20-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

20-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Xitoy tili kuni.
🌏 Butunjahon sirk kuni.
🌏 Butunjahon yetimlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya – Milliy iste’molchilar kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Dushanbe shahri kuni.
🇺🇦 Ukraina – Atrof-muhit kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Pochta xizmati xodimlari kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Adliya organlari xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya — Donorlar kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1410 – Qizilravot mavzeyida Mirzo Ulug‘bek va Shayx Nuriddin boshchiligidagi ittifoqchilar qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.
– 1534 – Fransuz tadqiqotchisi Jak Kartyening Kanadaga birinchi ekspeditsiyasi boshlandi.
– 1653 – Oliver Kromvel Angliyada parlamentni tarqatib yubordi.
– 1656 – Rossiyada kumush pullar o‘rniga mis pullar paydo bo‘ldi.
– 1770 – Jeyms Kuk Yangi Janubiy Uelsni kashf qildi (Janubi-Sharqiy Avstraliya).
– 1794 – Parijda sobiq mer, astronom Jan de Saron gilotinada o‘ldirildi.
– 1809 – Avstriya qo‘shinlarining Abensberg yonidagi jangda Napoleon armiyasi tomonidan tor-mor qilinishi.
– 1832 – Peterburglik akusher Andrey Volf ilk bor Rossiyada qon quyishga muvaffaq bo‘ldi. Qon yo‘qotgan ayolga uning eri donorlik qildi.
– 1841 – Dunyodagi birinchi detektiv hikoya nashr etildi.
– 1862 – Lui Paster va Klod Bernar sterilizatsiya amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi.
– 1865 – Xavfsiz gugurtlar paydo bo‘ldi.
– 1901 – Moskva konservatotiyasi Bolshoy zalining tantali ochilishi.
– 1902 – Er-xotin Pyer va Mariya Kyurelar sof radiyni olishga muvaffaq bo‘lishdi.
– 1910 – Galiley kometasi Yerga juda yaqin keldi.
– 1920 – Belgiyada VII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
– 1924 – Turkiya Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1934 – “Chelyuskin” paroxodi ekipajini qutqarishgan yettita uchuvchiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
– 1940 – AQShda birinchi elektron mikroskop namoyish etildi.
– 1942 – Ulug‘ Vatan urushidagi Moskva jangi tugadi.
– 1949 – Xalqaro voleybol federatsiyasi tashkil etildi.
– 1982 – Navoiy viloyati tashkil topdi.
– 1990 – Chexoslovakiyaning nomi Chexo-Slovakiya deb o‘zgartirildi.
– 1994 – MDH davlatlarining Toshkentdagi yig’ilishida “Kollektiv xavfsizlik to’g’risida” gi shartnoma imzolandi.
– 1999 – “Columbine” maktabidagi ommaviy qotillik.
– 2001 – Ingliz pop musiqasi tarixida birinchi marta musiqachi Pol Makkartni milliarder bo‘ldi.
– 2010 – Meksika ko’rfazida Deepwater Horizon neft platformasining portlashi sababli katta ekologik falokat yuz berdi.

 

👉 TAVALLUDLAR:

– 1633 – Imperator Go-Komyo (1654) – Yaponiyaning 110-imperatori (1643-1654).
– 1650 – Feliche Bozilli (1732) – italyan rassomi.
– 1808 – Napoleon III (1873) – Fransiya imperatori (1852-1870).
– 1889 – Adolf Gitler (1945) – 3-reyx rahbari.
– 1911 – Ahad Haydarov (1971) – xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968).
– 1918 – Kay Sigban (2007) – shved fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
– 1923 – Oʻrozgul Davletova – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1969).
– 1927 – Myuller Karl Aleksander – shveysariyalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1987).
– 1939 – Tuygʻun Shorahimov – teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston (1973) va Oʻzbekiston (1983)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
– 1947 – Mark Fisher (2013) – taniqli ingliz me’mori.
– 1947 – Vyacheslav Gvozdkov – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950).
– 1949 – Jessica Lange – amerikalik kinoaktrisa.
– 1951 – Lyuter Vandross (2005) – xonanda, 8 karra Gremmi mukofoti sovrindori.
– 1954 – Dadaxon Yoqubov – jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1990).
– 1958 – Vyacheslav Fetisov – Sovet va rus xokkeychisi, davlat arbobi.
– 1962 – Sigyurdyur Ingi Jouxannsson – Islandiyalik siyosatchi, Islandiya Bosh vaziri.(2016-2017).
– 1964 – Andrey Klement Serkis – buyuk britaniyalik aktyor, rejissor, produser va hikoyanavis.
– 1969 – Feliks Baumgartner – avstriyalik parashutchi, bir qator jahon rekordlarini oʻrnatgan.
– 1960 – Miguel Mario Díaz-Canel Bermúdez – Kubaning 19-chi va amaldagi prezidenti
– 1972 – Karmen Elektra – amerikalik kinoaktrisa, model, qo‘shiqchi, raqqosa
– 1972 – Svetlana Ishmurodova – rossiyalik biatlonchi, ikki marta Olimpiada, besh marta Jahon chempioni

(Visited 47 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz