21-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

21-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Butunjahon ijod va innovatsiyalar kuni.
🌏 Butunjahon Katta uzunburun kuni.
🌏 Xalqaro kanop kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy bolalar bog’chasi kuni.
🇮🇹 Italiya — Rimga asos solingan kun.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Milliy choy kuni.
🇻🇳 Vyetnam – Kitob kuni.
🇵🇭 Filippin – Kalamba shahri kuni.
🇰🇵 KXDR – Kan Pan Sokning tug‘ilgan kuni.
🇷🇺 Rossiya – Mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari kuni.
🇰🇪 Keniya – Daraxt ekish kuni.
🇲🇽 Meksika – Verakrusning qahramonlik mudofaasi.
🇹🇯 Tojikiston – Ilm-fan kuni.
🇮🇳 Hindiston – Davlat xizmati kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston – Davlat xavfsizlik xizmati kuni.
🇧🇷 Braziliya — Tiradentes kuni.  1792-yili portugallar Braziliya mustaqilligi uchun kurashgan Tiradentesni qatl etishgan.

👉 VOQEALAR:

– mil. av. 753 – Shu kuni Romul Rimga asos solgan deb hisoblashadi.
– 1408 – Amir Temurning o‘g‘li, g‘arbda katolik dinining homiysi sifatida nom qozongan Mironshoh halok bo‘ldi.
– 1519 – Ispan konkistadori Ernan Kortes kemasi Meksika qirg‘og‘iga langar tashladi.
– 1526 – Panipatdagi birinchi jang. Bobur qo‘shini Ibrohim Lo‘diy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
– 1782 – Qirol Buddxa Yodfa Chulalok Siam (Tayland)ning yangi poytaxtiga asos soldi. U bizga Bangkok nomi bilan tanish.
– 1809 – Landsxut jangi. Napoleon Bonapart boshchiligidagi 77 ming kishilik fransuz qo‘shini 36 ming askarga ega Avstriya armiyasini tor-mor etgan.
– 1863 – London metrosi ochildi.
– 1898 – Ispaniya-Amerika urushi boshlandi. AQSh floti Kuba portlarini qamal qilishni boshladi.
– 1918 – Sovet hukumati Ichki Rossiya va Sibir musulmonlari milliy parlamentini (Milliy majlis) tarqatib yubordi.
– 1926 – Qirg’iziston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topidi.
– 1938 – Musulmon ligasi prezidenti, shoir Muhammad Iqbol olamdan o‘tgan. Iqbol Pokistonning ma’naviy otasi sanaladi.
– 1944 – Fransiyada ayollar saylovda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
– 1960 – Brazilia Braziliyaning yangi poytaxtiga aylandi. Bungacha Rio-de-Janeyro poytaxt edi.
– 1964 – Britaniyaning «BBC 2» televizion kanali translyasiyasi boshlandi.
– 1967 – Gretsiyada qora polkovniklar davlat toʻntarishi uyushtirdilar.
– 1975 – Vetnam urushi: Janubiy Vetnam prezidenti Nguyen Van Txiyeu poytaxt Saygondan qochib jon saqlaydi. Shimoliy Vetnam armiyasi Janubiy Vetnam poytaxtini egallash yo‘lidagi so‘nggi istehkomni egalladi.
– 1983 – Buyuk Britaniyada bir funtli banknotalar bir funtli tangalarga almashtirildi.
– 1989 – Pekinda Tyananmen maydonida Xitoy hukumati rahbari Xu Yaobang o‘limiga aloqadorlikda ayblangan 100 mingga yaqin talabalar yig‘ilishdi.
– 1992 – Toshkentda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil topdi.
– 1996 – Rossiya televideniyesida ilk bor “Zerkalo” axborot-tahliliy dasturi efirga uzatila boshladi.
– 2000 – Rossiya Davlat dumasi yadroviy sinovlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
– 2019 – Shri-Lankada bir qator teraktlar.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1619 – Yan van Ribek (1677) – Keyptaunga asos solgan golland dengizchisi.
– 1782 – Fridrix Fryobel (1852) – nemis pedagogi, «bolalar bog‘chasi» ga asos solgan.
– 1816 – Sharlotta Bronte (1855) – ingliz yozuvchisi va shoirasi.
– 1830 – Jeyms Starli (1881) – angliyalik velosiped ixtirochisi.
– 1837 – Fredrik Bayer (1922) – daniyalik siyosatchi, Tinchlik byurosi asoschisi, Nobel tinchlik mukofoti sohibi.
– 1843 – Valter Flemming (1905) – nemis anatomi, sitogenetika asoschisi.
– 1864 – Maks Veber (1920) – nemis sotsiologi, zamonaviy sotsiologiya asoschilaridan biri.
– 1882 – Persi Uilyams Bridjman (1961) – amerikalik fizik va faylasuf, Nobel mukofoti sohibi (1946).
– 1889 – Karrer Paul (1971) – shveysar organik kimyogari va biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1937).
– 1915 – Entoni Kuinn (2001) – amerikalik aktyor, ikki karra «Oskar» sohibi.
– 1926 – Yelizaveta II – Buyuk Britaniya qirolichasi (1952-yildan).
– 1939 – Maryam Ixtiyorova – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
– 1951 – Maykl Fridman – amerikalik matematik.
– 1959 – Abdulla Yamin – Maldiv Respublikasi prezidenti (2013-2018).
– 1985 – Anzur Ismoilov – oʻzbek futbolchisi, ampluasi himoyachi va yarimhimoyachi.
– 1990 – Nadejda Dorofeyeva – ukrainalik qo’shiqchi, dizayner va videobloger.

(Visited 81 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim