (1999) – Britaniyalik Muslimgauze taxallusi bilan tanilgan musiqachi.
– 1964 – Mixael Gross – nemis suzish ustasi, uch karra olimpiada chempioni.
– 1978 – Izabel Delobel – muz ustida raqs tushuvchi fransuz muz raqqosi, Jahon (2008) va Yevropa (2007) chempioni, Gran-pri finali chempioni (2008).
– 1980 – Vinus Uilyams – amerikalik tennischi, Katta dubulg‘a turnirining ko‘p karra g‘olibi.
– 1985 – Ayshegul Koshkun – turk qoʻshiqchisi, aktrisasi va shoirasi.
– 1988 – Stefani Rays – avstraliyalik suzish ustasi, uch karra olimpiada chempioni.
– 1996 – Bekmurod Oltiboyev – oʻzbek dzyudochisi, 100 kgdan ortiq vazn toifasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
– 2000 – Odessa Aʼzion – amerikalik aktrisa.
– 2002 – Shohjahon Abdullayev – oʻzbek havaskor va professional bokschisi.
– 2010 – Cristiano Ronaldo Jr – Krishtianu Ronalduning o‘gli.

(Visited 53 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz