6-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon telefonlarsiz kun.
🌏 Xavfsiz Internet kuni.
🌏 Xalqaro muzlatilgan yogurt kuni.
🌏 Bob Marli kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇨🇦 Kanada – Oziq-ovqat erkinligi kuni.
🇺🇸 AQSh – Ronald Reygan kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇳🇴 Norvegiya, 🇸🇪 Shvetsiya, 🇫🇮 Finlyandiya – Sami milliy kuni.
🇩🇰 Daniya – Malika Mariya tug‘ilgan kun.
🇺🇸 AQSh – Afro-amerikalik murabbiylar kuni.
🇹🇭 Tailand – Milliy Muay-tay kuni.
🇳🇺 Niue, 🇳🇿 Yangi Zelandiya – Vaytangi kuni.
👉 VOQEALAR:
– mil. av. 46 – Sezar va Pompey qo’shinlari o’rtasida Tapse jangi sodir bo’lgan.
– 590 – Sardor Bahrom Chubin tomonidan uyushtirilgan davlat toʻntarishi natijasida Eron (Eronshahr) va g‘ayri Eron (an-Eron) ning shahanshohi Ormizd IV taxtdan agʻdarildi.
– 1191 – Kliment III Tevton ordenini taʼsis etdi.
– 1643 – Tasman Fiji orolini kashf etdi.
– 1626 – Lyudovik XIII Frantsiyada duelni taqiqlovchi qarorga imzo chekdi.
– 1788 – Massachusets shtati AQSh Konstitutsiyasini tasdiqladi va oltinchi shtat bo’ldi.
– 1819 – Britaniya amaldori Raffls Singapurga asos solgan.
– 1840 – Angliya maoriylar sardori bilan Vaytanga shartnomasini imzoladi. Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi.
– 1886 – nemis kimyogari Klemens Vinkler germaniyni kashf qildi.
– 1900 – Popov dunyoda birinchi marta radiodan dengizdagi falokat haqidagi signalni uzatdi.
-1922 – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya dengizda qurollanishni cheklovchi Vashington shartnomasini imzolashdi.
– 1927 – Parijda 10 yoshli mohir skripkachi Yehudi Menuxinning kontserti bo’lib o’tdi.
– 1936 – Adolf Gitler Qishki Olimpiada oʻyinlarini ochib berdi.
– 1948 – Vengr fizigi Zoltan Bey birinchi marta Oydan kelgan exosignalni tutdi.
– 1952 – Yelizaveta II Birlashgan Qirollik Qirolichasi boʻldi.
– 1958 – Myunxendagi aviahalokat natijasida „Manchester United“ futbolchilari halok boʻldi.
– 1968 – Grenobl (Fransiya)da X qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
– 1991 – Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
– 1994 – Moskvada hamyurtimiz Timur Ibragimov professional boksning o’ta og’ir vaznda WBA va IBA yo’nalishlarida qit’alararo chempionlik kamarini qo’lga kiritdi.
– 1995 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Xorvatiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
– 2004 – Gumbazli akrobatika bo’yicha rekord o’rnatildi – 357 ta parashyutchilar o’z tarkiblarini qurdilar.