21-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

21-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT  – Xalqaro rivojlanish va kelishuvga bag‘ishlangan madaniy rang-baranglik kuni.
🇺🇳 BMT – Xalqaro choy kuni.
🌏 Butunjahon meditatsiya kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston –  Kutubxonachilar kuni.
🇭🇺 Vengriya – Vatanparvarlar va harbiylar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Qutb tadqiqotchilari kuni.
🇵🇭 Filippin – Malabon kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy ofitsiantlar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Madaniyat va san’at xodimlari kuni.
🇨🇴 Kolumbiya – Afro-Kolumbiya kuni.
🇲🇪 Chernogoriya – Mustaqillik kuni.
🇨🇱 Chili – Harbiy dengiz floti kuni.
🇮🇳 Hindiston – Terrorizmga qarshi kurash kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1091 – Rus davlatida quyosh tutilishi ilk bor qayd etildi.
– 1502 – ispan dengizchisi Juan da Nova Atlantika okeani janubida Muqaddas Yelena orolini kashf qildi.
– 1635 – Fransiya O‘ttiz yillik urushga kirishdi (1618 – 1648-yillar).
– 1662 – Angliya qiroli Karl II Portugaliya malikasi Katarina Bragansa bilan turmush qurdi.
– 1712 – Pyotr I Rossiya poytaxtini Moskvadan Sankt-Peterburgga ko‘chirdi.
– 1792 – Yaponiyaning Kyusyu orolida Undzen vulqoni otildi; 15 ming kishi nobud bo‘ldi.
– 1840 – Yangi Zelandiya britan mustamlakasiga aylandi.
– 1851 – Avstraliyada birinchi oltin topildi.
– 1904 – Parijda FIFA – Xalqaro futbol federatsiyasiga asos solindi.
– 1927 – Charlz Lindberg Atlantika okeani ustidan uchib o’tdi.
– 1945 – Suriya va Livan Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi.
– 1956 – AQSh birinchi vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
– 1969 – «An-26» transport samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
– 1972 – Laslo Tot Mikelanjeloning „Pyeta“ asariga bolgʻa bilan urdi.
– 1982 – Folklend urushi: Buyuk Britaniya Folklend orollariga dengiz desantini tushirishni boshladi.
– 1995 – Oʻtkir Sultonov  Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tayinlandi.
– 2006 – Serbiya va  Chernogoriya Respubli­kasi ikki mustaqil  davlatga ajralib ketdi.  Chernogoriya Respublikasi va Serbiya Respublikasi tashkil topdi.
– 2006 – Chernogoriyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1471 – Albrext Dyurer (1528) – nemis musavviri va matematigi.
– 1527 – Filipp II Gabsburg (1598) – Ispaniya (1556-yildan) va Portugaliya(1580-1598)  qiroli.
– 1799 – Meri Enning (1847) – britaniyalik havaskor paleontolog.
– 1843 – Charlz Albert Goba (1914) – Shveytsariyalik advokat va siyosatchi, Nobel mukofoti sohibi (1902.
– 1843 – Lui Reno (1918) – Fransuz huquqshunosi, o’qituvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1907).
– 1851 – Leon Burjua (1925) – fransuz siyosatchisi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
– 1860 – Villem Eyntxoven (1927) – golland fiziologi, elektrokardiogramma mexanizmlarini kashf qilgan, Nobel mukofoti sohibi (1924).
– 1878 – Glend Hammond (1930) – amerikalik aviatsiya kashshoflaridan, gidroplanni ixtiro qilgan.
– 1921 – Andrey Saxarov (1989) – taniqli fizik va jamoat arbobi, Nobel mukofoti sohibi (1975).
– 1927 – Orif Alimahsumov (2005) – xonanda va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti, ustoz-murabbiy.
– 1934 – Bengt Ingemar Samuelsson – shved biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1982).
– 1955 – Sergey Shoygu – Rossiya harbiy arbobi, amaldagi mudofaa vaziri.
– 1960 – Vladimir Salnikov – sovet suzish ustasi, 4 karra olimpiya va ko‘p karra jahon chempioni.
– 1963 – Oxunjon Madaliyev (2000) – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
– 1974 – Fayruza Balk – amerikalik aktrisa.
– 1990 – Tiril Ekxof – norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni.

(Visited 52 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim