5-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT – Butunjahon atrof-muhit kuni.
🇺🇳 BMT – Noqonuniy, qayd etilmagan va tartibga solinmagan baliq ovlashga qarshi xalqaro kurash kuni.
🌏 Butunjahon yugurish kuni.
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇷🇺 Rossiya ‐ Ekologlar kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Gidrometeorologlar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Ekologlar kuni.
🇬🇶 Ekvatorial Gvineya ‐ Prezident kuni.
🇳🇿 Yangi Zelandiya – Daraxt ekish kuni.
🇩🇰 Daniya – Otalar kuni.
🇩🇰 Daniya – Konstitutsiya kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Melioratorlar kuni.
🇧🇾 Belarus ‐ Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
🇮🇷 Eron ‐ Xordod harakatining yubileyi.
🇺🇸 AQSh ‐ OIVdan uzoq muddatli omon qolganlar haqida xabardorlik kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1224 – Neapol universitetiga asos solindi.
– 1284 – Sitsiliya urushlari: Neapol dengiz jangi bo’lib o’tdi.
– 1494 – Bobur Mirzo Farg‘ona taxtiga o‘tirdi.
– 1706 – Moskvada harbiy gospital (hozirgi Burdenko nomida) ochildi.
– 1783 – Jozef-Mishel va Jak-Etenn Mongolfe birinchi havo sharlarini uchirishdi.
– 1798 – 1798-yilgi Irlandiya qo’zg’oloni paytida Nyu-Ross jangi bo’lib o’tdi va inglizlarning g’alabasi bilan yakunlandi.
– 1806 – Lui Bonapart Gollandiya Qirolligi tuzilganligini e’lon qildi.
– 1849 – Daniya konstitutsion monarxiyaga aylandi.
– 1862 – Saygon shartnomasi.
– 1873 – Angliya tazyiqi ostida Zanzibarda jahondagi eng katta qul bozori yopildi.
– 1876 – Kanada Oliy sudining birinchi majlisi bo’lib o’tdi.
– 1881 – AQSh prezidenti Jeyms Garfildga suiqasd uyushtirildi.
– 1909 – Aleksandr III haykali ochildi.
– 1912 – AQSh dengiz piyodalari Kubaga kelib tushishdi.
– 1940 – Birinchi sintetik rezina shinalar AQShda namoyish etildi.
– 1940 – Kanada 16 ta tashkilot, jumladan fashistlar va kommunistlar faoliyatini taqiqladi.
– 1947 – AQSH davlat kotibi Jorj Marshall Yevropaga yordam berish rejasini taklif etdi.
– 1953 – AQSh Senati Xitoyning BMTga a’zoligini rad etdi.
– 1967 – Yaqin Sharqda Olti kunlik arab-isroil urushi boshlandi.
– 1968 – Kaliforniyadagi prezidentlik saylovlari 1-turidada g’alaba qozongan senator Robert Kennedi og‘ir jarohatlandi va ertasi kuni vafot etdi.
– 1977 – Burinchi Apple II kompyuterlari sotuvga chiqdi.
– 1995 – Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etildi.
– 2006 – Serbiya o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
– 2008 – O‘zbekiston Republikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “O‘zbekiston” anjumanlar saroyini qurish to‘g’risida”gi qarori qabul qilindi.
– 2010 – NASA mutaxassislari Amerikaning Kassini avtomatik sayyoralararo stansiyasi Saturnning yo’ldoshi Titanda hayot belgilarini aniqlaganini taxmin qilishdi.
– 2022 – Qozog‘istonda konstitutsiyaviy referendum.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1723 – Adam Smit (1790) – ingliz iqtisodchisi va faylasufi.
– 1798 – Aleksey Lvov (1870) – general, skripkachi va bastakor, Rossiya imperiyasi madhiyasi muallifi.
– 1819 – Jon Kauch Adams (1892) – ingliz astronomi va matematigi.
– 1862 – Allvar Gullstrand (1930) – Shvetsiya oftalmologi, Nobel mukofoti sohibi (1911).
– 1878 – Pancho Vilya (1923) – Meksika inqilobi davrida dehqonlar yo‘lboshchisi.
– 1891 – John Hovard Northrop (1987) – amerikalik biokimyogar olim, Nobel mukofoti sohibi (1946).
– 1894 – Roy Gerbert Tompson (1976) – kanadalik mediamagnat, “Thompson Corporation” ning asoschisi.
– 1898 – Federeko Garsia Lorka (1936) – ispan shoiri va dramaturgi.
– 1900 – Dennis Gabor (1979) – ingliz fizigi, golografiya asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1972).
– 1913 – Nazira Ahmedova (1964) – o‘zbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano), O‘zbekiston xalq artisti (1951).
– 1909 – Ahmadjon Shukurov (1990) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1943).
– 1921 – Toʻxta Rahmonova (1984) qoraqalpoq aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1950).
– 1929 – Ivar Giaever – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1973).
– 1934 – Iskandar Xamroyev (2009) – sovet va rus kinorejissyori, ssenariynavis.
– 1939 – Azimjonova Matluba (2009) – Markaziy Osiyoda Neonatologiya asoschisi, pediatr, gematolog.
– 1941 – Barbara Briylska – polshalik teatr va kino aktrisasi.
– 1950 – Anorqul Nazarov – kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1995)
– 1957 – Yusup Roziqov – oʻzbek va rus kinorejissyori va ssenariynavis, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (2001).
– 1971 – Mark Uolberg – amerikalik aktyor, prodyuser, filantrop.
– 1985 – Ruben de la Red – ispan futbolchisi, Yevropa chempioni.
– 1990 – Sofi Kukson – britaniyalik aktrisa.
– 1997 – Tursunoy Rahimova – oʻzbekistonlik bokschi, oʻta yengil vazn egasi.
– 1998 – Yuliya Lipniskaya – rossiyalik figurali uchish ustasi, olimpiada chempioni.