30-aprelda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 YUNESKO  – Xalqaro Jaz kuni

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSH, 🇹🇼 Tayvan – Milliy ko‘pikli choy kuni.
🇲🇽 Meksika – Bolalar kuni.
🇺🇸 AQSH – Rostgo’ylik kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Milliy axborot ochiqligi kuni.
🇵🇰 Pokiston – Shahidlar kuni.
🇹🇭 Tailand – Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
🇮🇷 Eron – Fors ko’rfazi kuni.
🇸🇪 Shvetsiya – Qirolning tugʻilgan kuni.
🇵🇾 Paragvay – O‘qituvchilar kuni.
🇬🇪 Gruziya – Qurolli Kuchlar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Chegarachilar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Yong’in xizmati kuni.
🇻🇳 Vyetnam – Ozodlik / Birlashish kuni.

👉 VOQEALAR:

– 311 – Galeriy xristian dinini ochiqchasiga amal qilishiga ruxsat beradigan qarorga imzo chekdi.
– 1237 – Berlin shahriga asos solindi.
– 1315 – Dor loyihasi muallifi hisoblangan Anjerran de Marinni Parijdagi Monfokon dargohida dorga osildi. Jasad ikki yil davomida osilib turgan.
– 1722 – Bilyard o’yini birinchi marta tilga olingan.
– 1789 – Jorj Vashington bir ovozdan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti etib saylandi.
– 1803 – AQSh Luizianani Fransiyadan bir akr uchun 4 sentdan sotib oldi.
– 1812 – Luiziana AQSh 18-shtatiga aylandi.
– 1838 – Nikaragua Markaziy Amerika Federatsiyasidan ajralib chiqdi.
– 1854 – Braziliyada birinchi temir yo‘l ochildi.
– 1882 – Texasda tavallud topgan Amerika fuqarosi Aleks Vilyams sichqon ovlovchi qopqonni o’ylab chiqdi va unga patent oldi.
– 1900 – Gavayi orollari AQSH tomonidan anneksiya qilindi.
– 1902 – Norvegiyada futbol federatsiyasi tuzildi.
– 1918 – Turkiston RSFSR tarkibidagi avtonom sovet respublikasi deb e’lon qilindi.
– 1918 – “Lenfilm” kinostudiyasi tashkil etildi.
– 1920 – Xorazm Xalq Sho’rolar Jumhuriyati (XXSR) tashkil etildi.
– 1934 – Avstriyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1939 – Nyu-Yorkda tashkillashtirilgan butunjahon sanoat ko‘rgazmasi ilk bor televideniye orqali namoyish etildi.
– 1945 – Sovet qo‘shinlari Reyxstagni shturm qilishni boshladi.
– 1945 – Adolf Gitler o‘z joniga qasd qildi.
– 1945 – Sovet qo‘shinari Ravensbryukdagi ayollar konslageridagi asiralarni ozod qilishdi.
– 1964 – Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumani tashkil etildi.
– 1970 – Vyetnam urushi: AQSh qo‘shinlari Kambodja hududiga kirdi.
– 1971 – Moskvada Lenin tepaligidagi sirk ishga tushdi.
– 1975 – Shimoliy Vyetnam  armiyasi Saygon shahridagi mustaqillik saroyiga kirib, Vyetnam urushini tugatdi.
– 1984 – Afg’oniston urushi (1979-1989): 682-motoo‘qchi polkning 1-batalyonining o’limi.
– 1988 – Selin Dion Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib boʻldi.
– 1991 – O’zbekiston yo’nalishidagi “Tinchlik” metro bekati ishga tushirildi.
– 1992 – O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi.
– 1992 – Jenevada ingliz fizigi, Yevropa elementar zarrachalar fizikasi laboratoriyasi xodimi Tim Berners-Li ishlab chiqqan Butunjaho o‘rgimchak to‘ri texnologiyasi (World Wide Web) hamma uchun bepul bo‘lishi e’lon qilindi.
– 1993 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
– 1996 – Toshkentda Yevropa iqtisodiy ittifoqi homiyligida avtomobil transporti bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
-2009 – Niderlandlarda Qirol oilasiga suiqasd.
– 2009 – Ozarbayjon neft akademiyasida omaviy qirg’in (12 ta qurbon).
– 2013 – Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandrning toj kiyish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– 2014 – “Microsoft” kompaniyasi “Windows” operatsion tizimining “Windows 10” deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi.
– 2014 – Xitoyning Urumchi shahridagi stansiyadagi terakt, uch kishi halok bo’ldi, 70 dan ortiq kishi jarohat oldi.
– 2019 – Yaponiya imperatori Akixito 85 yoshida taxtdan voz kechdi. Ertasi kuni Naruxito imperator bo’ldi.
– 2021 – Isroildagi tiqilinchda 45 kishi halok bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1310 – Kazimir III (1370) – Polsha qiroli (1333-1370).
– 1777 – Gauss Karl Fridrix (1855) – nemis matematigi, fizik, astronom, geodezist.
– 1857 – Eygen Bleyler (1939) – shveysar psixitari, shizofreniya terminini fanga kiritgan olim.
– 1863 – Maks Skladanovskiy (1939) – nemis kinosi asoschisi.
– 1901 – Saymon Smit Kuznets (1985) – amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1971).
– 1923 – Yaroslav Gashek (1923) – chex hajvchi yozuvchisi.
– 1926 – Kloris Lichmen – amerikalik kinoaktrisa va qiziqchi.
– 1931 – Mirjoji Asqarov (2020) – kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi.
– 1935 – Fayzulla Usmonov (2008) – geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiygi, Oʻzbekiston Respublika fan arbobi.
– 1946 – Carl XVI Gustaf – Shvetsiya Qiroli, bobosi Gustaf VI Adolf vafotidan keyin qirol bo’lgan (1973-yildan).
– 1948 – Botir Rasulov – dirijyor, sozanda (gʻijjak), Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1987).
– 1949 – Antonio Guterrish – BMT Bosh kotibi (2017-yildan).
– 1958 – Ermanov Farhod – oʻzbek siyosatchisi, senator, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (2022-yildan), Xorazm viloyati hokimi (2018-2022).
– 1967 – Filipp Kirkorov – sovet, rus estrada qoʻshiqchisi.
– 1981 – Tanya Lamarka Selada – ispaniyalik gimnastikachi, Olimpiada chempioni (1996).
– 1982 – Kirsten Kerolayn Danst – amerikalik aktrisa, xonanda va model.
– 1984 – Sara Battaglia – Moda dizayneri va Sara Battaglia moda yorligʻi asoschisi.
– 1986 – Dianna Agron – amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi, rejissyor va raqqosa.
– 1993 – Igor Sergeyev – O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi va Tobol klubi o‘yinchisi.
– 1993 – Amine Gülşe Özil – turkiyalik va shvetsiyalik aktrisa va model.

(Visited 15 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz