28-yanvar kuni kimlar tug’ilgan?
– 1457 – Genrix VII (1509) – Angliya va Irlandiya qiroli (1485-yildan), Tyudorlar sulolasining birinchi monarxi.
– 1608 – Jovanni Alfonso Borelli (1679) – italiyalik olim, biomexanikaning asoschisi.
– 1611 – Yan Geveliy (1687) – polyak astronomi, selenografiya asoschisi.
– 1717 – Mustafo III (1773) – Usmonlilar imperiyasining 1757-1773-yillardagi hukmdori.
– 1784 – Jorj Xemilton-Gordon (1860) – ingliz siyosatchisi. Buyuk Britaniyaning 34-Bosh vaziri.
– 1853 – Vladimir Solovyev (1900) – rus shoiri va faylasufi.
– 1853 – Xose Marti (1895) – kubalik yozuvchi, jurnalist va inqilobchi, Kuba milliy qahramoni.
– 1858 – Ejen Dyubua (1940),g‘ – golland antropologi, birinchi marta pitekantrop qoldiqlarini topgan.
– 1880 – Sergey Malov (1957) – turkiyshunos olim.
– 1892 – Fyodor Raskolnikov (1939) – sovet diplomati, yozuvchi.
– 1897 – Valentin Katayev (1986) – rus sovet yozuvchisi, jurnalist, dramaturg, shoir, ssenariy muallifi.
– 1906 – Umanskiy Zinoviy (1985) – provizor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1967).
– 1922 – Xolli Robert Uilyam – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1968).
– 1935 – Abbos Mahmud – Falastin davlat arbobi, 2004-yildan FOT Bosh kotibi hamda mazkur tashkilot doirasidagi FATH (Falastin Ozodlik harakati) rahbari, 2005-yil yanvardan Falastin Muxtoriyati raisi, FOT Ijroiya qoʻmitasi raisi.
– 1936 – Qoriyeva Bernora – balerina, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti (1964), Qirg‘iziston xalq artisti (1996), professor (1985).
– 1950 – Hamad bin Iso al-Xalifa – Bahrayn qiroli.
– 1955 – Nikolya Sarkozi – Fransiya davlat va siyosat arbobi, Fransiya Respublikasining 23-prezidenti (2007-2012).
– 1973 – Tatyana Malinina – yakkalik tartibida ishtirok etuvchi oʻzbekistonlik figurali uchuvchi, Toʻrt qit’a chempionatining birinchi gʻolibi (1999).
– 1978 – Janluidji Buffon – italiyalik futbolchi, darvozabon, jahon chempioni (2008).
– 1984 – André Igudala – amerikalik basketbolchi, jahon (2010) va Olimpiya o’yinlari (2012) chempioni.
– 1985 – Lizbet Trikett (Lenton) – avstraliyalik suzuvchi, 4 karra Olimpiada oltin medali sovrindori.
– 1986 – Shruti Haasan – hindistonlik kinoaktrisa va qoʻshiqchi.
– 1989 – Sim de Yong – gollandiyalik futbolchi.