23-aprel kuni kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

23-aprel kuni kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 YUNESKO – Butunjahon kitoblar va mualliflik huquqi kuni.
🇺🇳 BMT – Ingliz tili kuni.
🇺🇳 BMT – Ispan tili kuni.
🌏 Butunjahon stol tennisi kuni.
🌏 Butunjahon laboratoriya kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇦 Kanada – Kitoblar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Psixologlar kuni.
🇨🇳 Xitoy – Dengiz kuchlari kuni.
🇹🇷 Turkiya – Milliy suverenitet va bolalar kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Shekspir kuni.
🇪🇪 Estoniya – Faxriylar kuni
🇨🇴 Kolumbiya – Til kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Kitoblar kuni.

👉 VOQEALAR:

– Mil. av. 215 – Rimdagi Kapitoliy tepaligida Venera ibodatxonasi qurildi.
– 1348 – Buyuk Britaniyaning oliy mukofoti – Garter ordeni ta’sis etildi.
– 1605 – Fyodor Godunov Rossiya podshosi deb e’lon qilindi.
– 1633 – Shvetsiya katoliklarga qarshi nemis knyazlari bilan Protestant ittifoqini tuzdi.
– 1662 – Konnektikut Buyuk Britaniyaning mustamlakasi deb e’lon qilindi.
– 1836 – Sankt-Peterburgda “Sovremennik” jurnalining birinchi soni nashr etildi.
– 1896 – Nyu-Yorkda Amerikada birinchi film namoyishi bo’lib o’tdi.
– 1907 – Jek London dunyo bo’ylab suzib ketdi.
– 1908 – Moskvada shahar tarixidagi eng yirik toshqinlardan biri boshlandi.
-1913 – «Akvitaniya» kemasi suvga tushirildi.
– 1931 – Moskva shahrida Munavvar qori  qatl qilingan.
– 1935 – Polshaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1948 – Birinchi Arab-Isroil urushi: Isroilliklar Hayfa dengiz portini qaytarib olishdi.
– 1951 – SSSR Olimpiya qo’mitasi tashkil etildi.
– 1964 – Taganka teatri tashkil topdi.
– 1965 – Birinchi sovet aloqa  sun’iy yo’ldoshi – “Molniya-1” kosmosga uchirildi.
– 1967 – «Soyuz-1» fazo kemasi ishga tushdi.
– 1975 – Kiyevda Ukraina kitob muzeyi ochildi.
– 1982 – ZX Spectrum kompyuteri ishlab chiqarildi.
– 1990 – Namibiya BMTning 160-a’zosi va Britaniya Hamdo’stligining 50-a’zosi bo’ldi.
– 1991 – Novo-Ogaryovodagi uchrashuv paytida SSSR Prezidenti M. Gorbachyov va 9 respublika rahbarlari yangi Ittifoq shartnomasi tamoyillari to’g’risidagi bayonotni imzoladilar.
– 1996 – Butunjahon kitob kuni e’lon qilindi.
– 2007 – Dunyoning ko’plab mamlakatlarida BMT tashabbusi bilan global yo’l harakati xavfsizligi haftaligi boshlandi.
– 2018 – Armanistondagi noroziliklar natijasida Bosh vazir Serj Sarkisyan iste’foga chiqdi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1564 – Uilyam Shekspir – ingliz dramaturgi va shoiri.
– 1775 – Uilyam Tyorner (1851) – ingliz rassomi, romantik manzara ustasi.
– 1791 – Jeyms Byukenen (1868) – AQShning 15-prezidenti (1857-1861), davlat va siyosat arbobi.
– 1804 – Mariya Taglioni (1884) – italyan balerinasi, romantizm davri baletining yirik namoyandasi.
– 1823 – Abdulmajid I (1861) – Usmonlilar imperiyasining 31-podshohi.
– 1858 – Maks Plank (1947) – nemis fizigi, kvant nazariyasining asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1918).
– 1867 – Yoxannes Fibiger (1928) – daniyalik mikrobiolog va patologanatom, Nobel mukofoti sohibi (1926).
– 1891 – Sergey Prokofyev (1953) – rus bastakori, pianinochi va dirijyor.
– 1896 – Mate Zalka (1937) – venger yozuvchisi va inqilobchisi, antifashist.
– 1899 – Bertil Olin (1979) – shved iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1977).
– 1902 – Xaldur Kiljan Laksness (1998) – Islandiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg, tarjimon, Nobel mukofoti sohibi.
– 1918 – Moris Druon (2009) – fransuz yozuvchisi va davlat arbobi.
– 1926 – Rixsiboy Orifjonov (1979) – aktyor, rejissyor, dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964).
– 1930 – Gleb Skoroxodov – sovet va rus yozuvchisi, teleboshlovchi, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
– 1930 – Laziz Qayumov- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori.
– 1946 – Anatoliy Biyshovets – futbolchi va futbol bo’yicha murabbiy, SSSRda xizmat ko’rsatgan sport ustasi.
– 1984 – Aleksandra Kosteniuk – rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster, 12-jahon chempioni.
– 2018 – Kembrij shahzodasi Lui – shahzoda Uilyamning o’g’li, qirol Charlzning nabirasi.

(Visited 48 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz