18-fevralda kimlar tug’ilgan?

18-fevralda kimlar tug’ilgan?

– 1201 – Nasir ad-Din Tusiy (1274) – fors matematigi va astronomi.
– 1404 – Leon Battista Alberti (1472) – italiyalik gumanist, yozuvchi, olim.
– 1745 – Alessandro Volta (1827) – italyan fizigi va fiziologi, elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan.
– 1838 – Ernst Max (Mach) (1916) – avstriyalik faylasuf, fizik va mexanik.
– 1898 – Enzo Ferrari – italiyalik konstruktor, avtomobil kompaniyasining asoschisi
– 1921 – Oskar Feltsman (2013) – sovet va rus bastakori, Rossiya xalq artisti.
– 1932 – Toni Morrison (2019) – amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1993).
– 1933 – Yoko Ono Lennon – yaponiyalik va amerikalik rassom, qo’shiqchi, Jon Lennonning bevasi.
– 1938 – Ishtvan Sabo – vengriyalik kinorejissyor, ssenariynavis va yozuvchi.
– 1940 – Husan Amirqulov – O‘zbekiston xalq artisti (1997), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).
– 1950 – Mirmahmud Rahmatov – ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2002).
– 1952 – Aleksandr Barikin – sovet va rus qo’shiqchisi, bastakor, gitarachi.
– 1953 – Arkadiy Ukupnik – rus bastakori, pop qo’shiqchisi va prodyuseri, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
– 1954 – Jon Travolta – amerikalik aktyor, raqqos va qo’shiqchi.
– 1970 – Yosir ibn Usmon al-Rumayyan – Saudiyalik boʻlgan tadbirkor, Suveren investitsiya fondi (SIF) boshqaruvchisi, Nyukasl Yunayted futbol klubi (Angliya) va Saudiya Aramco kompaniyasi raisi.
– 1974 – Yevgeniy Kafelnikov – rossiyalik tennischi, olimpiya chempioni (2000).
– 1975 – Igor Dodon – moldaviyalik siyosiy arbob, Moldaviya prezidenti (2016-2020).
– 1993 – Daniel Yul – shveytsariyalik tog’ chang’isichi, Olimpiya va jahon chempioni.

(Visited 9 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim