21-martda kimlar tug’ilgan va qanday voqealar sodir bo’lgan?

21-martda kimlar tug’ilgan va qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro Navro‘z bayrami.
🇺🇳 Butunjahon she’riyat kuni.
🇺🇳 Xalqaro o’rmonlar kuni.
🇺🇳 Xalqaro irqiy kamsitishni tugatish uchun kurash kuni.
🇺🇳 Butunjahon Daun sindromi kuni.
🌏 Butunjahon yog’och kuni.
🌏 Butunjahon qo’g’irchoq teatri kuni.
🌏 Xalqaro rang kuni.
🌏 Global Tadqiqotchilar Kuni‌‌.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🌍 Arab dunyosi – Onalar kuni.
🇹🇳 Tunis – Yoshlar kuni.
🇵🇭 Filippin – Kalapan shahri tashkil etilgan kun.
🇵🇭 Filippin – San-Fabian kuni.
🇷🇴 Ruminiya – Olteniya kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qayta tiklanadigan energiya kuni.
🇧🇪 Belgiya, 🇱🇸 Lesoto, 🇵🇹 Portugaliya – Daraxt ekish kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Harmoniya kuni.
🇬🇪 Gruziya – Chegarachilar kuni.
🇸🇾 Suriya – Oʻqituvchilar kuni.
🇿🇦 JAR – Inson huquqlari kuni.
🇳🇦 Namibiya – Mustaqillik kuni.

👉 VOQEALAR:

– 630 – Vizantiya imperatori Irakliy I Iso Masih xochini forslardan qayta tortib olib, Quddusga qaytardi.
– 1098 – Robert Molemskiy Sitoda Sistersianlar ordeniga asos soldi.
– 1556 – Injilni ingliz tiliga tarjima qilgan yepiskop Tomas Krenmer Oksfordda yoqib yuborildi.
– 1666 – Kanadadagi birinchi aholini ro’yxatga olish.
– 1804 – Fransiyada Napoleon Kodeksi qabul qilindi.
– 1846 – Belgiyalik Adolf Saks saksofonni patentladi.
– 1871 – Otto fon Bismark Germaniya Kansleri etib tayinlandi.
– 1885 – Knyaz Vladimir Aleksanr III uchun Faberje jo’natdi.
– 1917 – Romanovlar imperator oilasi hibsga olindi. 1918-yil 16-iyuldan 17-iyulga o’tar kechasi hibsga olinganlarning hammasi otib tashlanadi.
– 1919 – Vengriya Sovet Respublikasi tuzilgani e’lon qilindi.
– 1933 – “Potsdam kuni”.
– 1940 – Nemis olimlari Otto Frish va Rudolf Payerls atom bombasi yaratish mumkinligi haqida bayonot berishdi.
– 1946 – Nyu-Yorkda BMTning vaqincha shtab kvartirasi tashkil etildi.
– 1963 – Alkatras qamoqxonasi yopildi.
– 1981 – AQShda linch sudining oxirgi holati qayd etildi, uning qurboni afro-amerikalik Maykl Donald edi.
– 1992 – Tataristonda referendum bo’lib o’tdi, unda aholining deyarli 2/3 qismi suveren davlat, xalqaro huquq sub’ekti maqomi uchun ovoz berdi.
– 1990 – Namibiya mustaqillikka erishdi.
– 2006 – Jek Dorsi o‘zi yaratgan “Tvitter” ijtimoiy tarmog‘idan ilk xabarni jo‘natdi.
– 2014 – Federatsiya Kengashi Qrimni Rossiyaga qabul qilish haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi.
– 2014 – Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya shartnomasini imzoladi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1685 – Iogann Sebastyan Bax (1750) – buyuk nemis kompozitori, mash’hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi.
– 1768 – Jan-Baptist Jozef Fyur (1830) – fransuz matematigi va fizigi.
– 1813 – Timofey Granovskiy (1855) – rus tarixchisi – o’rta asrshunos.
– 1825 – Aleksandr Mojayskiy – Rossiya harbiy rahbari, Orqa admiral, aviatsiya kashshofi
– 1839 – Musorgskiy (1881) – rus bastakori.
– 1851 – Ismoilbek Gasprinskiy (1914) – Jadidchilik harakatining asoschisi.
– 1922 – Nazokat Neʼmatova (2002) – Oʻzbekiston xalq artisti (1950).
– 1932 – Uolter Gilbert – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1980).
– 1941 – Abdulla Oripov (2016) – atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni.
– 1943 – Revo Petrov – harbiy dirijyor, kompozitor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977).
– 1950 – Sergey Lavrov – 2004-yildan Rossiya Tashqi ishlar vaziri, Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi.
– 1955 – Jair Messias Bolsonaro – Braziliyaning 38-chi va amaldagi Prezidenti.
– 1958 – Gary Leonard Oldman – britaniyalik kinoaktyor va kinorejissyor.
– 1960 – Ayrton Senna – Braziliya poyga haydovchisi, Formula-1 klassidagi poyga bo’yicha uch karra jahon chempioni.
– 1978 – Rani Mukerji – Hindistonlik Bollywood aktrisasi
– 1980 – Marit Borgen – norvegiyalik chang’ichi, 8 karra Olimpiya chempioni.
– 1980 – Ronaldinyo – braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (2002).
– 1991 – Antuan Grizmann – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018 yil).
– 1992 – Karolina Pliskova – chexiyalik tennischi, dunyoning sobiq 1-raqamli tennischisi
– 1994 – Matkarimova Ruxshona – oʻzbek qoʻshiqchisi, aktrisasi va teleboshlovchisi.

(Visited 39 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz