17-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT – Butunjahon telekommunikatsiya va axborot jamiyati kuni.
🌏 Xalqaro virtual yordamchilar kuni.
🌏 Xalqaro bolalar ishonch telefoni kuni.
🌏 Arterial gipertoniyaga qarshi kurash kuni.
🌏 Neyrofibromatoz haqida xabardorlik kuni.
🔷 MILLIY BAYRAMLAR:
🇳🇴 Norvegiya – Bolalar kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Kitoblar kuni.
🇪🇸 Ispaniya – Galisiya adabiyoti kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar kuni.
🇦🇹 Latviya – O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kuni.
🇦🇷 Argentina – Dengiz kuchlari kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy mudofaa transporti kuni.
🇳🇷 Nauru – Konstitutsiya kuni.
🇨🇩 Kongo – Ozodlik kuni.
🇳🇴 Norvegiya – Konstitutsiya kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1497 – Vasko da Gama Hindiston qirg‘oqlariga yetib bordi.
– 1642 – Monrealga asos solindi.
– 1656 – Rossiya Shvetsiyaga urush e’lon qildi.
– 1718 – Ingliz ixtirochisi Jyeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyotga patent oldi.
– 1792 – Nyu York fond birjasi tashkil topdi.
– 1809 – Napoleon I Fransiyaga Papalar viloyatini qoʻshib oldi.
– 1814 – Norvegiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi.
– 1865 – Xalqaro elektr aloqalari ittifoqiga asos solindi.
– 1885 – Germaniya Shimoliy Yangi Gvineya va Bismark arxipelagini qo’shib oldi.
– 1898 – Andijon qo‘zg‘oloni boshlandi.
– 1900 – Angliya-Bur urushi: Mafeking qamali tugadi.
– 1902 – Arxeolog V. Stais bronza mexanizmlar topdi.
– 1928 – Amsterdam shahrida IX Olimpiya o‘yinlariga start berildi.
– 1933 – Germaniyada ish tashlashlar taqiqlandi.
– 1940 – fashist qo’shinlari Belgiya poytaxti Bryusselni egallab olishdi.
– 1954 – AQSh Oliy sudi maktablarda irqiy ajratishni noqonuniy deb topdi.
– 1959 – Kubada yerni dehqonlarga bo‘lib berish e’lon qilindi.
– 1983 – Isroil va Livan tinchlik shartnomasini imzolashdi.
– 1990 – 17-maydan 18-mayga o‘tar kechasi “Sterlitamak meteoriti” Sterlitamak shahridan 20 km g‘arbda qulab tushdi.
– 1996 – O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi.
– 1999 – Toshkent-Samarqand yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
– 2000 – Rossiya Davlat Dumasi Mixail Kasyanovni Ministrlar Soveti raisi lavozimiga tasdiqladi.
– 2006 – Saudiya Arabistoni hamda Quvayt davlatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi” asrining arab tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
– 2009 – dunyodagi eng mashhur o‘yinlardan biriga aylangan “Minecraft” kompyuter o’yinining birinchi sinov versiyasi chiqarildi.
– 2021 – Galapagos orollarida (Ekvador) tabiiy eroziya tufayli “Darvin arkasi” qulab tushdi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1490 – Albrext (1568) – Tevton ordeni so’nggi buyuk magistri, Prussiyaning birinchi gersogi (1525-1568).
– 1749 – Eduard Jyenner (1823) – Ingliz xirurgi, chechak kasalligiga qarshi vaksinani yaratgan.
– 1830 – Vladimir Mejov (1894) – taniqli bibliograf, “Turkiston to‘plami” ko‘rsatkichi tuzuvchisi.
– 1842 – Avgust Tissen (1926) – nemis sanoatchisi, konsern asoschisi.
– 1866 – Nikolay Baxtin (1940) – rus shoiri, tarjimon, adabiyotshunos, pedagog.
– 1886 – Alfonso XIII (1941) – Ispaniya qiroli (1886—1931), hozirgi qirol Xuan Karlos I ning bobosi.
– 1897 – Odd Hassel (1981) – norvegiyalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1969).
– 1900 – Nikolay Karaxan (1970) – O‘zbekiston xalq rassomi.
– 1936 – Dennis Xopper (2010) – amerikalik aktyor va rejissyor.
– 1947 – Halima Xudoyberdiyeva – shoira, publisist, jurnalist va tarjimon, O‘zbekiston Xalq shoiri (1992).
– 1951 – Azimjon Asqarov (2020) – qirgʻizistonlik oʻzbek siyosiy faoli va jurnalist.
– 1953 – Qosim-Jomart Tokaev – Qozog’iston Prezidenti (2019-yildan).
– 1973 – Uchqun Tillayev – aktyor, O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.
– 1983 – Ilhomjon Suyunov – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Paxtakor klubi futbolchisi.
– 1991 – Ge Misha – xalqaro toifadagi sport ustasi, 2010-yildan muzda nafis uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.