23-yanvarda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?
🔹MILLIY BAYRAMLAR:
🇵🇭 Filippin – Birinchi Filippin Respublikasi kuni.
🇹🇼 Tayvan – Butunjahon erkinlik kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qo’lyozma kuni.
🇵🇳 Pitkern orollari – “Baunti” kuni.
🇺🇸 AQSh – Pirog kuni.
🇮🇳 Hindiston – Subhas Chandra Bos kuni.
🇳🇿 Yangi Zelandiya – Vellington provinsiyasi kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1368 – Chju Yuan Chjan Min imperiyasiga asos soldi.
– 1556 – Shensi (Xitoy) zilzilasi: 830 ming odam halok bo‘ldi.
– 1579 – Utrext uniyasi tuzildi.
– 1719 – Karl VI Lixtenshteyn suverenitetini tan oldi.
– 1755 – Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna Moskvada birinchi Rossiya universitetini tashkil etish haqidagi farmonga imzo chekdi.
– 1904 – Norvegiyaning Olesunn shahri yongʻin ichida qoldi.
– 1912 – Gaagada giyohvand moddalarni nazorat qilish bo’yicha birinchi xalqaro shartnoma bo’lgan Xalqaro afyun konvensiyasi imzolandi.
– 1918 – RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining “Cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi.
– 1950 – Quddus Isroil poytaxti deb eʼlon qilindi.
– 1954 – 14000 ta Koreya urushi asirlari Tayvanga qaytdi.
– 1958 – Venesuelada Yanvar qo‘zg‘oloni.
– 1960 – Jak Pikar va Don Uolsh “Triest” batiskafida Mariana botig‘iga – 10961 metr chuqurlikka tushishdi.
– 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etildi.
– 1992 – Oʻzbekiston va Misr davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
– 1997 – “Usto” Respublika maxsus ijodiy ishlab chiqarish uyushmasi – respublika xalq amaliy san’ati ustalarining birlashmasi tashkil etildi.
– 1997 – Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
-2001 – Pekindagi xiyobonda ommaviy oʻzini yoqish.
– 2003 – NASAning Pioneer 10 avtomatik sayyoralararo stansiyasidan oxirgi signal olindi.
– 2012 – Fransiya Senati armanlar genotsidini inkor etganlik uchun jinoiy javobgarlik to’g’risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
– 2014 – Toshkentda do‘ppilar ko‘rgazmasi ochildi.
– 2019 – Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xuan Guaydo o’zini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi.
– 2021 – Hibsga olingan Aleksey Navalniyni qo’llab-quvvatlash uchun Rossiya va dunyoning ko’plab shaharlarida namoyishlar.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1598 – Mansar Fransua (1666) – fransuz me’mori, 17-asr klassisizmining dastlabki namoyandalaridan.
– 1783 – Stendal (Anri Mari Beyl) (1842) – fransuz yozuvchisi.
– 1840 – Ernst Abbe (1905) – nemis optik fizigi, astronomi va ixtirochi.
– 1862 – Gilbert David (1943) – nemis matematigi, professor (1893).
– 1870 – Uilyam Morgan (1942) – Amerikalik jismoniy tarbiya o’qituvchisi, voleybolni o’ylab topgan.
– 1873 – Prishvin Mixail (1954) – rus yozuvchisi.
– 1876 – Dils Otto Paul German (1954) – nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1950).
– 1881 – Protazanov Yakov (1945) – rejissyor, Rossiyada (1935) va O‘zbekistonda (1943) xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rus kinematografiyasi asoschilaridan.
– 1907 – Xideki Yukava (1981) – yapon fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1949).
– 1925 – Lyuis Uilyam Artur (1991) – iqtisodchi olim, Nobel mukofoti sohibi (1979).
– 1928 – Janna Moro (2017) – fransuz aktrisasi.
– 1929 – Polyani Jon Charlz – kanadalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1986).
– 1930 – Uilyam Poug – amerikalik astronavt.
– 1957 – Karolina – Monako malikasi, shahzoda Reyni III va Gollivud kino yulduzi Greys Kellining to’ng’ich qizi.
– 1969 – Andrey Kanchelskis – Rossiyalik mashhur sobiq futbolchi.
– 1974 – Berdiyev Ikrom – bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), “Oʻzbekiston iftixori” (2002).
– 1984 – Aryen Robben – niderland futbolchisi.
– 2002 – Nodirbek Yoqubboev – oʻzbekistonlik shaxmatchi, grossmeyster (2019-yil). Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2016, 2018, 2020). 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni, Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.