6-fevralda kimlar tug’ilgan?
– 1536 – Toyotomi Xideyosi (1598) – yapon harbiy va siyosiy arbobi, Yaponiyani birlashtiruvchi.
– 1665 – Anna Styuart (1714) – Angliya, Shotlandiya va Irlandiya qirolichasi (1702-1714).
– 1861 – Zelenskiy Nikolay (1861) – rus sovet kimyogari, akademik (1929), organik kataliz haqidagi ta’limot asoschilaridan.
– 1879 – Korjenevskiy Nikolay (1958) – tabiiy geograf va glyatsiolog.
– 1892 – Uillyam Marfi (1987) – amerikalik vrach va patolog, Nobel mukofoti sohibi (1934).
– 1903 – Klaudio Arrau (1991) – chililik pianinochi.
– 1911 – Ronald Reygan (2004) – amerikalik kinoaktyor, siyosatchi, AQShning 40-prezidenti (1981-1989).
– 1912 – Yeva Braun (1945) – Adolf Gitlerning xotini.
– 1916 – Jek Balmer (1984) – ingliz futbolchisi, “Liverpul” afsonasi.
– 1925 – Parmudya Ananta Tur (2006) – indoneziyalik yozuvchi.
– 1928 – Hojiqulov G’ulomjon – Sozanda (g’ijjak), xonanda, bastakor, O’zbekiston xalq artisti(1988).
– 1929 – Kolin Myordok (2008) – yangizelandiyalik farmasevt, bir martalik shprits ixtirochisi (1956).
– 1945 – Azimov Eldor – dirijyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989).
– 1945 – Bob Marli (1981) – yamaykalik gitarachi, bastakor, “reggi qiroli”.
– 1961 – Konstantin Ernst – rossiyalik prodyusser, teleboshlovchi, “Первый канал» ning Bosh direktori (1999-yildan).
– 1977 – Toʻlqinboy Turgʻunov – bokschi, “Oʻzbekiston iftixori” (1999), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000).
– 1978 – Rustam Saidov – bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1999), “Oʻzbekiston iftixori” (2001).
– 1995 – Jaklin Lyolling – nemis skeletonchisi, uch karra jahon chempioni.
– 2002 – Husayin Norchayev – oʻzbek professional futbolchisi, “Nasaf” hujumchisi.