22-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

22-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni.
🌏 Sherlok Xolms kuni.
🌏 Tish pastasi tyubigining tug‘ilgan kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇱🇰 Shri-Lanka – Respublika kuni.
🇬🇹 Gvatemala, 🇪🇨 Ekvador – Daraxt ekish kuni.
🇧🇷 Braziliya – Braziliya havo kuchlarining yubileyi.
🇺🇸 AQSh – Milliy dengiz kuni.
🇾🇪 Yaman – Birlik kuni.
🇲🇶 Martinika – Qullikni bekor qilish kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Skaut qizlar kuni.

👉 VOQEALAR:

– 853 – Olaf Oq, Norvegiya qirolining o’g’li, Irlandiyadagi Vikinglar va Daniyaliklarni buysundirdi va Dublinni poytaxt qildi.
– 1455 – Sent-Olbans yonidagi birinchi jang bilan Qizil va Oq atigullar urushi boshlandi.
– 1621 – Gugo Grotsiy Luvesteyn qasridan  qochdi.
– 1762 – Rimda Trevi  fontanining qurilishi tugadi. 1844 – Bobiylik asoslari musulmonlar orasida tarqatilishi boshlandi.
– 1846 – Nyu-Yorkda “Associated Press” informatsion agentligi tashkil topdi.
– 1849 – Avraam Linkoln suzuvchi dokning dizayni uchun 6469-sonli patent oldi.
– 1856 – Moskvada Tretyakov galeriyasiga asos solindi.
– 1892 – Doktor Vashington Sheffild tish pastasi idishi(tyubik)ga patent oldi.
– 1906 – Aka-uka Raytlar o‘zlarining uchish apparatiga patent olishdi.
– 1911 – Parijda Xalqaro  kinologiya federatsiyasi tashkil topdi.
– 1911 – Sankt-Peterburgda dunyodagi birinchi televizion ko‘rsatuv amalga oshirildi.
– 1939 – Adolf Gitler va Benito Mussolini o’rtasida «Temir pakt» imzolandi.
– 1940 – SSSRda Sotsialistik Mehnat Qahramoni nishoni – “O’roq va bolg’a” medali ta’sis etildi, u 16 mingdan ortiq kishiga topshirildi.
– 1960 – Chili zilzilasi, insoniyat tarixidagi eng dahshatli zilzila.
– 1972 – Richard Nikson Moskvaga keldi.
– 1972 – Seylon yangi konstitutsiya qabul qildi va davlat Shri-Lanka Respublikasiga aylantirildi.
-1980 – Pac-Man kompyuter o’yinining rasmiy ilk relizi.
– 1990 – Microsoft kompaniyasida Windows 3.0 ning relizi bo‘lib o‘tdi.
– 1990 – Uzoq yillik qarama-qarshiliklardan so’ng Shimoliy va Janubiy Yaman yagona Yaman Respublikasiga birlashdi.
– 1998 – O’zbek alpinistlaridan birinchi bo’lib Rustam Rajapov Jomolungma tog’ining eng baland cho’qqisini zabt etib, u yerda O’zbekiston bayrog’ini o’rnatdi.
– 2007 – Turkiyada Anqaraning tarixiy markazida terroristik harakat sodir etildi. Bir necha kishi halok bo‘ldi.
– 2010 – Mangalurda (Hindiston) Boeing 737 halokati. 158 kishi halok bo‘ldi.
– 2014 – Tailandda harbiy to‘ntarish.
– 2017 – Manchesterda portlash.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1813 – Vilgelm Rixard Vagner (1883) – nemis opera bastakori, dirijyor, dramaturg, faylasuf, inqilobchi.
– 1859 – Artur Konan Doyl (1930) – atoqli ingliz adibi.
– 1912 – Gerbert Charlz Braun (2004) – amerikalik ximik-organik, Nobel mukofoti sohibi (1979).
– 1914 – Nikolay Makarov (1988) – Sovet qurol-yarog’ konstruktori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
– 1920 – Tomas Gold (2004) – amerikalik astronom, statsionar koinot nazariyasi mualliflaridan biri.
– 1924 – Sharl Aznavur (2018) – Fransuz aktyori va qo‘shiqchisi.
– 1927 – Jorj Ola (2017) – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1994).
– 1943 – Betti Uilyams – Tinch odamlar hamjamiyatining asoschisi, Nobel mukofoti sohibasi (1976).
– 1946 – Jorj Best (2005) – Afsonaviy irland futbolchisi.
– 1963 – Mirza Azizov (2021) – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor.
– 1969 – Hotamjon Ketmonov – ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
– 1970 – Naomi Kempbell – ingliz modeli va aktrisasi.
– 1980 – Aleksandr Doktarashvili – sportchi, yunon-rum kurashi boʻyicha olimpiada oʻyinlari chempioni (2004, Afina), “Oʻzbekiston iftixori” (2004).
– 1986 – Tatyana Volosajar – rossiyalik figurali uchish ustasi, ikki karra Olimpiya chempioni.
– 1987 – Novak Jokovich – Serbiyalik tennis ustasi.
– 1991 – Kantin Maye – fransuz gandbolchisi, Olimpiada chempioni (2020), ikki karra jahon chempioni.

(Visited 47 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim