25-yanvarda kimlar tug’ilgan?
👉 VOQEALAR:
– 2004 – “Opportunity” fazo kemasi Marsga qoʻndi.
– 2006 – Sankt-Peterburg sammitida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi rasman a’zo boʻldi.
– 2010 – Bayrut yaqinida Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 halokati; 90 ta qurbon.
– 2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘grisida”gi qarori qabul qilindi.
– 2018 – O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi tasdiqlandi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 750 – Lev IV Xazar (780) – Vizantiya imperatori (775-780).
– 1585 – Xendrik Averkamp (1634) – golland rassomi, muz ustida uchayotga odamlar tasvirlangan qishki manzaralar muallifi.
– 1627 – Robert Boyl (1691) – taniqli ingliz ximigi, fizik va faylasufi.
– 1736 – Jozef Lui Lagranj (1813) – matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan fransuz olimi.
– 1739 – Sharl Dyumurye (1823) – Buyuk fransuz inqilobiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan general.
– 1759 – Robert Byorns (1796) – taniqli shotland shoiri va folklorshunosi.
– 1783 – Uilyam Kolgeyt (1857) – amerikalik tadbirkor, Colgate kompaniyasi asoschisi.
– 1787 – Semyon Korsakov (1853) – rossiyalik mexanik qurilmalar ixtirochisi, dunyodagi birinchi kibernetik olimlardandan biri.
– 1832 – Ivan Shishkin (1898) – rus rassomi.
– 1874 – Somerset Moyem (1965) – mashhur ingliz yozuvchisi va dramaturgi.
– 1882 – Virjiniya Vulf (1941) – Ingliz yozuvchisi.
– 1902 – Sobir Rahimov (1945) – harbiy arbob, general-mayor (1943), Sovet Ittifoqi qahramoni (1965).
– 1905 – Sharif Qayumov (1973) – rejissyor va aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
– 1917 – Ilya Prigojin (2003) – kelib chiqishi rus bo‘lgan belgiyalik fizik va kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1977).
– 1928 – Abdunabiyev Abdulla – tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978).
– 1928 – Eduard Shevarnadze – Gruziya sobiq prezidenti.
– 1934 – Umarbekov O‘lmas (1994) – O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
– 1938 – Visotskiy Vladimir (1980) – rus aktyori, shoir, qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi.
– 1942 – Eysibio Ferreyra da Silva – futbolchi, Portugaliya futbol afsonasi.
– 1948 – Xalifa ibn Zayd al Nahayon – BAA Prezidenti va Abu Dabi amiri (2004-yildan).
– 1951 – Ergasheva Ma’mura – raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti (1983).
– 1952 – Vayl Makr – rejissyor, teatrshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989).
– 1954 – Kay Koti – avstraliyalik dengiz sayyohi, dunyoni yakka tarzda aylanib chiqishni yakunlagan birinchi ayol.
– 1978 – Vladimir Zelenskiy – Ukrainalik siyosatchi, aktyor, qiziqchi va rejissor, Ukraina Prezidenti (2019-yildan).
– 1974 – Oʻtkirbek Haydarov – bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), “Oʻzbekiston iftixori” (1999).
– 1980 – Xaver Ernandes Kreus – ispaniyalik futbolchi, jahon 2010) va Yevropa chempioni (2008, 2012).
– 1981 – Alisha Ojello Kuk – amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa.
– 1982 – Sin Aovey – Xitoylik gimnastikachi, Olimpiada chempioni (2000).
– 1982 – Noemi – Italiyalik qoʻshiqchi.