26-yanvarda qanday voqealar sodir bo’lgan?

26-yanvarda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro toza energiya kuni.
🌏 Xalqaro bojxona kuni.
🌏 Butunjahon atrof-muhit ta’limi kuni.
🌏 Xalqaro internetsiz kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston – Bojxonachilar kuni.
🇧🇾 Belarus – Ilm-fan kuni.
🇵🇦 Panama – Muhandislar va arxitektorlar kuni.
🇺🇬 Uganda – Ozodlik kuni.
🇮🇳 Hindiston – Respublika kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi – Duarte kuni.
🇵🇭 Filippin – Napoleon Abuevaning tug’ilgan kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Avstraliya kuni.
🇺🇦 Ukraina – Davlat audit xizmati kuni.
🇱🇻 Latviya – Xalqaro tan olinish kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1340 – Eduard III Fransiya qiroli deb e’lon qilindi.
– 1500 – Y. Pinson Amazonkani tadqiq etdi.
– 1525 – Rusning birinchi xaritasi – Moskva yerlari xaritasi bosmadan chiqdi.
– 1582 – Livon urushi tugatildi.
– 1699 – Usmoniylar davlati Avstriya, Venetsiya va Lehiston qirolligi bilan tinchlik shartnomasi sifatida Karlofcha bitimini imzoladi.
– 1788 – Yevropaliklarning Avstraliyadagi birinchi aholi punkti – Sidney shahri tashkil topdi.
– 1808 – Avstraliyada “rom isyoni” bo’lib o’tdi.
– 1871 – Fransiya-Prussiya urushi: Qamaldagi Parij garnizoni va Prussiya qo’shinlari o’rtasida sulh tuzildi.
– 1924 – Sovetlarning 2-s’ezdi qarori bilan Petrograd Leningrad deb o’zgartirildi.
– 1934 – Germaniya va Polsha oʻrtasida o‘zaro hujum qilmaslik haqida bitim tuzildi.
– 1939 – Nil Bor uranning bo’linishini kashf etganligini e’lon qildi.
– 1943 – Kemerovo viloyati tashkil etildi.
– 1950 – 200 yil davomida Angliyaning mustamlakasi bo’lgan Hindiston Respublikasi e’lon qilindi.
– 1965 – Hind tili Hindistonda rasmiy tilga aylandi.
– 1967 – xitoylik talabalarni Moskvadan chiqarib yuborilishiga javob sifatida Sovet Ittifoqining Pekindagi elchixonasi hibsga olingan.
– 1980 – Isroil va Misr o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
– 1983 – AQShda “Lotus 1-2-3” elektron jadvali yaratildi.
– 1987 – Coca-Cola Amerikada 1-raqamli milliy ichimlik sifatida tan olingan.
– 1992 – Oʻzbekiston va Yaponiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
– 1992 – Rossiya prezidenti Boris Yelsin Rossiya AQSh shaharlariga yadro qurolini yo’naltirishni to’xtatishini e’lon qildi.
– 1997 – Aslan Masxadov Chechenistondagi prezidentlik saylovlarida 65% ovoz bilan g’olib bo’ldi.
– 2018 – Nepal Federativ Demokratik Republikasi va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
– 2001 – G’arbiy Hindistonda yuz bergan kuchli zilzila kamida 10 ming kishini hayotdan olib ketdi.
– 2004 – Afg’oniston Konstitutsiyasi Prezident Hamid Karzay tomonidan rasman imzolandi.
– 2005 – AQSh harbiy-havo kuchlari vertolyoti Iroqning Rutba shahri yaqinida qulab tushdi va 31 dengiz piyodasi halok bo’ldi.

(Visited 27 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim