Mundarija:
6-martda kimlar tug’ilgan va u qanday kun?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon limfedema kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇬🇭 Gana – Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh – Tish shifokori kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy liboslar kuni.
🇮🇶 Iroq – Milliy bag’rikenglik va birgalikda yashash kuni.
🇳🇫 Norfolk – Tashkil topish kuni.
🇺🇸 AQSh – Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari kuni.
👉 VOQEALAR:
– 845 – Samarrada 42 amoriy shahidlari qatl etildi.
– 961 – Vizantiya imperatori Nikefor II tomonidan Xandakning zabt etilishi, Krit amirligining tugatilishi.
– 1521 – Fernan Magellan Guam orolini kashf qildi.
– 1629 – Ferdinand II Restitutsion ediktni qabul qildi.
– 1714 – Ingliz muhandisi Henry Mill mashinka uchun patent oldi.
– 1788 – Norfolk oroliga birinchi flotning kelishi; mahkumlar uchun birinchi turar-joylarning tashkil etilishi.
– 1790 – Stomatologik burg’u ixtiro qilindi.
– 1801 – Markiz de Sad „Justine“ romani uchun hibsga olindi.
– 1804 – «Nyu kastl» – «Yangi qulf» deb nomlangan birinchi parovoz yaratildi.
– 1834 – Kanadada York shahri Toronto deb o‘zgartirildi.
– 1869 – Dimitriy Mendeleyev birinchi kimyoviy elementlar jadvalini e’lon qildi.
– 1857 – AQSh Oliy sudi qullar fuqarolar emas, balki mulk deb qaror chiqardi.
– 1882 – Serbiya qirollik deb e’lon qilindi.
– 1883 – Amerikalik ixtirochi Xayram Maksim birinchi bo’lib pulemyotni ixtiro qildi.
– 1899 – Nemis kimyogari Feliks Xoffmann aspiringa patent oldi.
– 1902 – „Real Madrid“ futbol klubi tashkil topdi.
– 1924 – Vatikanda birinchi radiopriyomnik o‘rnatildi.
– 1941 – Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari tashkil topdi.
– 1946 – “Eniac” deb nomlangan dastlabki tez ishlovchi kompyuter AQShda ishlatila boshladi.
– 1948 – Rossiyada Gʻarb madaniyati muzeyi yopildi.
– 1957 – Gana mustaqillikka erishdi.
– 1964 – Kassius Kley o’z ismi va familiyasini rasmiy ravishda “Muhammad Ali” deb o’zgartirdi.
– 1975 – Nishon va Qiziriq tumanlari tashkil etildi.
– 1984 – Britaniya shaxtiyorlarining ish tashlashi boshlandi.
– 1990 – Afg’onistonda prezident Muhammad Najibulloh hukumati davlat to’ntarishiga urinishni bostirdi.
– 1992 – Oʻzbekiston va Germaniya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
– 1995 – Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan 15 davlat bilan Turkiya Respublikasi o’rtasida “Boj ittifoqi bitimi” imzolandi.
– 1997 – Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o’zining birinchi rasmiy veb-saytini ochdi.
– 2018 – Rossiya harbiy-havo kuchlarining An-26 samolyoti Suriyaning Xmeymim aviabazasiga qo‘nayotganda halokatga uchradi va 39 kishi halok bo‘ldi.
– 2022 – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oltita shaharga: Xarkov, Chernigov, Mariupol, Xerson, Gostomel va Volnovaxaga “Ukraina Qahramon shahri” faxriy unvonini berdi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1340 – Jon Gaunt (1399) – Lankasterning 1-gersogi, Lankaster xonadonining asoschisi.
– 1405 – Xuan II Kastiliya (1454) – Kastiliya va Leon qiroli.
– 1475 – Mikelanjelo (1564) – Uyg‘onish davrining buyuk italyan haykaltaroshi, me’mori, rassomi va shoiri.
– 1870 – Oskar Shtraus (1954) – avstriyalik bastakor.
– 1884 – Aleksandr Belyayev (1942) – rus ilmiy fantastika yozuvchisi.
– 1889 – Hamza Hakimzoda Niyoziy (1929) – shoir, dramaturg.
– 1913 – Aleksandr Pokrishkin (1985) – aviatsiya marshali (1972), 3 marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
– 1927 – Gabriel Garsia Markes (2014) – kolumbiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1982).
– 1929 – Fozil Iskandar (2016) – rus va abxaziya yozuvchisi va shoiri.
– 1936 – Mirzayev To’ra – folklorshunos olim.
– 1937 – Valentina Tereshkova – rus kosmonavt-uchuvchisi (1963), jahonda 1-ayol kosmonavt.
– 1940 – Xayitova Olmaxon (2014) – xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
– 1978 – Lara Koks – avstraliyalik aktrisa va model.
– 1989 – Agneshka Radvanska – polshalik tennischi ayol.
– 1992 – Olga Meganskaya – Rossiyalik qoʻshiqchi.
– 2001 – Zoe Sadovski-Sinnott – yangi zelandiyalik snoubordchi, Olimpiada chempioni (2022).