5-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon Nutella kuni.
🌏 Butunjahon ovoz chiqarib o’qish kuni.
🌏 Global maktab o’yinlari kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Sportda qizlar va ayollar kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy ob-havo ma’lumoti kuni.
🇫🇮 Finlyandiya – Runeberg kuni.
🇸🇲 San-Marino – Ozodlik kuni va Avliyo Agata kuni.
🇧🇮 Burundi – Birlik kuni.
🇵🇰 Pokiston – Kashmir bilan birdamlik kuni.
🇩🇰 Daniya – Daniya qirolichasi Meri tug’ilgan kuni.
👉 VOQEALAR:
– mil. av.2 – Oktavian Avgust “mamlakat otasi” unvonini oldi.
– 62 – Pompeyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
– 1597 – Nagasakida Toyotomi Xideyosi buyrug‘iga ko‘ra 26 ta katolik xochga tortilib qatl etildi.
– 1783 – Italiyada tarixdagi eng uzoq davom etgan zilzila boshlandi (32 mingdan 50 minggacha qurbon).
– 1810 – Pireney urushi: fransuz qo‘shini tomonidan Kadis qamali boshlandi.
– 1852 – Yangi Ermitaj birnchi marta omma uchun ochildi.
– 1901 – Moskvada Yeliseev doʻkoni ochildi.
– 1909 – Leo Bakeland plastmassa ixtiro qildi.
– 1917 – Meksika Qo‘shma Shtatlari konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1919 – Yevropada birinchi yo’lovchi aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi.
– 1919 – Meri Pikford, Duglas Ferbenks, Charli Chaplin va David Griffit “United Artists” kinostudiyasini tuzishdi.
– 1924 – BBC har soatda aniq vaqt signallarini uzatishni boshladi.
– 1926 – Latviyada sovet diplomatlariga qurolli hujum uyushtirildi.
– 1928 – birinchi marta D vitamini sun’iy ravishda olindi.
– 1952 – Nyu-Yorkda piyodalar uchun birinchi svetofor o‘rnatildi.
– 1971 – “Apollon-14” missiyasi doirasida astronavtlar Alan Sheppard va Edgar Mitchell Oyga qadam qo‘yishdi.
– 1979 – Oyatullo Humayniy Eronni islom davlati deb e’lon qildi.
– 1992 – O‘zTAG O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)ga aylantirildi.
– 1993 – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun abiturentlarni test usulida tanlab olish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
– 1995 – Qirgʻizistonda ikki palatali Oliy Kengash saylandi.
– 2000 – Chechenistondagi qirgʻin.
– 2004 – Gaitida Jan-Bertran Aristidga qarshi qo‘zg‘olon.
– 2023 – Yevropa Ittifoqida Rossiya neft mahsulotlariga narxlar chegarasi kuchga kiradi (tranzit muddati 55 kun).