4-fevralda kimlar tug’ilgan? – Ilm va faktlar

4-fevralda kimlar tug’ilgan?

4-fevralda kimlar tug’ilgan?

👉 TAVALLUDLAR:

– 1494 – Fransua Rable (1553) – fransuz yozuvchisi, eng mashhur satiriklardan biri.
– 1682 – Iogann Fridrix Byottger (1719) – nemis kimyogari, oq farfor olgan birinchi yevropalik.
– 1746 – Tadeush Kostyushko (1817) – Polsha milliy qahramoni, harbiy va siyosiy arbob.
– 1799 – Xuan Batista de Almeyda Garret (1854) – portugaliyalik shoir, dramaturg va siyosatchi.
– 1808 – Yozef Kaetan Til (1856) – chex dramaturgi va shoiri, Chexiya madhiyasi matnining muallifi.
– 1873 – Mixail Prishvin (1954) – rus sovet yozuvchisi, publisist.
– 1875 – Lyudvig Prandtal – (1953) – nemis mexanigi va fizigi, aerodinamika asoschilaridan biri.
– 1881 – Kliment Voroshilov (1969) – sovet davlat, partiya va harbiy arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali.
– 1900 – Jak Prever (1977) – fransuz shoiri, kinodramaturg, ssenariynavis.
– 1901 – Yepisov Ivan (1963) – opera xonandasi (bas), O‘zbekiston xalq artisti (1952). To‘liq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi.
– 1902 – Manuel Alvares Bravo (2002) – meksikalik atoqli fotograf.
– 1903 – Simo Bayich (1942) – partizan, Yugoslaviya milliy qahramoni.
– 1906 – Klayd Uilyam Tombo (1997) – amerikalik astronom, Plutonni kashf qilgan.
– 1913 – Roza Parks (2005) – amerikalik ijtimoiy faol, Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning fuqarolik huquqlari harakatining kashshofi.
– 1945 – Po‘lat Bulbul o‘g‘li – sovet va ozarbayjon qo‘shiqchisi, bastakor, siyosatchi va diplomat.
– 1947 – Abirqul Boʻtayev (2002) – tarixchi olim va muzeyshunos, SSSR Xalq maorifi a’lochisi. Samarqand viloyatida 1984-yilda Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga asos solgan.
– 1948 – Elis Kuper (haqiqiy ismi – Vinsent Furne) – amerikalik rok musiqachi.
– 1973 – Oskar de La Xoyya – amerikalik bokschi, olimpiya chempioni (1992), jahon chempioni.
– 1975 – Natali Jeyn Imbrulya – avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
– 1985 – Lesli (Leslie Burgoin) – fransuz R’n’B qo’shiqchisi.
– 1989 – Valentina Gunina – rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.
– 1995 – Liza Vittozzi – italiyalik biatlonchi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.