7-fevralda kimlar tug’ilgan?
– 1478 – Tomas Mor (1535) – angliyalik gumanist yozuvchi, faylasuf va siyosiy arbob.
– 1693 – Anna Ioannovna (1740) – romanovlar sulolasidan bo‘lgan Rossiya imperatori (1730-yildan).
– 1812 – Charlz Dikkens (1870) – ingliz yozuvchisi, tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan.
– 1844 – Fedchenko Aleksey (1873) – rus tabiatshunosi, O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan olim.
– 1870 – Alfred Adler (1937) – Avstriyalik psixiatr va psixolog. Psixoanalizning individual psixologiya yoʻnalishiga asos solgan.
– 1885 – Lyuis Garri Sinkler (1951) – amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1930).
– 1900 – Rafiq Mo’min (1951) – o‘zbek shoiri, dramaturg, pedagog.
– 1905 – Ulf fon Eyler (1983) – shved fiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1970).
– 1906 – Oleg Antonov (1984) – sovet aviakonstruktori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
– 1915 – Pugachenkova Galina (2007) – san’atshunos, arxeolog olim, O‘zbekiston FA akademigi (1984).
– 1922 – Mavlonova Oysha (1991) – opera xonandasi (messo-soprano) va aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1974). Halima Nosirovaning izdoshi.
– 1940 – Tolibjon Karimov – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1987).
– 1947 – Norto‘xta Qilich (1947) – O’zbek yozuvchisi.
– 1954 – Diter Bolen – nemis musiqachisi, bastakor, “Modern Talking” guruhi asoschisi va a’zosi.
– 1990 – Dalayla Muhammad – amerikalik yengil atletikachi, yugurish bo‘yicha olimpiya chempioni (2016), ikki karra jahon chempioni.
– 1992 – Irina Sharipova – rossiyalik fotomodel, „Dunyo goʻzali“ tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etgan.
– 1998 – Dilnoza Rahmatova – oʻzbekistonlik eshkak eshuvchi-kanoechi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.