31-yanvarda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro zargarlar kuni.
🌏 Xalqaro Zebra kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Milliy issiq shokolad kuni.
🇦🇹 Avstriya – Ko’cha bolalari kuni.
🇳🇷 Nauru – Mustaqillik kuni.
🇮🇳 Hindiston – Meher Bobo xotirasi kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1714 – Sankt-Peterburgda, Yozgi saroyda Kunstkamera – “Davlat Kabineti” muzeyi barpo qilindi.
– 1729 – Istanbulda arab alifboli birinchi bosma kitob chop etildi.
– 1864 – Rossiyadagi birinchi “jamoat zoologik bog’i” Moskva hayvonot bog’i tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.
– 1865 – Dmitriy Mendeleyev «Spirtni suv bilan aralashuvi» mavzusidagi dissertatsiyani yoqladi.
– 1893 – “Koka-kola”ning tovar belgisi ro’yxatdan o’tkazildi.
– 1918 – Buyuk Britaniyaga qarashli beshta suv osti kemalarining to’qnashuvi naijasida yuzlab odam halok bo’ldi.
– 1921 – Sibirda (Ishimskoe) dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi, uning sababi Sovet hukumatining iqtisodiy siyosatidan norozilik edi.
– 1921 – Moskva AITUning binosi tashkil topgan kun.
– 1924 – SSSR Sovetlarining 2-s’yezdida SSSR birinchi konstitutsiyasining yakuniy tahriri tasdiqlandi.
– 1929 – Lev Trotskiy Sovet Ittifoqidan surgun qilindi.
– 1943 – Feldmarshal Paulyus Stalingrad yaqinida taslim bo‘ldi.
– 1953 – Shimoliy dengiz qirg’oqlaridagi bo’ron oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo’ldi.
– 1958 – Explorer-1 sun’iy yo’ldoshi Yerning radiatsion qatlamini aniqladi.
– 1965 – Respublika bolalar kutubxonasi tashkil topdi.
– 1968 – Mustaqil Nauru Respublikasi tashkil topdi.
– 1971 – Аmerikaning kosmik kemasi «Apollon -14» Oyga uchirildi.
– 1977 – Parijda Pompidu markazi o’z ishini boshladi.
– 1989 – Kobuldagi (Afg’oniston) Amerika elchixonasi yopildi.
– 1990 – SSSR hududidagi birinchi McDonald’s o’z ishini boshladi.
– 2020 – Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqdi.
– 2021 – Aleksey Navalniyni qo’llab-quvvatlovchi ikkinchi norozilik namoyishlari.