7-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌙 Islom olamida «Me‘roj kechasi».
🌏 Butunjahon ovoz chiqarib o’qish kuni.
🌏 Global maktab o’yinlari kuni.
🌏 Yong’in o’chirish vositasi (ognetushitel) ning tug’ilgan kuni.
🌏 Eyler soni kuni (“e” kuni).
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇬🇩 Grenada – Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qizlar va ayollar sport kuni.
🇺🇸 AQSh – Atirgul kuni.
🇷🇺 Rossiya – Yong’in o’chiruvchilar kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Shimoliy hududlar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Biznes ta’lim kuni.
🇺🇦 Ukraina – Massajchi kuni.
🇮🇪 Irlandiya – Avliyo Mel kuni.
🇮🇳 Hindiston – Atirgullar kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1238 – Botuxon Vladimir shahrini egalladi.
– 1568 – Yevropaliklar Solomon orollarini kashf etdilar.
– 1795 – Xojibey porti Odessaga o’zgartirildi.
– 1807 – Toʻrtinchi koalitsiya urushi.
– 1845 – Uilyam Lloyd Portlend vazasini sindirib tashladi.
– 1847 – Fyodor Inozemsev efir narkozi yordamida dunyoda birinchi marta muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini bajardi.
– 1855 – Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi diplomatik kelishuv: Simod traktati.
– 1863 – Amerikalik muhandis Alon Kay dunyodagi birinchi o’zi ixtiro qilgan yong’inga qarshi vositaga patent oldi.
– 1907 – Londonda ayollarga saylov huquqini talab qilib 3000 dan ortiq xotin-qizlar namoyishga chiqishdi.
– 1920 – Qizil Armiya Odessani egalladi.
– 1942 – Bayan-Luki yaqinida ustoshlar serblar qirg‘inini amalga oshirishdi. 2300 dan oshiq serb o‘ldirildi.
– 1951 – Janubiy Koreya armiyasi tinch aholi ustidan qatli om uyushtirdi (705 ta qurbon).
– 1965 – Vyetnam urushi: mamlakat shimolining bombardimon qilinishi.
– 1971 – Shvetsariyada ayollar saylovda ovoz berish huquqiga ega bo’ldi.
1974 – Grenada mustaqillikka erishdi.
– 1992 – Oʻzbekiston va KXDR oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
– 1992 – Yevropa jamiyatiga a’zo davlatlar o’rtasida Yevropa Ittifoqini tashkil etgan Maastrix shartnomasi tuzildi.
– 1998 – Naganoda (Yaponiya) XVIII qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
– 1998 – snoubord – Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritildi.
– 1999 – O‘zbekiston rus akademik drama teatrining qayta qurilgan yangi binosi tantanali ochildi.
– 2014 – Sochi shahrida (Rossiya) XXII qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
– 2018 – Suriyada fuqarolar urushi: Xasham jangi.