26-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

26-mayda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

Boshqalar o’qimoqda: Ali Quschi haqida faktlar

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon Qizil soch kuni.
🌏 Butunjahon Drakula kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇭🇺 Vengriya – Bolalar kuni.
🇵🇱 Polsha, 🇫🇷Fransiya, 🇩🇿 Jazoir, 🇲🇬 Madagaskar, 🇲🇦 Marokash, 🇸🇳 Senegal, 🇹🇳 Tunis – Onalar kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qog’oz samolyotlar kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Milliy kechirim kuni.
🇦🇲 Armeniya – Sardarobod jangi kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Turkman gilami kuni.
🇻🇪 Venesuela – Daraxt ekish kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Himoyachi advokat kuni.
🇺🇦 Ukraina, 🇷🇺 Rossiya, 🇰🇿Qozogʻiston, 🇧🇾 Belarus – Kimyo sanoati xodimlari kuni.
🇩🇰 Daniya — Koronprins Frederik tug‘ilgan kun.
🇷🇺 Rossiya – Tadbirkorlik kuni.
🇰🇭 Kambodja – Qirollik shudgorlash marosimi.
🇬🇾 Gayana – Mustaqillik kuni.
🇬🇪 Gruziya – Mustaqillik kuni.

Boshqalar o’qimoqda: Sabzi haqida qiziqarli ma’lumotlar

👉 VOQEALAR:

– 451 – Avaray jangi.
– 1135 – Leon soborida Alfonso VII butun Ispaniya Imperatori deb e’lon qilindi.
– 1648 – Bogdan Xmelnitskiy Korsun yaqinida polyaklarni mag’lub etdi.
– 1679 – Angliya parlamenti Xabeas Korpus (shaxs daxlsizligi) qonunini qabul qildi.
– 1707 – Ispaniya taxti vorisi uchun urush paytida Burbon koalitsiyasi kuchlari Saragosani egallashdi.
– 1761 – Mixail Lomonosov Venera sayyorasi atmosferasini aniqladi.
– 1799 – A. Suvorov boshchiligidagi Rossiya imperiyasining armiyasi Turinga bostirib kirdi.
– 1805 – Milan cherkovida  Napoleon I boshiga  Lombardiyaning temir toji kiydirildi.
-1828 – Nyurnbergda Kaspar Hauzer topildi.
– 1868 – Angliyada oxirgi ommaviy qatl.
– 1897 – B. Stoker „Drakula“ romanini chop ettirdi.
– 1899 – Fargona viloyati xalq muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– 1918 – Zakavkazye federatsiyasi uchta mustaqil respublikaga: Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonga bo’lindi.
– 1928 – FIFA tashkiloti har to‘rt yilda bir marotaba futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish borasida qaror qabul qildi.
– 1938 – Germaniyaning Volfsburg shahrida «Folksvagen» avtomobil kompaniyasiga asos solindi.
– 1948 – JARda aparteid siyosati boshlanishi e’lon qilindi.
– 1953 – Gorlag mahbuslarining Norilsk qo’zg’oloni boshlandi.
– 1947 – SSSRda o’lim jazosi bekor qilindi (1950-yilda qayta tiklangan).
– 1966 – Gayana Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
– 1972 – Richard Nikson va  Leonid Brejnev Moskvada Raketaga qarshi mudofaa tizimlarini cheklash haqidagi bitimni imzolashdi.
– 1991 – Gruziya presidenti saylovida Zviad Gamsaxurdiya  gʻolib boʻldi.
– 1994 – Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.
– 2014 – Donetsk aeroportida janglar boshlandi.
– 2020 – AQShda irqiy kamsitishlarga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi.

Boshqalar o’qimoqda: Sofiya shahri haqida ma’lumot

👉 TAVALLUDLAR:

– 1265 – Dante Aligyeri (1321) – florensiyalik shoir, italyan adabiy tilining asosshilaridan biri, mutafakkir, ilohiyotchi, siyosiy arbob, mashhur “Ilohiy komediya” ning muallifi.
– 1568 – Muhammad III, Mehmed III (1603) – Usmonlilar imperiyasi sultoni.
– 1814 – Genrix Geysler (1879) – nemis olimi, noyob asboblar, termometrlar, kimyoviy uskunalar ixtirochisi.
– 1822 – Edmon De Gonkur (1896) – fransuz adibi.
– 1876 – Robert Yerks (1956) – psixolog, AQShda etologiyaga  asos solgan.
– 1877 – Aysedora Dunkan (1927) – amerikalik raqqosa.
– 1877 – Edvard Gryunayzen (1949) – nemis fizigi, qattiq jismlar nazariyasi asoschisi.
– 1905 – Aldo Guchchi (1990) – italyan liboslar dizayneri, modelyer.
– 1909 – Mett Basbi (1994) – taniqli ingliz murabbiyi, butun umrini «Manchester Yunayted» ga bag‘ishlagan.
– 1938 – Baxtiyor Aliyev – changchi, bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1983).
– 1947 – Tilak Jo‘ra (1994) – hassos shoir, adabiyotshunos, tarjimon.
– 1966 – Helena Bonem Karter – britaniyalik teatr, kino va teleaktrisasi.
– 1969 – Anjelika Varum – estrada qo‘shiqchisi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
– 1971 – Met Richard Stoun – аmerikalik animator, film produser, ssenariy muallifi, aktyor, va bastakor.
– 1974 – Sherzodxon Qudratxoʻja – jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi.
– 1977 – Luka Toni – italyan futbolchisi, jahon chempioni (2006).
– 1988 – Akito Vatabe – yaponiyalik biatlonchi, ikki karra Olimpiada sovrindori, jahon chempioni.
– 2000 – Xanna Neise – nemis skeletonisti, Olimpiya chempioni.

(Visited 65 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz