18-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Batareya kuni.
🌏 Pluton sayyorasi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇮🇶 Iroq – Kurd talabalari ittifoqi kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
🇸🇱 Syerra-Leone – Qurolli kuchlar kuni.
🇬🇲 Gambiya – Mustaqillik kuni.
🇳🇵 Nepal – Demokratiya kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1268 – Rakovor jangi, bunda Tevton ordeni Durba jangidan keyingi eng katta mag’lubiyatga uchradi.
– 1405 – Amir Temur Xitoyga yurishi vaqtida O’tror shahrida vafot etdi.
– 1762 – Pyotr III qiynoqlarni bekor qildi.
– 1814 – Montro jangi.
– 1861 – Viktor Emmanuil II Italiya qiroli boʻldi.
– 1861 – Jefferson Devisning Amerika Konfederativ shtatlari prezidenti sifatida inauguratsiyasi.
– 1885 – Mark Tvenning «Gekelberi Fin sarguzashtlari» asari nashr etildi.
– 1911 – Pomirda koʻl hosil boʻldi.
– 1911 – Hindistonda tarixda birinchi aviapochta parvozi amalga oshirildi.
– 1913 – Frederik Soddi “izotop“ atamasini taklif qildi.
-1918 – Moskvada Kiyev vokzali ishga tushdi.
– 1921 – Armanistonda qoʻzgʻolon koʻtarilib, Sovet hukumati agʻdarib, muvaqqat hukumat tuzildi.
– 1923 – “Mushtum”ning 1-soni (“Turkiston” gazetasiga ilova) 3 ming nusxada chop etilgan.
– 1929 – “Oskar” mukofoti birinchi sohiblariga topshirildi.
– 1930 – Klayd Tombo Quyosh sistemasidagi 9-sayyora – Plutonni kashf qildi.
– 1960 – Skvo-Vellida VIII qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
– 1965 – Gambiya mustaqillikka erishdi.
– 1978 – Triatlon bo’yicha birinchi musobaqa bo’lib o’tdi, keyinchalik u Ironmanga aylandi.
– 1979 – Sahroi Kabirda qor yogʻdi.
– 1992 – Oʻzbekiston va Birlashgan Qirollik o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
– 1995 – Toshkentda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
– 2003 – Janubiy Koreyaning Tegu shahrida yongʻin sodir boʻldi.
– 2004 – Nishopur (Eron) yaqinida xavfli yuklar bo’lgan poezdning portlashi. 300 ga yaqin odam halok bo’ldi, besh yuzga yaqin odam yaralandi.
– 2014 – Kiyevdagi Nezalejnost Maydonidagi vaziyatning keskin yomonlashishi, bu uch kun ichida 80 ga yaqin odamning o’limiga olib keldi.
– 2015 – Debaltseve uchun janglarning tugashi, shahar ustidan DXRning nazorati o’rnatilishi.