Aql salohiyatini oshirishning 5 samarali usuli

1. Miyani ishlating

Agar siz hech bo‘lmaganda bir marta hozirgidan-da aqlli bo‘lish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, juda yaxshi. Intellektual xususiyatlarni rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar maqsadga erishish yo‘lidagi ilk qadamdir.

Qiziquvchan bo‘ling, doimo yangi bilimlar orttiring, o‘zingizni qiziqtiruvchi jarayonlarni o‘rganing, tushunarsiz narsalarning tubiga yeting. Shunda atrofingizda o‘rganilmagan qancha narsalar borligini ko‘rib hayratlanasiz.

Nima qilish kerak?

Miyani foydali ish bilan band qiling, biror yangi mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish aqliy faoliyatingizda ijobiy aks etadi.

 

2. Hissiyotlarga erkinlik bering

His-tuyg‘ularimizni nazorat qilishga yordam beruvchi hissiy intellekt mavjud, shuningdek tizimli fikrlashimizga javobgar ratsional intellekt bor. Qoidaga ko‘ra, ko‘proq ratsional intellektga e’tibor qaratiladi, biroq buni esa to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.

Hissiy intellekt haqida ham unutmaslik kerak, zero u doimiy o‘zgarishlarga moslashish va muammolarni operativ hal qilishga yordam beradi.

Nima qilish kerak?

Hissiyotlaringiz haqida gapirishdan qo‘rqmang. Ishda yoki uyda nimadandir norozi bo‘lsangiz, atrofingizdagilar bu haqida qisman xabardor bo‘lishlari kerak, shunda oldingizdagi muammoni birgalikda hal qilish imkoni paydo bo‘ladi. Muammo yechimi har doim ham topilavermaydi, albatta, biroq siz o‘zingizga ziyon  yetkazuvchi his-tuyg‘ularni ichingizda saqlab o‘tirmaysiz.

 

3. Kundalik harakatlarga o‘zgarish kiriting

Bu usul kimgadir bema’ni tuyulishi mumkin bo‘lsa-da,  samaralidir. Tishlaringizni odatda ko‘nikkan qo‘lingiz bilan emas, boshqasi bilan tozalashga urinib ko‘ring. Kompyuter sichqonchasini boshqa qo‘lda ishlatib ko‘ring. Uddalay olasizmi?

Kundalik harakatlarimizga o‘zgarishlar kiritsak, miyamiz o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, qanday qilib xuddi avvalgidek natijaga erishish mumkinligi haqida o‘ylashga majbur bo‘ladi. Bu miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Nima qilish kerak?

Miyangizni kutilmagan qarorlar qabul qilishga majburlanMg. Ishga yangi yo‘nalishdan boring, notanish shaharda xaritalar bo‘yicha harakatlanishni o‘rganing, do‘stlaringiz bilan xorijiy tilda suhbatlashing.

 

4. O‘zingiz bilan o‘zingiz suhbatlashing

Ko‘pchilik insonning o‘zi bilan o‘zi suhbatlashishi ruhiy beqarorlikka ishora qiladi, deb hisoblaydi. Biroq yaqinda buning aksi ekanligi isbotlandi – bunday suhbatlar miya faoliyatini rag‘batlantirar ekan.

O‘zingiz bilan o‘zingiz suhbatlashganingizda ma’lumotni tizimlashtirish va soddalashtirishga o‘rganasiz, bu esa muammolarni yanada samarali hal qilishga yordam beradi. Albatta, jamoat joylarida o‘zingiz bilan suhbatlashish maqsadga muvofiq emas, lekin uyda bemalol shunday qilishingiz mumkin.

Nima qilish kerak?

Ovozingizni chiqarib o‘qing, tez aytish ayting, she’r yodlang yoki qo‘shiq kuylang. Agar biror narsani eslab qolishga urinayotgan bo‘lsangiz, u holda buni o‘zingizga go‘yoki birovga tushuntirayotgandek singdiring. Ma’lumotni turli yo‘llar bilan yetkazing: xuddi hamkasbingiz yoki bola bilan suhbatlashayotgandek. Bunday texnika ma’lumotni yanada  yaxshi o‘zlashtirish va tushunish imkonini beradi.

 

5. Fikrlaringizni qisqa bayon etishni o‘rganing

Bunda sizga ijtimoiy tarmoqlar yordam berishi mumkin. Masalan, Twitter tarmog‘ida qoldiradigan yozuvingiz 140 belgidan oshmasligi kerak. Buni qarangki, Twitter’dan foydalanib, o‘z fikrlarimizni aniq va qisqa bayon qilish hamda ma’lumotni tizimlashtirishni o‘rganar ekanmiz.

Nima qilish kerak?

Twitter’ga a’zo bo‘ling, bir varaq qog‘oz toping yoki telefondagi yozuvlar ilovasini oching va o‘z fikrlaringizni unga tushiring. Siz bu ish bilan istagan vaqtingizda shug‘ullanishingiz mumkin, bu biroz bo‘lsa-da chalg‘ishingizga yordam beradi.

(Visited 60 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz