29-yanvarda qanday voqealar sodir bo’lgan?

29-yanvarda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro yadro urushi tahdidiga qarshi safarbarlik kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇲🇩 Moldova – Prokurorlar kuni.
🇳🇵 Nepal – Shahidlar kuni.
🇨🇳 Xitoy – Xitoy Yangi yili
🇺🇸 AQSh – Milliy chinnigullar kuni.
🇺🇸 AQSh – Kanzas shtati kuni.
🇵🇭 Filippin – Milliy politsiyaning yubiley kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1616 – Janubiy Amerikaning eng janubiy nuqtasi – Gorn burni kashf qilindi.
– 1710 – Pyotr I farmoni bilan Rus alifbosi joriy qilindi.
– 1804 – Xarkov universiteti tashkil topdi.
– 1819 – Stanford Ruffles Singapurga asos soldi.
– 1833 – Sankt-Peterburgda Rossiyada birinchi shahar pochta bo’limi tashkil etildi.
– 1845 – Nyu Yorkdagi gazeta Edgar Poning sheʼrini chop etdi.
– 1856 – Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya mamlakatning eng yuqori harbiy mukofoti – Viktoriya xochini tasdiqladi.
– 1861 – Kanzas AQShning 34-shtatiga aylandi.
– 1886 – Karl Benz ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan ilk avtomobilni patentladi.
– 1896 – amerikalik fizik E.Grubbe dunyoda birinchi boʻlib saraton kasalligini davolashda radioaktiv nurlanishdan foydalangan.
– 1908 – Sankt-Peterburgda Rossiya aeroklubi tashkil topdi.
– 1916 – Angliyada tankning birinchi sinovlari.
– 1919 – AQSh Konstitutsiyasiga alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish, tashish va sotishni taqiqlash uchun 18-tuzatish qabul qilindi.
– 1932 – Gorkiy zavodida birinchi yuk mashinasi – “GAZ-AA” ishlab chiqarildi.
– 1958 – DDT insektitsidining xavfliligi haqidagi birinchi maqola paydo bo’ldi.
– 1960 – Birinchi sun’iy buyrak yaratildi.
– 1964 – Avstriyaning Insbruk shahrida 9-qishki Olimpiada o’yinlari ochildi.
– 1964 – Olimpiya o‘yinlarida birinchi bor chang‘i sporti musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
-1992 – Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
– 2000 – Las-Vegasdagi kazino ofitsianti Sinti Jey “Bir qo‘lli bandit” avtomat o‘yin mashinasida 35 million dollar yutib oldi (avtomat o‘yin mashinalarida dunyodagi eng yirik yutuq).
– 2002 – Jorgj  Bush KXDR, Iroq va Eronni „yovuzlik markazlari“ deb atadi.
– 2010 – Rossiyaning beshinchi avlod qiruvchisi Su-57 ning birinchi parvozi.
– 2013 – Olma-Ota yaqinida CRJ-200 halokati, 21 kishi halok bo’ldi.

(Visited 23 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim