24-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro diplomatiyadagi ayollar kuni.
🌏 Xalqaro parilar kuni.
🌍 Xalqaro skoliozdan xabardorlik kuni.
🌏 Butunjahon tarix kuni.
🔷 MILLIY BAYRAMLAR:
🇵🇭 Filippin ‐ Manila kuni.
🇨🇦 Kanada, Kvebek – Kvebek milliy kuni.
🏴 Shotlandiya – Bannockburn kuni.
🇳🇱 Niderlandiya ‐ Faxriylar kuni.
🇫🇮 Finlyandiya ‐ Bayroq kuni.
🇵🇪 Peru ‐ Inti Raymi.
🇮🇩 Indoneziya ‐ Milliy doya kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya ‐ Qurolli Kuchlar kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇧🇾 Belarus ‐ Ixtirochilar va innovatorlar kuni.
🇻🇪 Venesuela ‐ Carabobo jangi kuni.
🇫🇮 Finlandiya, 🇸🇪 Shvetsiya ‐ O’rta yoz kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Mashinasozlik sanoati xodimlari kuni.
🇨🇴 Litva – Kupala bayrami.
👉 VOQEALAR:
– 1314 – Bennokbern yonidagi jangda shotland qo‘shini inglizlar ustidan g‘alaba qozonib o‘z mustaqilligini tikladi.
– 1497 – Nyufaundlend oroli kashf etildi.
– 1571 – Manila shahriga asos solindi.
– 1793 – Fransiyada Konstitutsiya qabul qilindi.
– 1812 – Napoleon qo‘shini Neman daryosidan kechib o‘tib Rossiyaga bostirib kirishdi.
– 1901 – Parijda 19 yoshli Pablo Pikassoning birinchi ko‘rgazmasi ochildi.
– 1916 – Mary Pickford Gollivud yulduzlari ichida eng yirik summaga shartnoma tuzdi.
– 1930 – Birinchi marta samolyotlarni aniqlash uchun radar ishlatildi.
– 1934 – Ukraina poytaxti Xarkovdan Kiyevga ko‘chirildi.
– 1945 – Moskvada Gʻalaba paradi.
– 1951 – Rangli tijorat teleko‘rsatuvlar (CBS) boshlandi.
– 1959 – Moskvada N. Xrushyov AQSh vitse prezidenti Richard Niksonga “kuzkaning onasi” ni ko‘rsatishni va’da qildi.
– 1963 – Moskvada Xalqaro ayollar kongressi ochildi.
– 1973 – Leonid Brejnev AQShga rasmiy tashrifi davomida Sovuq urush tugaganligini e’lon qildi.
– 1990 – Viktor Soyaning Kino guruhi “Lujniki” stadionida so’nggi kontsertini o‘tkazdi.
– 1992 – “Vatanparvar” gazetasining ilk soni chop etildi.
– 2010 – Avstraliyada hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari va mamlakat bosh vaziri birinchi marta ayol kishi bo’ldi – Julia Gillard.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1771 – Eleter Dyupon (1834) – fransuz sanoatchisi, DuPont kompaniyasi asoschisi va birinchi prezidenti.
– 1795 – Ernst Veber (1878) – nemis psixofiiziologi va anatomi.
– 1838 – Yan Mateyko (1893) – polyak rassomi.
– 1842 – Ambrioz Birs (1914) – amerikalik yozuvchi va jurnalist.
– 1852 – Fridrix Lyoffer (1915) – nemis bakteriologi, tibbiy mikrobiologiya asoschilaridan biri.
– 1881 – Grigoriy Kotovskiy (1925) – inqilobchi, Rossiyadagi fuqarolar urushi qahramoni, sovet harbiy xodimi va siyosatchisi.
– 1883 – Viktor Frans Gess (1964) – avstryalik va amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1936).
– 1900 – Mixail Zapashniy (1982) – sovet artisti, Zapashniylar sirk sulolasi asoschisi.
– 1914 – Safo Muhamedov (1990) – rangtasvir ustasi, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971).
– 1927 – Martin Perl (2014) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1995).
– 1968 – Boris Gelfand – sovet va isroil shaxmatchisi, grossmeystr.
– 1987 – Lionel Messi – Inter Mayami futbol klubi va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi.
– 1989 – Shuhrat Muhammadiyev – futbolchi, Nasaf va O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinchisi.
– 1993 – Hasanboy Doʻstmatov – Oʻzbekistondagi taniqli bokschilardan biri, olimpiada chempioni (2016).
– 1997 – Jasurbek Yaxshiboyev – „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining vingeri.